6-mavzu. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash. Arxivlashtirish dasturlari Reja
Download 0.87 Mb.
|
6маруза
Arxilash tushunchasi.
Kompyuterda ishlash davomida kompyuterning tashqi xotirasidagi (vinchestrdagi) ma’lumotlar turli sabablarga ko‘ra shikastlanishi, butunlay yoki qisman o‘chib ketishi mumkin. Bulardan tashqari yana kerakli ma’lumotlar noto‘g‘ri o‘zlashtirilishi yoki tashqaridan kelib atayin noto‘g‘ri «tuzatish» kiritilishi natijasida ham eng qimmatli ma’lumotlar buzilishi mumkin. Hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan kompyuter viruslari ham qimmatli dasturlarga, boshqa ma’lumotlarga anchagina moddiy zarar yetkazishi mumkin. Hozirgi kunda Shunday qimmatbaxo ma’lumotlar jamlangan kutubxonalar, qimmatli dasturlarning matn holatidagi ko‘rinishlari mavjudki, ularning qiymati kompyuter qiymatidan bir necha o‘n xatto yuz barobar qimmatroqdir. Bunday noxush xodisalarni oldini olish maqsadida kerakli ma’lumotlar bir necha nusxada disketlarga, magnit disklarga, kassetalarga ko‘chirilib olib qo‘yiladi. Bizga ma’lumki ko‘chirishning bir qancha usullari mavjud, ya’ni oddiy Copiy, Xcopiy Backup, Restore buyruqlaridan tortib dasturlar tarkibidagi murakkab operatsiyalarni ham amalga oshirish mumkin. Lekin bularning barchasi asl nusxasi qancha xajmda joy egallagan bo‘lsa, keyingi nusxasi ham Shuncha xajmli joy egallashi mumkin. Faraz qilaylik biz 20 MVtli ma’lumotni arxiv sifatda nusxa olmoqchimiz buning uchun bizga 5 dyumli –1,2 MVtli disketadan 17 dona yoki 3 dyumli –1,44 MVtli disketadan 15 dona kerak bo‘ladi. Lekin bu disketalarda ma’lumotlar yana vaqt o‘tishi bilan yaroqsiz saktorlarning hosil bo‘lishi kabi salbiy holatlarni hisobga olinib 2 yoki 3 nusxada saqlanishi kerak desak, disketalar soni ko‘payib ketadi. Buncha sondagi disketalarni saqlash yana kerakli paytda birin-ketin tartib bilan ishlatish anchagina qiyinchilik anglashilmovchiliklar keltirib chiqaradi. Buning ustiga bu informatsiyani kunda yoki ma’lum bir vaqtda yangilab turish zarurati bo‘lsa bunda ish xajmi yana ko‘payib bajaruvchidan ko‘nikma, tajriba anchagina qimmatli vaqtni talab qiladi. Mana Shunday ortiqcha mexnat tashvishlaridan qutilish maqsadida qimmatli ma’lumotlarni saqlashning boshqa usuli ishlab chiqarilgan. Bu usul arxivatorlar deb nom olgan, utilitlar sarasiga kiruvchi qator dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Bu usul orqali katta xajmli fayllarni maxsus siqish yo‘li bilan xajmi avvalgisining xajmidan bir necha barobar kichik bo‘lgan bir yoki bir necha faylga joylashtiriladi. Bu fayllardan yana avvalgi fayllarni hosil qilish imkoniyati mavjud mavjud bulib yangi hosil bo‘lgan fayllarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, saqlash uchun juda kulay bo‘ladi. Kompyuterda arxiv deganda to‘g‘rirog‘i arxiv fayllar deganda fayllarni maxsus yo‘llar bilan siqish natijasida hosil bo‘lgan yangi fayllar tushinilib, yangi hosil bo‘lgan fayllar xajmi dastlabki fayllar xajmidan bir necha barobar kichik bo‘ladi. YAngi arxiv fayllardan yana dastlabki fayllarni hosil qilish mumkin bo‘ladi. Agar arxiv qilanayotgan fayllar juda katta bo‘lsa, ko‘pgina dasturlarda uni bo‘lib arxiv qilish mumkin, disketa yoki bo‘sh xotiraning xajmiga qarab bir necha qismga bo‘lib arxiv qilish mumkin. Bunday arxivlash bo‘laklab arxivlash deyiladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling