6– mavzu. Deviant xulq atvor va sotsial nazorat. Reja


Download 56.56 Kb.
bet2/14
Sana14.12.2022
Hajmi56.56 Kb.
#1002775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-mavzu

«Inson» tushunchasi: Inson – o‘zini anglagan, jamiyatda yashash qobiliyatiga ega bo‘lgan ulug‘ zotdir. Inson atamasi umumiy, hamma uchun xos bo‘lgan sifat va qobiliyatni izohlash uchun qo‘llaniladi. Bu tushuncha dunyoda mavjud bo‘lgan, tarixan o‘ziga xos shunday rivojlanayotgan birlikki, insoniyatni anglatib, u boshqa hamma moddiy tizimlardan farqli o‘laroqo‘ziga xos ijtimoiy faoliyat usullari bilan farq qiladi. Ushbu hayotiy faoliyat usuli tufayli inson tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida, dunyoning barcha nuqtalarida o‘ziga o‘xshash bo‘lgan antologiyaga oid holatni saqlab qoladi.

Inson tushunchasi bioijtimoiy-ruxiy mavjudlikni ifodalaydigan tushuncha. Unda insonning zohiriy va botiniy sifatlari o‘z aksini topadi. Insonning umumiy sifatlari uning aniq holat va murakkab hayot sharoitlari namoyon bo‘ladigan xilma-xil kayfiyat, ruxiyat va munosabatlarning yig‘indisidir. Har bir insondagi alohida bu xususiyatlar betakror, o‘ziga xos holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Inson ongi ijodiy xususiyatini aniqlash mezoni quyidagilar tashkil etadi:

  1. Ongning muayyan ijtimoiy yo‘nalishi.

  2. Voqelikni anglab olish darajasi.

  3. Mustaqil fikrlash qobiliyatining holati.

  4. Inson tabiatda noyob va universaldir (noyob qobiliyat sohibi, nozik did, ulug‘vorlik, yaratuvchi).

  5. Inson ichki va tashqi olam mujassamlashgan zot (mehnat, muloqat, badiiy ijod, xulq-atvor).

  6. Inson juda ko‘p qismlardan tashkil topgan yaxlit birlik (tabiiylik, ijtimoiylik, aqllilik, hissiy, axloqiylik mujassam).

  7. Inson tarixiy mavjudot (kelajagini yaratadi, ertangi kunga tashvish bilan qaraydi, chunki inqirozlar, omadsizliklar, ta’qiblar mavjud).

  8. Inson mas’uliyat hissidan qochib qutilmaydi (u gumanistik pozitsiya va individuallikni uyg‘unlashtirish orqali shunday vaziyatdan chiqadi).Demak, insoniyat o‘ziga xos moddiy voqelik sifatida mavjud bo‘ladi. Ammo, insoniyat o‘z holicha mustaqil mavjud bo‘lmaydi.

Aniq insonlar yashaydilar va harakat qiladilar. Insoniyat alohida vakillarining mavjud bo‘lishi «individ» tushunchasi bilan ifodalanadi.
3) Individ aniq odam sifatida tushunilib, odamzot namoyondasi sanaladi. (lot. individ – o‘ziga xoslik, takrorlanmaslik, so‘nggi).«Individ» tushunchasini ayrim olimlar insonning tarixi ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to‘g‘ri kelishini bayon etgan. Ikkinchi xil fikrga ko‘ra, individ sifatida inson o‘zining jismoniy mavjudligini ta’minlashni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Masalaning bunday qo‘yilishida turli biologik omillar (yosh jihatlari, jinsiy mijozlarining o‘ziga xos tomonlari), shuningdek, inson hayotiy faoliyatining sotsial sharoitlaridagi tafovutlar belgilamaydi.

  1. Individuallik – bir individni boshqa individdan ajratib turuvchi xususiyatlar birligi.

  2. «Shaxs» – odamning ijtimoiy xususiyatlarining yaxlit majmui bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda muomalasi vositasida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo‘shilishining mahsuli hisoblanadi.


Download 56.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling