6-Mavzu. “Devoniy Foniy” poetikasi. Reja


Download 230.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi230.73 Kb.
#1493338
1   2
Bog'liq
7-Mavzu. P (1)

nisbatining qisqa bo‘g‘inlardan 3 baravar ko‘pligiohangning vazmin 
chiqishini ta’minlaydi. Aynan shunga mos holda 33 baytdan iborat 
bu qasidada ruhiyat tasviri, ta’bir joiz bo‘lsa, kuzga xos o‘ychanlik, 
mahzunlik yetakchilik qiladi. “Xazon” mazmuniga ko‘ra vasf qasida 
hisoblanadi. “Xazon”da kuz faslining go‘zal manzarasi tasvirlangan 
bo‘lib, turkumdagi boshqa qasidalardan farqli ravishda unda 
Husayn Boyqaro madhi keltirilmagan, shuningdek, Navoiyning 
boshqa qasidalaridan farq qilib, “Xazon” tuzilishiga ko‘ra to‘liq 
qasida emas (qasida unsurlarining barchasi ishtirok etmagan). Uning 
mujarrad shaklga ega ekanligi va Husayn Boyqaro siymosi 
keltirilmagan- ligiga yo qasidaning matni to‘liq yetib kelmagan yoki 
Navoiy kuzga xos mahzunlikni Husayn Boyqaro siymosiga 
ko‘chirishni istamaganligi sabab bo‘lishi mumkin. “Bahor” 
qasidasida keltirilgan quyidagi bayt bu holat izohiga asos bo‘la 
oladi: 


Agar xohy bahori bexazon biny, varo bingar, Bahoristoni xalqi 
xusravi Eronu Turonro... 
(Mazmuni: Agar bexazon bahorni ko‘rishni istasang, uni ko‘rgil 
- Eron-u Turon podshohi xalqining bahoristonini). 
“Xazon”da kuz manzarasi sariq rang tasviri bilan uyg‘un 
holatda keltirilgan, qasidada kuz faslidan kelib chiqqan holda 
sariqlik butun borliqqa: daraxt barglariga, ariq suviga, suh- 
batdoshlar ichmoqchi bo‘lgan sharobga, oshiqning hijrondan 
azoblangan yuziga ko‘chganligi badiiy tasvir vositalari yor- damida 
yuksak badiiyat bilan ifodalangan: 
Ba shoxoni shajar bingar, ki az bemorii mufrit, Ayon gardand 
har so‘ za’faroni rangi bo‘stonro. 
(Mazmuni: Daraxt shoxlariga qara, haddan ziyod xastalik- 
dan, qaysi tarafga nigoh tashlasang, hamma yoqdan daraxt- 
zorning za’faron (sariq) rangi ko‘zga tashlanadi). 
Majmuaga “Bahor” kirib kelishi bilan unga xos yaratuvchan- 
lik, yangilanish kayfiyati ham kirib keladi: 
Vazad bodi bahor ih’yoi amvoti gulistonro, 
Zi anfosi Maseho toza sozad olami jonro. 
(Mazmuni: Bahor shamolining esishi, guliston gullariga 
yangidan hayot bag‘ishlaydi, go‘yo Masiho nafasidan jonlar olamini 
yangilaydi). 
Hajman 57 baytdan iborat ushbu qasida mazmuniga ko‘ra 
vasf va madh xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Unda 
bahor fasli tasviri bilan birga zamona hukmdori Husayn Boy- qaro 
madh qilinadi, uning ta’rif-u tavsifi keltiriladi. “Bahor” tuzilishiga 
ko‘ra to‘liq qasida hisoblanadi. Nasibda qasidaning vasfiy 
xususiyatlari namoyon bo‘ladi: bahor fasliga xos go‘zal- liklar 
tasvirlanadi. Gurizgoh (kirishdan asosiy qismga o‘tuvchi ko‘prik) 
10-13-baytlarni o‘z ichiga olib, unda bahorning g‘a- nimatligi, umr 
bahorining o‘tkinchiligi, inson hayotiga kuzning kelishi muqarrar 
ekanligi haqidagi masalalar qalamga olinadi. Madhda bahorga xos 
yaratuvchanlik, yangilanish Husayn Boy- qaro tabiatiga uyg‘un 
tarzda tasvirlanadi, shohning saxovati bahor quyoshiga, rahmdilligi 
bahor yomg‘iriga, janglardagi shijoati momaqaldiroq shovqiniga 
o‘xshatiladi: 
Turo bo on tavonoivu zarbi teg‘i olamgir Dihad ro‘ olami digar, 
ki rezy ashki g‘altonro. 
(Mazmuni: Shunchalar qudrating-u olamni olishga qodir tig‘ 
zarbang bilan, ajib yumshoqliging ham borki, bunday payt- larda 
ko‘z yosh to‘kasan). 
Nihoyat majmua yil fasllarining oxiri bo‘lgan “Day” (“Qish”) 
tasviri bilan yakun topadi. Qasida hajman 70 baytdan iborat. “Day” 
tuzilishiga ko‘ra to‘liq qasida bo‘lib, unda nasib (lirik kirish) 


kattagina qismni egallaydi. Aynan nasibda qasidaning vasfiy 
xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Unda qish fasli va unga xos go‘zal 
manzaralar vasf etiladi. “Day” quyidagi bayt bilan boshlanadi: 
Zi dargahi falak otash nuhuft dudi sahob, 
Daro ba xirgahu otash furo‘z az mai nob. 
(Mazmuni: Falak chodiridan ko‘rinayotgan otashni bulutlar 
pardasi to‘sdi, chodirga kirginu tiniq, qizil may otashiga zo‘r ber). 
Dastlab tevarak-atrofning qish faslidagi tasviri berilgach, 
qasidaning 12-baytidan boshlab jonivorlarning jismoniy sovuq 
ta’siridagi holati tasviriga o‘tiladi. Navoiy qish sovug‘idan panoh 
topish uchun anordek teshigi va tuynugi yo‘q bir xona izlashni
undagi donalar cho‘g‘, suvi esa tanani isituvchi qizil sharobday 
bo‘lishi zarurligini ta’kidlar ekan, bu holat zamona hukmdori 
majlisini yodga solishini aytadi va shu tariqa gu- rizgoh (kirishdan 
asosiy qismga o‘tuvchi ko‘prik) vositasida qasidaga Husayn Boyqaro 
tasviri kirib keladi. Qasidaning teng yarmi, ya’ni 36-baytdan 
boshlab asosiy qism - Husayn Boyqaro madhi keltiriladi. Madh 
sultonning yuksak qalbi, saxovati, dushmanlarga siyosati, 
janglardagi shijoatidan boshlanib, sha- rob bazmlari tasviri bilan 
yakun topar ekan, bu tasvirlar qish faslidagi manzaraga parallel 
ravishda berib boriladi, so‘nggi ikki bayt (qasd - xotima)da shoir 
Husayn Boyqaro bazmlariga fayz-u quvvat tilaydi, javonmardlik va 
saxovat unga ming yil hamroh bo‘lishiga niyat bildiradi. Navoiy 
ta’biri bilan inson um- rining poyoniga o‘xshatilgan qish fasli 
“kishining xam qad bila adam yo‘lig‘a kirib, zamon ahli bilan 
xayirbod qilish”(“Xazoyin ul-maoniy” debochasi) davri bo‘lib, 
qasidada Foniy taxallusining qo‘llanilishi shunga ishoradir: 
Ba bo‘i vasl nihad ro‘ ba dargahat, Foniy, 
Chunon ki ahli ibodat ba go‘shai mehrob. 
(Mazmuni: Vasling bo‘yi umidida, Foniy dargohingga yuzini 
qo‘yadi, bu ibodat ahlining mehrob go‘shasiga bosh qo‘yishidek- 
dir). 
“Devoni Foniy” lug‘z (chiston) janri bilan yakun topadi. 
Devonda jami 9 lug‘z keltirilgan bo‘lib, ular masnaviy, qit’a va 
ruboiy tarzida qofiyalangan. Lug‘zlar sham’, miqroz (qaychi), 
parvona, tirgaz (o‘q), taxtiravon, kema kabi narsa-hodisalarga 
bag‘ishlangan. Masalan, sham’ga bag‘ishlangan lug‘z qit’ashaklida 
yozilgan: 
Chist on naxle, ki bargash nest, ammo hast gul, 
Lek, on gulro buvad andar nazar andomu barg. 
Garcha nabvad abr, lekin abrson shud qatrarez, 
Qatra az vay chun judo, aftod bandad chun tagarg. 
Ham kushandu ham bimirad turfa boshad, lek on-ki, 
Kushtanash nabvad zi qatlu murdanash nabvad zi marg. 


(Mazmuni: U qanday daraxtdurki, bargi yo‘g‘u guli bor. Lekin 
u gulga nazar qilsang, qomati-yu bargi bor. Bulut bo‘lmasa ham 
bulutdek qatralar to‘kadi. Qatralar tushib do‘ldek qotib qoladi. 
Qiziq, uni ham o‘ldiradilar, ham o‘zi o‘ladi. O‘ldirilishi qatldanu 
o‘limi esa ajaldan emas). 

Download 230.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling