6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu lotin1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тарихийлик принципи Ягонанинг қарама- қаршиликка ажралиш принципи
- Таҳлил ва синтез бирлиги принципи Тизимийлик принципи
- Миќдорий ва сифатий тавсифларнинг ўзаро алоќалари принципи
- Dialektikaning muqobillari.
- Umumiy aloqadorlik tamoyili.
ҳартомонламали к принципи Детерминизм принципи jarayonida obyektning har bir kashf qilinayotgan va tadqiq etilayotgan xossalari va aloqalari sabablarini aniqlash talabidir.
hodisalar umumiy aloqadorligining tomoni sifatida o’zaro ta’sir bilan uzviy bog’liqdir. U yoki bu tizimlarning o’zaro ta’siri bu tizimlarda tegishli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi va bu, tabiiyki, mazkur prinsipga muvofiq o’zaro ta’sir amal qilib turgan sabab sifatida chiqadi, sababning amal qilishi natijasida yuzaga kelgan o’zgarishlar esa oqibat sifatida chiqadi, demak, xuddi shu o’zaro ta’sir dunyoda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning sababidir. Determinizm prinsipi bilish davomida subyekt e’tiborini tashqi aloqalar va o’zaro ta’sirlardan bilish obyektini sifat jihatdan aniqlab beradigan ichki sabablarga, uning yuzaga kelishi va mavjud bo’lib amal qilishining ichki sabablarini tadqiq etishga qaratadi. Obyektning xar bir o’zgarishi (ichki yoki tashqi, zaruriy yoki tasodifiy, sifatiy yoki miqdoriy) qanday bo’lishidan qat’i nazar, u o’z sababiga ega bo’ladi, determinlanadi, taqazo etiladi, tegishli o’zaro ta’sir orqali ro’yobga chiqadi. Determinizm prinsipini ilmiy bilishda qo’lanishi bilish obyektida yuz berayotgan o’zgarishlarni, uning yashash va o’zgarish qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi, ya’ni u bizni obyektga qotib qolgan narsa deb emas, balki harakatda va rivojlanishda deb qarashga yo’naltiriladi. Tarixiylik prinsipiga ko’ra, hodisa yoki narsaga uning paydo bo’lishidan tortib to tarkib topishi, shakllanishi va rivojlanishiga qadar genetik tarzda qaramoq kerak, chunki obyekt o’z rivojlanishida bosib o’tgan asosiy bosqichlarni aniqlabgina unga xos bo’lgan muhim, zarur va qonuniyatli xususiyatlar va aloqalarni, sifatiy va miqdoriy tavsiflarni tushunish, anglash va anglatish mumkin. Bu prinsip muayyan hodisa qanday paydo bo’lganligini, u o’z rivojida qanday asosiy bosqichlardan o’tganligini ochib beradi va uning shunday o’z-o’zidan rivojlanishiga qarab bilish subyekti bu hodisa nimaga aylanganligini, shuningdek kelgusida nimaga aylanishi mumkinligini ko’radi. Obyektning tarixini tashkil etgan zaruriy qonuniyatli aloqalarni aniqlab, obyektning borlig’ini tarixan avj olib boruvchi jarayon deb bilib, tarixiylik falsafiy prinsipidan ongli ravishda foydalanuvchi subyekt obyektning mohiyatiga chuqurroq tushunib yetadi, uning tuzulishini, mavjudlik qonuniyatini yaxshiroq biladi va binobarin, bilish obyektidan o’zining ongli amaliy faoliyatida ijodiy foydalana oladi. Bu prinsip obyektning shunday qarama-qarshiliklar birligi va kurashi sifatidagi o’z-o’zidan harakatini, tarixini ochib beradiki, ularning uzviy birligi qarab chiqilayotgan obyektning o’ziga yaxlitlik baxsh etadi. Bu prinsip narsalarni xarakatlanib, rivojlanib va o’zgarib turadigan obyektlar deb anglashda muhim rol o’ynaydi. Bu Тарихийлик принципи Ягонанинг қарама- қаршиликка ажралиш принципи prinsip obyektlarga xos barcha turli-tuman va qarama-qarshi xususiyatlarni, sifatiy xolatlarni izoxlashga, ular o’rtasidagi muhim qonuniyatli va muqarrar aloqalarni, bir holatdan boshqa holatga va o’z ziddiga aylanishlarni aniqlashga imkon beradi. Bu prinsipning tarixiylik prinsipi bilan yaqinligi va uzviy bog’liqligi shak- shubhasizdir. Qarab chiqilayotgan obyektning qarama-qarshi tomonlar va qirralarga ajralishi, ular o’rtasidagi o’zaro aloqalarni aniqlash zarurati shundan kelib chiqadiki, har bir narsa qarama-qarshi tendensiyalarni o’z ichiga oladi. Nisbatan barqaror tizim bo’lgan har bir obyekt o’zini tashkil etgan elementlarning ichki o’zaro harakati hamda uning boshqa obyektlar bilan o’zaro ta’siri natijasida uzluksiz o’zgarib boradi va shu bilan birga o’zini, saqlab qolgan holda ma’lum vaqtgacha o’shandayligicha qoladi. Biroq madomiki har bir narsa qarama-qarshiliklar birligi sifatida real mavjud ekan, ularning o’zaro ta’siri (kurashi) davomida harakatda bo’lar, o’zgarar ekan, narsaning mohiyatini bilish uning qarama-qarshi tomonlarga ajralishini, rivojlanishning qarama-qarshi tendensiyalarini aniqlashni va undan obyektga hos sifatiy va miqdoriy ko’rsatkichlarni chiqarishni taqozo etadi. Bu prinsip talablari tahlilning har qanday turiga emas, balki faqat genetik tuzulmaviy turiga xosdir, bu tur asosdan asoslangan narsagacha bilish davomida, boshlang’ich asosdan tekshirilayotgan birbutunning boshqa tomonlarini keltirib chiqarish jarayonida amalga oshiriladi. Tahlil va sintez bunday yondashuvda subyekt tafakkurida tadqiq etilayotgan obyektning rivojlanishi davomida yuz bergan obyektiv ajralish va birikish jarayonlarini takrorlaydi. Predmetni tahlil etuvchi fikr harakati va tadqiq etilayotgan predmetning harakati bu yerda ayni bir bosqich va pog’onalardan o’tadi, ayni bir yo’nalishdan, ayni bir yo’ldan boradi. Madomiki tafakkur o’z harakati bilan ongda predmetning o’z rivojida bosib o’tgan barcha asosiy bosqichlarni takrorlar ekan, tafakkur natijalari ham predmetning rivojlanishi natijalarini muayyan aniqlik bilan takrorlaydi. Bilish jarayonida tahlil bilan sintezning qo’shilishiga obyektning vujudga kelishining obyektiv ichki (ya’ni immonent xos) mantiqi, obyektning rivojlanishidagi differensiyalashtiruvchi (ajratuvchi) va integrasiyalovchi (biriktiruvchi) tendensiyalarning o’zaro aloqasi sabab bo’ladi. Tizimiylik prinsipi o’rganilayotgan voqyelikni universal kategoriyalar (tushunchalar) va qonunlar tizimida ayrim elementlar va tomonlarga ajratilgan yaxlit tizim sifatida qayta tiklashni talab qiladi. Bu tizimda har bir element, har bir tomon va qirra o’zining shu tizimning paydo bo’lish va yashash, mavjud bo’lish qonunlari taqozo etgan, Таҳлил ва синтез бирлиги принципи Тизимийлик принципи qat’iy belgilangan o’rnini egallaydi va yagona birbutun sifatidagi tizimning boshqa elementlari, tomonlari, qirralari bilan muqarrar o’zaro aloqada bo’ladi. Bularning hammasi tizimiylik prinsipi falsafiy prinsiplar tizimining zaruriy elementi ekanligidan dalolat beradi. Bu prinsip nafaqat tizimiylikni, balki tarixiylikni ham o’z ichiga oladi, ya’ni tadqiq etilayotgan reallikni nafaqat uning barcha aloqalarida, balki rivojlanishda ham olib o’rganishni talab qiladi, ya’ni u bilish subyektining o’rganilayotgan predmetning mohiyatiga kirib borishini ta’minlaydi. Miqdoriy va sifatiy tavsiflarning o’zaro aloqalari prinsipi rivojlanish jarayonida miqdoriy va sifatiy o’zgarishlarning bir-biriga o’tishi falsafiy qonunining ta’sirini o’rganadi. Sifatiy tavsiflar miqdoriy tavsiflarga, miqdoriy tavsiflar o’z navbatida sifatiy tavsiflarga bog’likligi sababli obyektni bilish jarayonida bu tavsiflarni qayd etibgina qolmasdan, balki ularning o’rganilayotgan obyektning muhim jihati bo’lmish bir-biri bilan aloqadorligi, bir-biriga sababliligini ham aniqlamoq kerak. Bunda obyektni tadqiq etishning dastlabki bosqichlarida uning sifatiy va miqdoriy tavsiflari bir-biridan alohida mavjud bo’lgan hodisa sifatida mustaqil qarab chiqiladi. Darhaqiqat dastlab subyekt o’rganilayotgan obyektning sifatini aniqlashga harakat qiladi, o’ning sifatini aniqlab va har tomonlama tahlil qilib chiqqach bu hodisaning miqdoriy jihatini tadqiq qilishga o’tadi. So’ngra, tekshirilayotgan obyektning sifatiy va miqdoriy tomonlari haqida ishonchli axborot to’planib borgan sari bilish ularning o’zaro aloqadorligini aniqlashga o’tadi. Hozirgi zamon fani va amaliyotining ma’lumotlari tadqiq qilinayotgan voqyelikning miqdoriy va sifatiy tavsiflarning o’zaro aloqadorligini, miqdoriy o’zgarishlarning sifatiy o’zgarishlarga va, aksincha, sifatiy o’zgarishlarning miqdoriy o’zgarishlarga o’tishi universal, umumiy harakterga ega ekanligini ko’rsatadi. O’zgarishlarning umumiy xususiyati. Bizni qurshagan dunyoning yana bir muhim xususiyati – Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz o’zgarishlardir. Tabiatning o’zgaruvchanligi falsafa paydo bo’lishidan ancha oldin yaxshi ma’lum bo’lgan, falsafa vujudga kelgach esa, masalalarning mazkur doirasi alohida o’rganish predmetiga aylandi va vaqt o’tishi bilan uning negizida falsafiy bilimlarning maxsus bo’limi – dialektika yuzaga keldi. Uning (yaxlit ta’limot sifatidagi) ildizlari qadimgi yunon falsafasiga, xususan «Hamma narsa oqib, o’zgarib turadi», «Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo’lmaydi» kabi mashhur iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. Shundan beri obyektiv borliqning Миќдорий ва сифатий тавсифларнинг ўзаро алоќалари принципи turli-tuman miqdor va sifat o’zgarishlarini ifodalash uchun «harakat» va «rivojlanish» kategoriyalari qo’llaniladi. Dialektikaning muqobillari. Odatda rivojlanishning dialektikaga zid bo’lgan yoki unga o’xshamaydigan konsepsiyalari, bilish metodlari, dunyoni ma’naviy o’zlashtirish usullari, ya’ni dialektikadan farq qiluvchi dunyoqarashga doir va metodologik mo’ljallar nazarda tutiladi. Dialektikaning shunday muqobillaridan biri metafizika, sofistika, eklektika, sinergetika metodlaridir (ular haqidagi
konsepsiyaning mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar nima?
Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida, birinchi asosni, biron-bir konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik, tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o’ynaydi. Quyida bu tamoyillarni tahlil qilamiz. Umumiy aloqadorlik tamoyili. Rang-barang dunyoda har bir obyekt ko’p sonli xossalarga ega bo’lib, ular boshqa obyektlar bilan o’zaro aloqa jarayonida namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga kirishish orqali namoyon bo’ladi. Shunday qilib, har bir obyekt o’zga obyektlar bilan qonuniy bog’lanadi va bu obyektlar bilan o’zaro ta’sirga kirishish jarayonida ishtirok etadi. Aloqa. Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki obyektning o’zaro aloqa jarayoni tushuniladi. Obyektlar diskretlik, shakllanganlik va nisbatan mustaqillikdan mahrum bo’lgan joyda aloqalar mavjud bo’lishi mumkinmi? O’z- o’zidan ravshanki, shakllangan, nisbatan mustaqil narsalar mavjud bo’lmagan joyda aloqa mavjudligini taxmin qilish ham mumkin emas. Shu sababli umumiy aloqa kategoriyasi «narsa», «uzluklilik», «uzluksizlik», «cheksizlik», «tuganmaslik» tushunchalari bilan tavsiflanadi. Hozirgi ilmiy bilimga tayanuvchi borliqning falsafiy talqini olamning universal yaxlitligini, dunyoning birligini ochib beradi. Dialektika kategoriyalari borliqning universal aloqalarini bilish
Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida namoyon bo’ladi. Aloqalarni tasniflash turli asoslarga ko’ra amalga oshiriladi.
bilvosita aloqalar, ichki va tashqi aloqalar farqlanadi. Hajm jihatidan aloqalar umumiy, alohida va xususiy bo’lishi mumkin. Mazmun jihatidan genetik, funksional, strukturaviy, energetik, moddiy, informasion va boshqa aloqalar farqlanadi. Aloqalarning butun rang-barangligi fanning qaysidir bir tarmog’i doirasida tadqiq etilishi mumkin emas. Ularning muayyan turlari maxsus fanlarning predmeti hisoblanadi. Dialektika borliqning barcha jarayonlariga xos bo’lgan umumiy, muhim, universal aloqalarni o’rganadi. Fan borliqning universal qonunlarini tashkil etadigan ichki, zaruriy, muhim, barqaror, takrorlanuvchi aloqalarga alohida e’tibor beradi. Umumiy aloqalar dialektika kategoriyalarida yoritiladi. O’zaro aloqa. Real voqyelikda har bir muayyan obyekt ko’p sonli sababiy zanjirlarning murakkab «tuguni» hisoblanadi. U boshqa obyektlardan ta’sirlanish bilan bir vaqtda o’zi ham ularga aks (reaktiv) ta’sir ko’rsatadi. «Tashqi» va «ichki» sababiy zanjirlar unda uyg’unlashadi, kesishadi va tarmoqlanadi. Ular bir-biri bilan o’zaro aloqaga kirishadi va bu o’zaro aloqa obyektda yuz beruvchi barcha jarayonlarning negiziga aylanadi. Obyektni bilish uchun pirovard natijada unda vujudga kelgan sababiy aloqalar «tuguni»ni yechish talab etiladi. Barcha hodisalar mohiyatiga izohni o’zaro aloqadan izlash kerak. U hodisalarning barcha xossalari va xususiyatlarini belgilaydi, amalda mavjud bo’lgan barcha imkoniyatlar, tasodiflar va zaruriyatlarning manbalarini o’zida mujassamlashtiradi. O’zaro aloqani tushunish
Ammo har qanday obyekt boshqa obyektlar bilan o’zaro aloqa qilgani bois, uning barcha o’zaro aloqalarini bilish uchun undan boshqa obyektlarni o’rganishga, ulardan – uchinchi obyektlarga o’tishga to’g’ri keladi va h.k. Ayrim obyektning tabiatini belgilovchi o’zaro aloqani bilish jarayoni cheksizdir. Paskal ta’biri bilan aytganda, to’g’nag’ich kallagini bilish uchun butun Olamni bilish talab etiladi.
tushunchalarini farqlash lozim. Aloqa yuzaga kelishiga imkoniyat yaratuvchi ayrim xossa, belgi yoki munosabat aloqa uchun asos bo’ladi. Asosning mavjudligi aloqa o’rnatish uchun zarur, lekin yetarli emas, chunki uning o’rnatilishi doim emas, balki muayyan sharoitdagina yuz beradi. Shart-sharoitlar – bu avvalo predmet
mumkin. Shart-sharoitlar o’z holicha aloqa o’rnatish omili bo’lishi mumkin emas, ular faqat aloqa yuzaga kelishiga ko’maklashadi yoki monelik qiladi. Narsalar o’rtasida aloqa biron-bir muayyan asosga ko’ra yuzaga keladi. Umumiy asos ayrim umumiy asosga ega bo’lgan turli obyektlar o’rtasida umumiy aloqa yo’lini ham vujudga keltiradi. Masalan, muayyan manfaat guruhlari o’z manfaatlarini himoya qilish uchun siyosiy guruhlarga birlashadilar, mamlakatdagi siyosiy muhitga kuchli ta’sir ko’rsatadilar. Ammo boshqa, masalan, etnik, diniy va boshqa asoslarga ko’ra ular o’zaro bog’liq bo’lmasligi ham mumkin. Shunday qilib, mazkur misolda aloqa yo’li aloqa yuzaga kelishi uchun asos, boshqa belgilar – buning shartlaridir. O’zaro aloqa umumiy xususiyat kasb etadi, u butun borliqqa xosdir. Shu sababli aloqa tushunchasi dialektikada eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Boshqa barcha kategoriyalar o’zaro aloqaning muayyan turlari bilan tavsiflanadi. Munosabat. Aloqa tushunchasi o’zaro aloqa, harakat, munosabat tushunchalari orqali yoritiladi. «Hozirgi zamon falsafa lug’ati»da 2 munosabat tushunchasi «narsalarning o’zaro mavjudlik usuli, ularda yashirin xossalarning namoyon bo’lish omili» sifatida ta’riflangan. Bu ta’rifda munosabatni tavsiflovchi quyidagi jihatlar farqlanadi: birinchidan, narsalarning o’zaro mavjudligi, yaqinlashuvi, birlashuvi. Ikkinchidan, munosabat narsaning xossalarini namoyon etish, ya’ni harakatga keltirish usuli sifatida amal qiladi. Uchinchidan, narsalarning birlashuvi sifatidagi munosabat ta’sirida kooperativ effekt, ya’ni narsalar
kelgunga qadar yashirin holda mavjud bo’lgan narsalarning xossalari bir-biriga o’tadi va namoyon bo’ladi. Xullas, munosabat, bir tomondan, narsalarning o’zaro aloqasini, boshqa tomondan esa – ularning alohida-alohida mavjudligini nazarda tutadi. O’zaro ta’sir narsalarning o’zaro aloqadorligini, ular bir-biriga ta’sir ko’rsatishi va bir-birini o’zgartirishini anglatadi. Ammo o’zgarish – harakat falsafiy tushunchasining sinonimidir. Binobarin, umumiy aloqaning tan olinishi bizni muqarrar tarzda borliqning o’zgaruvchanligi umumiy xususiyatini tan olishga olib keladi. Umuman o’zgarish sifatida tushuniladigan harakat butun olamni qamrab oladi, dunyoda hamma narsa muayyan paytda vujudga keladi, tadrijiy rivojlanadi, o’zgaradi va g’oyib bo’ladi (o’ladi, halok bo’ladi, barham topadi). Demak, har qanday hodisa o’z tarixiga ega. Ayni shu sababli tabiat va jamiyat hodisalarini o’rganishga nisbatan tarixiy yondashuv zarur. O’zgarishlar o’z xususiyati va yo’nalishiga ko’ra tartibsiz o’zgarishlar, aylanma harakatlar, jismlarning makonda bir joydan boshqa joyga mexanik ko’chishida namoyon bo’lishi mumkin. Rivojlanish o’zgarishning alohida tipi hisoblanadi. Dialektika kategoriyalari umumiy aloqalarning o’zgarish va rivojlanish manbai sifatidagi tavsifini to’ldiradi, harakatlanayotgan, tadrijiy rivojlanayotgan dunyoning keng manzarasini yaratish imkonini beradi. Biron-bir aloqalar va o’zaro ta’sirlarsiz mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan obyektlar amalda mavjud emas.
2 Қаранг: Современнқй философский словарь / Под ред. В.Е.Кемерова. – М.: 2004. – С.497. Dialektikaning muhim belgilaridan biri va umumiy aloqa tamoyilining mazmuni aynan obyektlarning har tomonlama o’zaro aloqalari va o’zaro ta’sirlarini hisobga olishdan iborat. Shunday qilib, dialektika moddiy dunyoda hukm suruvchi umumiy aloqani aniqlashni talab qiladi.
Aloqalarning asosiy turlari Aloqalarnnig xususiyatlari Materiyaning asosiy turlariga va uning harakat shakllariga xos bo’lgan aloqalar Materiya mavjudligining asosiy
shakllariga xos bo’lgan aloqalar Qonun, hodisani belgilaydigan aloqalar Qonun, hodisani belgilamay di-gan
aloqalar Ijtimoiy Moddiy- energetik Makonga
doir Ichki
Tashqi Biologik Vaqtga doir Muhim
Ahami yatsiz
Kimyoviy Strukturaviy Zaruriy Tasodif
iy Fizik
Informasion Genetik
Barqaror Beqaro
r Mexanik
Sababiy Umumiy
Yakka Funksional Aloqalar quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, ular obyektiv xususiyat kasb etadi, ya’ni odamlar ongidan qat’iy nazar, obyektiv qonuniyat sifatida mavjud bo’ladi. Ikkinchidan, aloqalar universaldir, chunki hamma joyda va har doim, barcha hodisalarda, barcha darajalar va bosqichlarda namoyon bo’ladi. Uchinchidan, o’zaro aloqa o’zining mohiyati va tabiatiga ko’ra serqirradir, zero har bir predmet, har qanday hodisa boshqa hodisalar bilan minglab rishtalar vositasida bog’lanadi, bu aloqa moddiy va ma’naviy dunyo hodisa va jarayonlari o’rtasidagi munosabatlarning oxiri ko’rinmaydigan tarmog’i bilan tavsiflanadi. To’rtinchidan, real aloqalar o’z xususiyati, chuqurlik va murakkablik darajasi, namoyon bo’lish shakllariga ko’ra cheksiz darajada rang-barangdir. Dialektika borliqning rang-barang aloqalarini tahlil qilishga nisbatan differensiasiyalashgan yondashuvni nazarda tutadi. Bunda u quyidagi aloqalarni farqlaydi:
- materiyaning asosiy turlariga va uning harakat shakllariga xos bo’lgan aloqalar (mexanik, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy bog’lanishlar); - materiya mavjudligining asosiy shakllariga xos bo’lgan aloqalar (makonga doir, vaqtga doir, strukturaviy, genetik, sababiy, funksional bog’lanishlar). Ammo aloqalarning ko’p sonli konkret shakllari orasida dialektikani borliqning barcha hodisalari va jarayonlarida namoyon bo’luvchi o’ziga xos aloqalar (bog’lanishlar xususiyati) qiziqtiradi. Aloqalarning bunday shakllari qatoriga ichki
Rivojlanishda bu aloqalarning roli bir xil emas: ularning ayrimlari yordamida predmet o’z tabiatini ro’yobga chiqaradi, ya’ni ular bosh rolni o’ynaydi, boshqa aloqalar esa ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Shunga muvofiq «qonun aloqa demak» degan ibora paydo bo’lgan. Bu to’g’rimi? To’g’ri, agar qonun – bu har qanaqangi aloqa emas, deb qo’shimcha qilinsa. Qanday aloqa qonun hisoblanadi? Qonun deb, bir qancha zaruriy belgilarga ega bo’lgan o’zaro aloqaga aytiladi. - Aloqaning obyektivligi. Bu yerda gap bugun qabul qilinib, ertaga bekor qilinadigan yuridik qonunlar haqida borayotgani yo’q. Energiya va moddaning saqlanish qonunlari yoki butun olam tortishish qonuni haqida gapiradigan bo’lsak, biz ularni bekor qilishimiz yoki ularning amal qilishini ongli ravishda to’xtatishimiz mumkin, deb aytish aqlga sig’maydi.. Demak, qonunning muhim belgisi narsalarning obyektiv holatini, narsalar va hodisalar o’rtasidagi obyektiv aloqani aks ettirishida namoyon bo’ladi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling