6-Mavzu. “Devoniy Foniy” poetikasi. Reja
Download 230.73 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq7-Mavzu. P (1)
nisbatining qisqa bo‘g‘inlardan 3 baravar ko‘pligiohangning vazmin
chiqishini ta’minlaydi. Aynan shunga mos holda 33 baytdan iborat bu qasidada ruhiyat tasviri, ta’bir joiz bo‘lsa, kuzga xos o‘ychanlik, mahzunlik yetakchilik qiladi. “Xazon” mazmuniga ko‘ra vasf qasida hisoblanadi. “Xazon”da kuz faslining go‘zal manzarasi tasvirlangan bo‘lib, turkumdagi boshqa qasidalardan farqli ravishda unda Husayn Boyqaro madhi keltirilmagan, shuningdek, Navoiyning boshqa qasidalaridan farq qilib, “Xazon” tuzilishiga ko‘ra to‘liq qasida emas (qasida unsurlarining barchasi ishtirok etmagan). Uning mujarrad shaklga ega ekanligi va Husayn Boyqaro siymosi keltirilmagan- ligiga yo qasidaning matni to‘liq yetib kelmagan yoki Navoiy kuzga xos mahzunlikni Husayn Boyqaro siymosiga ko‘chirishni istamaganligi sabab bo‘lishi mumkin. “Bahor” qasidasida keltirilgan quyidagi bayt bu holat izohiga asos bo‘la oladi: Agar xohy bahori bexazon biny, varo bingar, Bahoristoni xalqi xusravi Eronu Turonro... (Mazmuni: Agar bexazon bahorni ko‘rishni istasang, uni ko‘rgil - Eron-u Turon podshohi xalqining bahoristonini). “Xazon”da kuz manzarasi sariq rang tasviri bilan uyg‘un holatda keltirilgan, qasidada kuz faslidan kelib chiqqan holda sariqlik butun borliqqa: daraxt barglariga, ariq suviga, suh- batdoshlar ichmoqchi bo‘lgan sharobga, oshiqning hijrondan azoblangan yuziga ko‘chganligi badiiy tasvir vositalari yor- damida yuksak badiiyat bilan ifodalangan: Ba shoxoni shajar bingar, ki az bemorii mufrit, Ayon gardand har so‘ za’faroni rangi bo‘stonro. (Mazmuni: Daraxt shoxlariga qara, haddan ziyod xastalik- dan, qaysi tarafga nigoh tashlasang, hamma yoqdan daraxt- zorning za’faron (sariq) rangi ko‘zga tashlanadi). Majmuaga “Bahor” kirib kelishi bilan unga xos yaratuvchan- lik, yangilanish kayfiyati ham kirib keladi: Vazad bodi bahor ih’yoi amvoti gulistonro, Zi anfosi Maseho toza sozad olami jonro. (Mazmuni: Bahor shamolining esishi, guliston gullariga yangidan hayot bag‘ishlaydi, go‘yo Masiho nafasidan jonlar olamini yangilaydi). Hajman 57 baytdan iborat ushbu qasida mazmuniga ko‘ra vasf va madh xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Unda bahor fasli tasviri bilan birga zamona hukmdori Husayn Boy- qaro madh qilinadi, uning ta’rif-u tavsifi keltiriladi. “Bahor” tuzilishiga ko‘ra to‘liq qasida hisoblanadi. Nasibda qasidaning vasfiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi: bahor fasliga xos go‘zal- liklar tasvirlanadi. Gurizgoh (kirishdan asosiy qismga o‘tuvchi ko‘prik) 10-13-baytlarni o‘z ichiga olib, unda bahorning g‘a- nimatligi, umr bahorining o‘tkinchiligi, inson hayotiga kuzning kelishi muqarrar ekanligi haqidagi masalalar qalamga olinadi. Madhda bahorga xos yaratuvchanlik, yangilanish Husayn Boy- qaro tabiatiga uyg‘un tarzda tasvirlanadi, shohning saxovati bahor quyoshiga, rahmdilligi bahor yomg‘iriga, janglardagi shijoati momaqaldiroq shovqiniga o‘xshatiladi: Turo bo on tavonoivu zarbi teg‘i olamgir Dihad ro‘ olami digar, ki rezy ashki g‘altonro. (Mazmuni: Shunchalar qudrating-u olamni olishga qodir tig‘ zarbang bilan, ajib yumshoqliging ham borki, bunday payt- larda ko‘z yosh to‘kasan). Nihoyat majmua yil fasllarining oxiri bo‘lgan “Day” (“Qish”) tasviri bilan yakun topadi. Qasida hajman 70 baytdan iborat. “Day” tuzilishiga ko‘ra to‘liq qasida bo‘lib, unda nasib (lirik kirish) kattagina qismni egallaydi. Aynan nasibda qasidaning vasfiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Unda qish fasli va unga xos go‘zal manzaralar vasf etiladi. “Day” quyidagi bayt bilan boshlanadi: Zi dargahi falak otash nuhuft dudi sahob, Daro ba xirgahu otash furo‘z az mai nob. (Mazmuni: Falak chodiridan ko‘rinayotgan otashni bulutlar pardasi to‘sdi, chodirga kirginu tiniq, qizil may otashiga zo‘r ber). Dastlab tevarak-atrofning qish faslidagi tasviri berilgach, qasidaning 12-baytidan boshlab jonivorlarning jismoniy sovuq ta’siridagi holati tasviriga o‘tiladi. Navoiy qish sovug‘idan panoh topish uchun anordek teshigi va tuynugi yo‘q bir xona izlashni, undagi donalar cho‘g‘, suvi esa tanani isituvchi qizil sharobday bo‘lishi zarurligini ta’kidlar ekan, bu holat zamona hukmdori majlisini yodga solishini aytadi va shu tariqa gu- rizgoh (kirishdan asosiy qismga o‘tuvchi ko‘prik) vositasida qasidaga Husayn Boyqaro tasviri kirib keladi. Qasidaning teng yarmi, ya’ni 36-baytdan boshlab asosiy qism - Husayn Boyqaro madhi keltiriladi. Madh sultonning yuksak qalbi, saxovati, dushmanlarga siyosati, janglardagi shijoatidan boshlanib, sha- rob bazmlari tasviri bilan yakun topar ekan, bu tasvirlar qish faslidagi manzaraga parallel ravishda berib boriladi, so‘nggi ikki bayt (qasd - xotima)da shoir Husayn Boyqaro bazmlariga fayz-u quvvat tilaydi, javonmardlik va saxovat unga ming yil hamroh bo‘lishiga niyat bildiradi. Navoiy ta’biri bilan inson um- rining poyoniga o‘xshatilgan qish fasli “kishining xam qad bila adam yo‘lig‘a kirib, zamon ahli bilan xayirbod qilish”(“Xazoyin ul-maoniy” debochasi) davri bo‘lib, qasidada Foniy taxallusining qo‘llanilishi shunga ishoradir: Ba bo‘i vasl nihad ro‘ ba dargahat, Foniy, Chunon ki ahli ibodat ba go‘shai mehrob. (Mazmuni: Vasling bo‘yi umidida, Foniy dargohingga yuzini qo‘yadi, bu ibodat ahlining mehrob go‘shasiga bosh qo‘yishidek- dir). “Devoni Foniy” lug‘z (chiston) janri bilan yakun topadi. Devonda jami 9 lug‘z keltirilgan bo‘lib, ular masnaviy, qit’a va ruboiy tarzida qofiyalangan. Lug‘zlar sham’, miqroz (qaychi), parvona, tirgaz (o‘q), taxtiravon, kema kabi narsa-hodisalarga bag‘ishlangan. Masalan, sham’ga bag‘ishlangan lug‘z qit’ashaklida yozilgan: Chist on naxle, ki bargash nest, ammo hast gul, Lek, on gulro buvad andar nazar andomu barg. Garcha nabvad abr, lekin abrson shud qatrarez, Qatra az vay chun judo, aftod bandad chun tagarg. Ham kushandu ham bimirad turfa boshad, lek on-ki, Kushtanash nabvad zi qatlu murdanash nabvad zi marg. (Mazmuni: U qanday daraxtdurki, bargi yo‘g‘u guli bor. Lekin u gulga nazar qilsang, qomati-yu bargi bor. Bulut bo‘lmasa ham bulutdek qatralar to‘kadi. Qatralar tushib do‘ldek qotib qoladi. Qiziq, uni ham o‘ldiradilar, ham o‘zi o‘ladi. O‘ldirilishi qatldanu o‘limi esa ajaldan emas). Download 230.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling