6-mavzu. Elektr changso’rgichlar va polartgichlar. Uy-ro’zg’or kir yuvish mashinalari Reja


Download 61.19 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi61.19 Kb.
#1634651
  1   2
Bog'liq
6-maruza u


6-mavzu. Elektr changso’rgichlar va polartgichlar. Uy-ro’zg’or kir yuvish mashinalari
Reja:

  1. Uy -ro‘zg‘or elektr pol artgich

  2. changso‘rgichlar

Uy-ro‘zg‘or yigishtirish mashinalarga changso‘rgichlar, polartgichlar va kombinatsiyalashgan yig‘ishtirish mashinalari kiradi.
Turmushda changga qarshi kurash inson sog‘ligi uchun juda ham muhimdir. Xonada chang chiqadigan manbalarga ifloslangan havo, oyoq va ust kiyimlari bilan xonaga kirib qoladigan chang-loy, ba’zi uy yumushlarini bajarishda hosil buladigan iflosliklar kiradi. Xonalarni quruqlayin hullab va vakuum yordamida yig‘ishtirish mumkin. Quruqlayin yig‘ishtirishda faqat yirik zarralar supurib tashlanadi; eng zararli xisoblangan mayda chang esa bunda faqat bir joydan ikkinchi joyga kuchadi xolos. CHangdan xullab tozalash eng qullay usuldir, biroq ko‘p hollarda uni qullab bulmaydi (mebel, devordagi suratlar, kitoblar va x.k.). Hullab artishda changning bir qismi, faqat vaqtincha xullanib, joyida qoladi. changso‘rgichlar yordamida tozalashda chang, ayniqsa, qul etishi qiyin bulgan joylardagi chang tula ketkaziladi, havoga mikroorganizimlar utib qolishini kamaytiradi, xononi tozalash, gilam, kiyimlarni tozalashni mehanizatsiyalashtiradi, uy ishlarini unumini oshiradi va engillashtiradi. CHangdan vakuum yordamida tozalash changso‘rgichning hova suruvchi agregatini hosil qiladigan xavo oqimining harakati energiyasidan foydalanishga asoslangan.
Havo oqimining kinetik energiyasi shunday bulishi kerakki, bunda chang va iflosliklar zarralarining yuzadan ajrab chiqishi, ularning changso‘rgichdagi havo yo‘li buyicha olib ketishi va ifloslangan havoning filtr orqali o‘tishida tozalanishi sodir bo‘lishi ta’minlanishi kerak.
Qattiq yuzadagi mayda changdan tozalash uchun havo oqimining tezligi (20-50) m/s bo‘lishi zarur.
Elektr changso‘rgichlarning tavsiflari
Uy-ro‘zg‘or changso‘rgichlari xonalarni, kiyim-bosh, gilamlar va yumshoq mebellarni tozalash, shuningdek, havoning siyraklanishi yoki bosimidan foydalanib bajariladigan ishlar uchun mo‘ljallangan.
CHangso‘rgichlar PN (polda turadigan) va PR (dastaki) tiplarida tayyorlanadi va 220 V nominal kuchlanishga mo‘ljallab ishlab chiqariladi. CHangso‘rgich himoyasining qarshiligi MOM xisobida quyidagi qiymatlardan kam bo‘lmasligi kerak: 7- kuchaytirilgan yoki qush qavat himoyalanganligi; 5- qo‘shimcha himoyalanganligi; 2- ish himoyalanganligi. CHangso‘rgichlar 60 sekund davomida quyidagi nominal kuchlanishlarga chidashi kerak, V; 3750-kuchaytirilgan yoki qush qavat himoya ; 2500 — qushimcha himoya; 1250 — ish himoyasi. CHangso‘rgich qobig‘ining o‘ta qizib ketishi atrof-muhitning haroratiga Qaraganda 30° S dan ortib ketmasligi zarur.
CHangso‘rgichning chiqish teshigi ochiq turganda kuchlanishda chiqaradigan shovqin darajasi 1 m masofada quyidagi qiymatlardan ortib ketmasligi kerak, dBA: 75 — polda turadigan changsurgpchlar uchun; 73 — dastaki changso‘rgichlar uchun. CHangso‘rgichlarning filtrlari havo oqimiga eng kam qarshilik kursatadigan va chang tutib qolish samaradorligi kamida 97% bo‘lgan materiallardan tayyorlanadi. Ulash shnurining uzunligi 6 m bulishn kerak, shnurni avtomatik yig‘ishtirib oladigan qurilmasi bor changso‘rgichlarda uning uzunligining 5 m gacha qisqartirilishiga yo‘l quyiladi.
Qulaylikligi oshirilgan changso‘rgichlarning konstruksiyasida quyidagi moslamalardan kamida uchtasi bulishi kuzda tutilishi kerak. CHangso‘rgichning changga tulganini kursatkich (signalizator); havo sarfini rostlash qurilmasi; shnurni avtomatik yig‘ishtirib oladigan qurilma; changning bir marta tulishi uchun ishlatiladigan, almashtiriladigan bir martalik qog‘oz filtrlar yoki yig‘ilgan changni presslaydigan qurilma; filtrlarni tozalash qurilmasi.
CHangso‘rgich komplektiga quyidagi kerak-yaroqlar kirishi zarur:
polda turadigan changso‘rgichlar uchun uzunligi kamida 2 m bulgan shlang-havo o‘tkazgich;
dastaki changso‘rgichlar uchun uzunligi kamida 1 m bulgan shlang- havo o‘tkazgich;
polda turadigan changso‘rgichlar uchun shlang- xavo utkazgichning uzunligi kamida 1 m bulgan uzaytgich (uzaytgichning ulama bulishiga yul quyiladi);
bir marta foydalaniladigan qogoz filtrli changso‘rgichlar uchun qushimcha
qogoz filtrlar (kamida 12 ta);
qoplamapar: gilam, pol, mebel, kiyim- boshlarni tozalash uchun, shuningdek, suyuqlik purkagich.
Elektr changso‘rgichlarning texnik tavsifi quyidagicha:


Tavsiflarga kuyidagi kursatkichlar kiradi: nominal kuchlanishi, iste’mol qiladigan quvvati, changdan tozalash qobiliyati, chang yig‘gichning chang sig‘imi, tozalash vaqti, ip yig‘ish qobiliyati, xosil qiladigan siyraklanishi va chiqaradigan shovqin darajasi.
CHangso‘rgichlarning iste’mol qiladigan kuvvati surish teshigini tula ochib qo‘yib: vattmetr bilan tekshiriladi. Vaqt-vaqti bilan utkaziladigan sinashlarda iste’mol qiladigan quvvati changso‘rgich toza chang yig‘gich va toza filtr bilan ishlaganda nominal kuchlanishda quyidagi formula buyicha aniqlanadi:
R = 0,5(R-R),
bu erda R - changso‘rgichning surish teshigi tula ochib qo‘yilib, 3 min ishlagandan keyingi iste’mol qiladigan quvvati, R. - changso‘rgichning so‘rish teshigi berkitib qo‘yilib, 20 s ishlagandan keyingi (teshigi ochib qo‘yilgan xolda ishlagandan keyinroq) iste’mol qiladigan quvvati.
CHangso‘rgichlarning changdan tozalash qobiliyati deb ularning ma’lum yuzani tozalash siklining belgilangan sonlari davomida changdan tozalash samaradorligiga aytiladi. Tozalash samaradorligi kiritilgan va yig‘ilgan chang miqdorlarining foiz nisbatlari ko‘rinishida ifodalanadi. Tozalash sikli deganda qoplama (chutka) ning bitta qo‘sh yurishi
- oldinga va ketinga yurishi tushuniladi. CHangdan tozalash qobiliyati turli yuzalarda (paqmog‘ining balandligi va to‘qilishi turlicha bo‘lgan gilamlarda, qattiq silliq pollarda, mebel qoplamalarida, uyiqlari va yoriqlari bor qattiq pollarda), bu maqsadda ma’lum granulometrik tarkibli zarrali chang ishlatib aniqlanadi.
CHangso‘rgichlarning chang sig‘imi filtr (chang yig‘g‘ich) tozalanganiga qadar sig‘dira oladigan chang miqdori bilan baholanadi. CHang yig‘ila borishi bilan chang yig‘gichda chang yig‘ish qobiliyati kamayadi va shunday payt keladiki, bunda changso‘rgich amalda chang yig‘may qo‘yadi, uni tozalash kerak buladi. CHang sig‘imi chang turiga (tolali chang bulganda chang sig‘imi yuqori buladi), filtrlarning yuziga, filtrlashdagi havo tezligiga, filtr materialiga va shu kabilarga bog‘liq.
CHangso‘rgich hosil qiladigan siyraklanish deyilganda ishlab turgan changso‘rgichning ventilyatorli qurilmasi hosil bulgan bosim pasayishi natijasida changso‘rgichda turgan havoni uzluksiz chiqarib turishi va uning urniga havoning yangi porsiyalari kirib turishi tufayli havoning zichligi va shunga mos ravishda bosimning kamayishi tushuniladi. CHangso‘rgich hosil qiladigan siyraklanish uning funksional vazifalarini belgilaydigan asosiy kursatkichlardan biridir. Uy-ruzgor changso‘rgichlariga baho berishda ularni hosil qiladigan maksimal siyraklanish, ya’ni so‘rish teshigi berk turgandagi siyraklanish buyicha taqqoslanadi. Siyraklanish darajasi statik bosim kattaligi aerodinamik kamera devorchalari yonidagi, tezligi nol bulgan havo oqimining bosimi buyicha aniqlanadi.
Statik bosimning o‘lchov birligi — Paskal (Pa). CHangso‘rgichlarning texnik xujjatlarida ba’zan siyraklanish mm suv ust. hisobida kursatiladi. mm suv ust. kursatkichini yangi o‘lchov birliklariga utkazish uchun uni 9,8 ga kupaytirish kerak.
Elektr changso‘rgich chiqaradigan shovqin darajasi u ishlab turganda shumomer (shovqin o‘lchagich) bilan o‘lchanadi.

Download 61.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling