6– MAVZU. DEVIANT XULQ ATVOR VA SOTSIAL NAZORAT.
REJA:
1. Shaxs tushunchasi. Shaxs tushunchasining turli fanlardagi talqini. Shaxs, inson, individ tushunchalari.
2.Shaxs ijtimoiy munosabatlarning mahsuli sifatida. Shaxs to‘g‘risidagi asosiy sotsiologik nazariyalar
3.Deviant xulq-atvor (og‘ma xulq-atvor) tushunchasi va uning turlari. Sotsial sanksiya turlari.
Tayanch so‘z va iboralar: Shaxs, deviant xulq-atvor (og‘ma xulq-atvor), deviant xulq-atvor turlari: qonunni buzish, o‘z-o‘zini o‘ldirish, giyohvandlik, alkogolizm va boshqalar. sotsial me’yor, anomiya, sotsial nazorat, sanksiya, ichki va tashqi nazorat, o‘z- o‘zini nazorat qilish, jamoatchilik fikri.
1.1. Shaxs tushunchasi. Shaxs tushunchasini turli fanlardagi talqini. Shaxs, inson, individ tushunchalari.
Saxs sotsial o‘zaro ta’sir va munosabatlarning birlamchi omili bo‘lib hisoblanadi. Avvalo, «odam»,«inson», «individ», «shaxs» tushunchalarini bir-biridan farqlab olish kerak.
Odam tushunchasi. Odam – umumiy, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan tushuncha bo‘lib, uning kelib chiqishi Homo sapiens larning ajralib chiqishidan boshlanadi.Odam – barcha jonzotlarning eng yuqori pog‘onasida turadigan mavjudot, ijtimoiy jarayonlar sub’yekti. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega bo‘lishi, mehnat qurollarini yasash va atrof-muhitga faol ta’sir ko‘rsata olish bilan boshqa tirik mavjudodlardan farq qiladi. Boshqacha aytganda, odam - fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, shu tufayli boshqa hamma maxluqotdan ustun turuvchi jonli zot, kishi, inson. Odam o‘zini-o‘zi anglab, insonga aylanishning quyidagi shakllari mavjud:
O‘z-o‘zini his etish, sezish.
Idrok etish (fahmlash).
Odam muayyan madaniyat va ijtimoiy guruhga o‘zi mansubligini anglashi.
Odam o‘z «men» iga ega bo‘lishi («men» uchun namuna kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: |