6-mavzu. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash. Arxivlashtirish dasturlari Reja


Download 0.87 Mb.
bet19/27
Sana24.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1290525
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
6маруза

Arxivatorlarning ko‘rsatkichlari.
Odatda arxivatorlardan foydalanilganda foydalanuvchilarning ko‘pchiligi u yoki bu arxivatorni boshqalaridan ustun qo‘yadi. «Sevimli» arxivatorni tez ishlashi yaxshi (ixchamroq) siqishi kabi tomonlari bilan boshqalardan ustun qo‘yadi. Lekin bu xato tuShuncha bo‘lib har bir arxivator turli yo‘llar bilan siqadi. Natijada ba’zi ko‘rinishdagi ma’lumotni sekinroq katta xajm bilan siqsa boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotni tezroq ixchamroq siqadi. Shu sababli arxivatorlar bilan ishlaganda ma’lumotlarni turiga qarab keraklisini tanlagan ma’qul. Arxivatorlarning siqish darajasi va siqish tezligidan tashqari uch ko‘rsatkichi — servis imkoniyatlari ham muxim axamiyatga ega. Servis imkoniyatlariga:
1. Muloqot yoki buyruq rejimida ishlash.
2. Boshqa turdagi arxivlarni ocha olishi.
3. Zararlangan arxivlarni tiklay olishi va boshqa imkoniyatlar kiradi.
WinRAR arxivatori ZIP formatini to‘la qamray oladi. Shuning bilan birga ushbu dastur bir necha o‘nlab 7Z, ACE, ARJ, BZ2, CAB, GZ, ISO, JAR, LZH, TAR, UUE, Z arxivatorlarining asosiy amallarini ham bajara oladi.
WinRAR arxivatorini o‘rnatish.
Arxivatorlarning hozirgi kunda takomillashgan, WINDOWS sistemasi ostida ishlovchi versiyalari mavjud bo‘lib, eng keng tarqalganlari WINRAR va WINZIP dasturlaridir. Bu dasturlarni ishlatish uchun dastlab uni o‘rnatish paketlaridan o‘rnatib olish kerak. Quyida WINRAR dasturini o‘rnatishni ko‘rib chiqamiz. Dastlab paket fayllari joylashgan yo‘ldan kerakli dastur fayli tanlanadi, masalan
R uscha versiyasini o‘rnatish uchun wrar311ru paketini ishga tushiramiz. Bu dastur ishga tushirilgandan so‘ng, ekranda muloqot oyna hosil bo‘ladi.



Dastlabki qadamda WinRAR dasturining 311 lahjasini o‘rnatish uchun uning o‘rnatilishi kerak bo‘lgan yo‘li ko‘rsatiladi. Agar foydalanuvchi boshqa yo‘lni ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, u holda «Ustanovit v…» satriga kerakli satrni kiritishi lozim bo‘ladi. Agar mavjud kataloglardan biridan foydalanmoqchi bo‘lsa, u holda bu ishni «Obzor…» tugmasi bilan kataloglarni varaqlash oynasi yordamida amalga oshirish mumkin.
Kerakli yo‘l tanlab olingandan so‘ng «Ustanovit» tugmasi bosiladi.
O‘rnatish jarayoni maxsus oynada ko‘rsatib turiladi. Fayllarni ko‘rsatilgan yo‘lga ko‘chirib bo‘lgandan so‘ng, WinRAR dastrui boshlang‘ich parametrlarini kiritish talab qilinadi.
WinRAR dasturining imkoniyatlari katta bo‘lib, u yordamida nafaqat RAR, balki 7Z, ACE, ARJ, BZ2, CAB, GZ, ISO, JAR, LZH, TAR, UUE, Z kengaytmali arxivlarni ham ochish mumkin. Bu ishlarni amalga oshirish uchun avvalo boshlangich parametrlarni kiritayotganda tanlash bayroqchasi yordamida belgilash lozim. Agar barcha imkoniyatlar tanlanishi kerak bo‘lsa u holda «Vo‘brat vse» tugmasi bosiladi. Dastur interfeysini foydalanuvchi o‘z xohishiga qarab tuzib olishi mumkin, ya’ni ishchi stoli, «Pusk» menyusi va WinRAR guruhini yaratish uchun tanlash bayroqchalarini o‘rnatish yoki olib tashlash mumkin.
Barcha parametrlar o‘rnatib bo‘lingandan so‘ng OK tugmasi bosiladi. Shu bilan WinRAR dasturi o‘rnatib bo‘lindi.






Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling