6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu lotin1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mohiyat va hodisa o’rtasidagi dialektik aloqa quyidagilarda namoyon bo’ladi
- Mazmun va shakl
- Mazmun va shakl o’rtasidagi dialektik o’zaro aloqa quyidagi omillar bilan belgilanadi.
- Butun va qism.
- Tizim, element struktura.
- Tizimlarning o’ziga xos xususiyatlari
- Tizimlarning tiplari.
Mohiyat va mavjudlik. Platon mohiyatni narsalarning moddiy-hissiy borlig’i bilan bog’lash mumkin bo’lmagan g’oya sifatida tavsiflagan. Har qanday g’oya kabi, mohiyat nomoddiy, o’zgarmas va boqiydir. Aristotel mohiyat deganda narsalar borlig’ining abadiy tamoyilini tushungan. Narsaning mohiyati qotib qolgan materiya bilan emas, balki shakl bilan belgilanishiga uning ishonchi komil bo’lgan. Ma’lumki, antik an’anada «shakl» va «g’oya» tushunchalari bir xil ma’noga ega. Biroq, Platondan farqli o’laroq, Aristotel shakl (g’oya) va materiyani bir-biridan ajratmaydi, balki ularning uzviy aloqasini qayd etadi. O’rta asrlarda mohiyat va mavjudlik o’rtasidagi farq anglab yetiladi. Mohiyat muayyan maqsad, mo’ljalni o’zida mujassamlashtiradi, mohiyatni bilish esa uning tub negiziga muvofiq bo’lgan ta’rifda ifodalanadi. O’rta asrlar falsafasida qayd etilgan mohiyat va mavjudlik o’rtasidagi farq keyinchalik mohiyat va hodisaning nomuvofiqligi sifatida talqin qilingan. Bu nomuvofiqlik tasodifiy, o’tkinchi bo’lishi va asosiy tamoyilni, ya’ni narsani uning muhim xossalari bilan yaratgan Tangri niyatini tushunishdan chalg’itishi mumkin.
a) mohiyat va hodisa bir-biri bilan uzviy bog’liq. Hodisa o’zida mujassamlashgan narsa, ya’ni mohiyatsiz mavjud bo’la olmaydi. Mohiyatda u yoki bu tarzda namoyon bo’lmaydigan narsaning o’zi yo’q; b) mohiyat va hodisaning birligi ularning o’zaro mosligi, ayniyligini anglatmaydi. Mohiyat doimo hodisa ortida yashirinib yotadi. Agar narsalarning namoyon bo’lish shakli va mohiyati bevosita mos kelganida, fanga hojat qolmas edi; v) hodisa mohiyatga qaraganda faolroq va jo’shqinroq, mohiyat esa barqarorroq va turg’unroq - u barcha o’zgarishlarda saqlanib qoladi. Ammo, hodisaga nisbatan barqarorroq bo’lgan mohiyat mutlaqo o’zgarishsiz qolmaydi; g) hodisa mohiyatga qaraganda boyroq. U obyekt muhim aloqalarining ichki mazmunigina emas, balki bu obyektning har qanday tasodifiy munosabatlari, alohida jihatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Mohiyat va hodisa o’zaro munosabatlarining bir-biri bilan ziddiyatli aloqasini qayd etuvchi o’ziga xos shakli zohiriylikdir. U bizning sezgilarimiz narsalarning mohiyatini, aniqroq aytganda mohiyatning biron-bir jihatini bir yoqlama noaniq aks ettirishini anglatadi. Ilmiy bilishning maqsadi narsalar va hodisalarning zohiriylik ortida yashirinib yotgan mohiyatini yoritishdan iborat. Mazmun va shakl. Mazmun va shakl tushunchalari, ularning dialektikasi qadimdayoq sinchiklab o’rganilgan. Uyg’unlik, go’zallik, mutanosiblik tuyg’usi, aql va tananing barkamolligi qadimgi yunonlar uchun juda muhim bo’lgan. Ularning tilida shakl tushunchasi tabiatning oddiy materiali go’zal shakl-shamoyil kasb etishiga imkoniyat yaratadigan g’oya tushunchasining sinonimi sanalgan. Aristotel g’oya, ya’ni shaklni materiya bilan uzviy bog’liq deb hisoblagan. Qadimgi Yunonistonda mazmun va shakl muammosi qo’yilgan bo’lsa, keyingi ming yillikda bu muammoni turli yo’nalish mutafakkirlari yechishga harakat qildi. Mantiqda mazmun tushunchasi uning muhim belgilari majmuini anglatadi. Falsafada mazmun narsaning negizini tashkil etadigan, uning mavjudligi, rivojlanishi va shakllarining o’zgarishini belgilaydigan qismlar, elementlarning muayyan tarzda tartibga solingan majmuidir. Ko’rib turganimizdek, mantiq va falsafadagi mazmun tushunchalari bir-birini istisno etmaydi, balki bir-birini to’ldiradi. Demak, mazmun – mazkur narsa, jarayon, hodisani belgilovchi
qanday narsa, hodisa aniq mazmun bilangina emas, balki muayyan shakl bilan ham tavsiflanadi.
Shakl,-deydi Ibn Sino,-jismlarning mavjudligi qanday bo’lsa, shunday saqlanishi yoki boshlang’ich materiyaning konkret jismga aylanishidir. Shakl- tabiiy kuch
sifatida anorganik jismlarni harakatga keltiradi: o’simlik, hayvon, odam, kosmik ruhni harakatga keltiradigan tabiiy jismlar shaklidir. Shakl-jismdan konkret narsa va predmet hosil bo’lishidir. Shakl-jismlarning alohida xususiyati bo’lib, konkret yashash tarzini belgilaydi. Shakl umumiy nom bo’lib, narsa turini, narsaning mavjudligini, ikkinchi marta takomillashishini, mavjudligini bildiradi. Shaklni aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o’rin egallaydi. Masalan, olov olov shakli asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o’tadi. Shakl tufayli jism jism bo’la oladi. Mazmun va shakl tushunchalariga berilgan ta’riflarning o’zidayoq biz ularning o’xshashligini payqaymiz, chunki struktura, ichki izchillik – mazmunning ham, shaklning ham zaruriy komponenti. Shu sababli mazmunni shakldan faqat mavxumlik nuqtai nazardangina ajratish mumkin. Ikki o’xshash mazmunni taqqoslashgina shakl omillarini farqlash imkonini beradi. Nafaqat mazmun «shakldor», balki shakl ham mazmunlidir. Shu sababli ayni bir jihat, element bir zamonning o’zida bir predmetning shakli ham, boshqa predmetning mazmuni ham bo’lishi mumkin. Shakl va mazmunning o’zaro aloqasi shunda ifodalanadiki, narsaning bu ikki qarama-qarshi tomonlari bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Qadimda mazmun va shakl dialektikasida shakl ustun qo’yilgan, uning yordamida narsa o’z g’oyasi (shakli) yoki vazifasi (maqsadi)ga muvofiq bo’lgan muayyan borliq sifatida mavjud bo’ladi, deb hisoblangan. Keyinchalik fanning rivojlanishi va uning falsafaga ta’siri kuchayishi bilan mazmun va shaklning aloqasi haqidagi tasavvurga ham aniqlik kiritilgan. Oddiy sog’lom fikr bizga shakl nimaningdir, ya’ni muayyan mazmunning shakli bo’lishi mumkinligini, mazmunsiz shakl hech qanday ahamiyat kasb etmasligini ko’rsatadi. Shu sababli formalizm tanqidi mutlaqo o’rinlidir. Masalan, san’atda «sof shakllar» bilan o’yin qilishga urinish shuning uchun ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydiki, o’zini formalist deb hisoblovchi iste’dodli san’atkor asarida mazmun baribir mavjud bo’ladi. Davlatni boshqarishda formalizm turlaridan biri sanalgan byurokratizm bilan ham shunday hol yuz beradi. O’z faoliyatini sof formal qoidalarga bo’ysundiruvchi, sog’lom fikrga son-sanoqsiz to’siqlar o’rnatuvchi byurokrat amalda hokimiyat vakolatlari birdan-bir maqsad sanalgan muayyan davlat tizimining vakili hisoblanadi. Formalizmning yana bir ko’rinishi huquqning pozitivistik talqini bo’lib, unga binoan huquq iqtisodiy, siyosiy, axloqiy yoki o’zgacha asoslashga muhtoj bo’lmagan oliy asosdir. Huquqning mazkur formal-dogmatik talqini qonunchining o’zboshimchaligiga keng yo’l ochadi. Natijada davlatda nohuquqiy qonunlar ustuvorligi qaror topadi. Narsa shaklsiz ham mavjud bo’lmaydi. Shuningdek, shakl mazmunga faol ta’sir ko’rsatadi, narsaga unda mavjud bo’lmagan xossalarni baxsh etadi. Masalan, ko’mir, grafit va olmosni olaylik. Ularning farqi – faqat molekula strukturasida, ya’ni shaklda. Ammo hech kim bu moddalarni bir-biriga o’xshatmaydi. Xullas,
shakl mazmunga faol ta’sir ko’rsatib, yo uni takomillashtiradi, yo o’zini to’la namoyon etishiga monelik qiladi. Shakl mazmundan nisbatan mustaqildir. Bu hol ayni bir mazmunning ko’plab shakllari mavjudligida, shuningdek shakl mazmundan o’zishi yoki undan orqada qolishida namoyon bo’ladi. Shu sababli shakl va mazmunning uzluksizligi ularning birligi to’g’risida so’z yuritish imkonini beradi. Bunda har bir muayyan holda yo shakl, yo mazmun ustunlik qilishi mumkin. Shakl va mazmunning nomuvofiqligi yoki qarama-qarshiligi yuzaga kelishiga sabab bo’ladigan mazkur kategoriyalar dialektikasi borliqning har qanday hodisasi o’zgarishi va rivojlanishining ichki manbai hisoblanadi.
1. Mazmun va shakl bir-biri bilan uzviy bog’liq. Amalda shaklsiz mazmun va mazmunsiz shakl hech qachon hech qayerda mavjud emas. Shaklni mazmundan ajratishga, shakl mustaqil ahamiyatga ega ekanligini isbotlashga urinishlar formalizmga olib keladi. 2. Mazmun va shaklning birligida mazmun yetakchilik qiladi. Mazmunning o’zgarishi doim shaklning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Qandaydir tashqi kuch emas, balki aynan mazmun o’zini shakllantiradi. Masalan, fanni rivojlantirish, yangi qonunlarni kashf etish, obyekiv haqiqatlarning tagiga yetish mazkur yangi qonunlar mazmunini rasmiylashtiruvchi tegishli yangicha tasavvurlar, formulalar, nazariyalarni talab qiladi. 3. Mazmun va shaklning birligi mazmunga nisbatan shaklning nisbatan mustaqilligi, faolligini nazarda tutadi. Shaklning nisbatan mustaqilligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: a) rivojlanishda shaklning mazmundan oqsashida. Mazmun hech qachon bir darajada turmaydi, u o’zgaradi, shakl ham o’zgarishsiz qolmaydi. Ammo mazmun bilan taqqoslaganda shakl barqarorroq, turg’unroqdir. Bu hol shu bilan izohlanadiki, mazmun o’z harakatiga ega bo’ladi, shakl esa mazmun bilan belgilanadi. Mazmundan farqli o’laroq, shakl hodisaning turg’unroq tomoni sifatida amal qiladi. U muqarrar tarzda o’z mazmunidan ortda qoladi; b) shaklning mazmunga aks ta’sirida. Bu ta’sir ikki yoqlama namoyon bo’ladi: shakl yo mazmunning o’zgarishiga ko’maklashadi, yo unga monelik qiladi. Albatta, agar shakl mazmunning o’zgarishiga muvofiq bo’lsa, u mazmun jadal sur’atlarda rivojlanishiga zamin yaratadi. Agar ularning o’rtasida ziddiyat tug’ilsa, mazmun lozim darajada rivojlana olmaydi, chunki unga eski shakl xalaqit beradi. Shu sababli ertami-kechmi ziddiyatni yechish vaqti keladi. Yangi mazmunga muvofiq yangi shakl yaratiladi. Shunday qilib, mazmun va shakl o’rtasidagi ziddiyat narsalar va hodisalarning o’zgarish, ularning boshqa narsalar va hodisalarga aylanish sabablaridan biri hisoblanadi.
Butun va qism. O’zaro bog’langan soddaroq narsalardan tashkil topadigan har qanday predmetning murakkab tuzilishini ifodalovchi falsafiy kategoriyalarning ayrim nisbatan ajralmas majmuasini tashkil etadi.
Butunni tashkil etuvchi qismlarni birlashtiradigan bog’lanish predmetga yaxlitlik baxsh etadi, ya’ni butunga xos bo’lgan, lekin uni tashkil etuvchi qismlarga ularning tarqoqlik holatiga xos bo’lmagan integrativ xossalar va qonuniyatlar paydo bo’lishiga olib keladi. Butun o’zini tashkil etuvchi qismlarning birligidir. U o’z qismlarining o’zaro aloqasi tufayli mavjud bo’lib, bu aloqaning barqarorligi mazkur butunning tuzilishida o’z ifodasini topadi. Butun va qism tushunchalari qadimgi yunon falsafasidayoq ma’lum bo’lgan. Butunni o’rganishga nisbatan yondashuvlarni belgilashda yuzaga kelgan ziddiyatlarni yechish qiyinchilik tug’dirgan. Ma’lumki, Dekart o’zining metod haqidagi mulohazalarida har qanday predmetni o’rganishni bilish vazifasini yechish uchun bu predmetni necha qismga ajratish kerak bo’lsa, shuncha qismga ajratishdan boshlashni tavsiya etadi. Demak, butun - qismlar yig’indisi deyish ham mumkin. Ammo bu fikr faqat qisman to’g’ri, chunki butun o’zini tashkil etuvchi qismlarning oddiy yig’indisi bilan izohlanishi mumkin emas. Masalan, qurilish materiallari bir uyumga to’kilsa, bino paydo bo’lmaydi. Qarama-qarshi yondashuv butunning ustunligini tan olishni nazarda tutadi. Bu holda butunni bilish qismlarni bilishdan oldin keladi. Ammo butunning o’ziga xosligi uni tashkil etuvchi qismlardan kelib chiqmaganidek, qismning xossalari ham butundan kelib chiqmaydi. Natijada qoniqarli yechimini topish mushkul bo’lgan yaxlitlik antinomiyalari yuzaga keldi, chunki qarama-qarshi fikrlarning har birini amaliyotdan olingan misol bilan isbotlash va xuddi shuningdek, amaliyotdan olingan misol bilan rad etish mumkin. Masalan, butun qismlarning yig’indisidir, degan qoidaga butun o’zini tashkil etuvchi qismlar yig’indisidan ko’proqdir, degan qarshi qoida zid keladi. Qismlar butundan oldin paydo bo’ladi, degan fikrga butun o’zining qismlaridan oldinroq paydo bo’ladi, chunki ularga yangi xossalar baxsh etadi, degan fikr zid keladi. Mazkur antinomiyalar bilish metodologiyasida ham bilishning qarama-qarshi mo’ljallarida o’z ifodasini topadi: butunni bilish uning qismlarini bilish orqali amalga oshiriladi, bunga qarshi qoida esa shunday yangraydi: qismlar butunni qismlarga ajratish mahsuli sifatida faqat butun haqidagi bilimga muvofiq anglanishi mumkin. Bu esa butun va qismning yaxlitlik orqali ifodasida namoyon bo’ladi. Yaxlitlik jumboqlariga quyidagi hodisa misol bo’ladi: har bir atom yadrosining og’irligi uning tarkibiy qismlari og’irligining yig’indisidan kamroqdir. «Massa nuqsoni» deb ataladigan bu hodisa massa va energiyaning ekvivalentligi bilan izohlanadi. Bu hodisani yaxlitlik jumboqlari nuqtai nazaridan qanday tushuntirish mumkin? Mazkur ziddiyatlarni yechish butun va qismning aloqasi haqidagi qarama-qarshi tasavvurlar birligini tan olishni nazarda tutadi. Darhaqiqat, qism butunga bog’liq bo’ladi, u butundan yangi xossalar oladi. Butun ham qismlarga, biroq ko’proq darajada – ular o’rtasidagi aloqaning xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Butunning uch tipi ma’lum: a) mexanik butun (qum, tosh uyumi, chunki ularning qismlari butunga kiradi va
Qismlar o’rtasidagi aloqaning xususiyati butunning sifat jihatidan aniqligini, uning yaxlitligini belgilaydi. Yaxlitlik qismlarning shunday bir aloqasiki, unda
belgilaydi. Aloqaning strukturaviy (tuzilishi), funksional (predmetning faoliyat usulini tavsiflovchi), genetik tiplari yaxlitlikning tegishli tiplarini tashkil etadi. Yaxlitlikning quyidagi turlari farqlanadi: Mexanik yaxlitlikda qismning butunga kamroq bog’liqligi va butunning qismga sezilarli darajada bog’liqligi kuzatiladi. Masalan, avtomobil g’ildiragi yoki ruli uning harakatlanishini ta’minlovchi qismlardir, lekin ular o’z sifatida avtomobildan qat’iy nazar mavjud bo’lishi mumkin.
o’z xossalarini saqlash va nisbatan o’zgarmas bo’lib qolish imkonini beradi. Masalan, elektron atom tarkibida ham, undan tashqarida ham (harakatlanayotgan elektronlarning izchil oqimi sifatida) deyarli o’zgarishsiz qoladi. Organik yaxlitlikda organik dunyoda nafaqat qismlarning o’zaro mosligiga, balki ularning subordinasiyasiga ham duch kelish mumkin. Organik tizimlarning qismlari butundan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Tanadan uzilgan qo’l faqat nomigagina qo’l sanalishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi. Yaxlitlik tiplari va turlarining tasnifi butunning tabiatini bilish nafaqat uni tashkil etuvchi qismlarni, balki qismlar o’rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish orqali amalga oshirilishini ko’rsatadi. Demak butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan
2 O molekulalarining qismlari – vodorodning ikki atomi va kislorodning bir atomi. Butun o’z qismlarining oddiy yig’indisidan iborat emas. Ma’lumki, vodorod yonadi, kislorod yonishni quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to’sqinlik qiladi. Dialektika butun va qismga ularning dialektik birligi nuqtai nazaridan yondashadi. Butun hosil bo’lganda qismlar xossalarining yig’indisidan iborat bo’lmagan yangi sifat vujudga keladi; shunga qaramay u qismlar – ularning miqdori va o’zaro aloqaning muayyan tipi bilan belgilanadi. Shu sababli dialektika butunni bilish faqat xossalar, qismlar haqida bilim mavjud bo’lgan taqdirda samarali bo’lishi mumkin va aksincha, qismlarni o’rganish butunga doir oldingi bilimga tayanishi lozim, deb hisoblaydi.
element kategoriyalari to’ldiradi va rivojlantiradi. Qadimgi yunon falsafasida tizim tushunchasi borliqning tartibliligi va yaxlitligi sifatida tavsiflangan. Hozirgi talqinda tizim muayyan yaxlitlikni tashkil etuvchi qonuniy munosabatlar va aloqalarda bo’lgan elementlarning organik to’plami sifatida tavsiflanadi. Tizim (yunon. systema – birlashtirish, yaratish) – bir-birining o’rtasida qonuniy bog’lanish yoki o’zaro aloqa mavjud bo’lgan muayyan elementlar yig’indisi. Har qanday tizimning strukturasi avvalo uning tarkibiy elementlariga bog’liq. O’z navbatida, elementlarning xossalari ham ko’p jihatdan o’zlari hosil qilgan tizimning strukturasi bilan belgilanadi. Tizim va element tushunchalari butun va qism kategoriyalariga yaqin turadi. Ammo ular ayniy tushunchalar emas. Xususan, qism bo’linadi, element – tizimning boshqa qismlarga ajralmaydigan komponenti hisoblanadi. Shuningdek tizim butun bilan ham solishtirilishi mumkin va xuddi butun kabi, qismlarning aloqadorligi, tartibliligi va uyushqoqligi bilan tavsiflanadi. Ammo butunni o’rganishda uning o’ziga xos xususiyatini, sifat jihatidan muayyanligini aniqlash vazifasi birinchi o’ringa chiqadi. Tizimli yondashuv tizimlarning sifat jihatidan o’ziga xosligidan qat’iy nazar, ular xulq-atvorining umumiy tamoyillari va qonunlarini aniqlashni nazarda tutadi. Ayni shu sababli tizimlar juda keng miqyosda qo’llaniladi. Ammo har qanday obyektni o’rganishga nisbatan tizimli yondashuv doim ham samarali emas. Biron- bir ro’zg’or buyumi (qoshiq yoki choynak, yozuv daftari va sh.k.)ni tizimli o’rganishning hojati yo’q. Ba’zan shunday bir «tadqiqotlar» uchraydiki, ularda tizimlar nazariyasi atamalari ishlatilgan bo’lsa-da, ularni yaratgan soxta olimlar tavsiflanayotgan obyekt talqiniga biron-bir yangi narsa kiritmaydi. Hozirgi zamon fanida tizimli yondashuvning ikki yo’li qo’llaniladi: birinchisi-tizimlar tushunchasini muayyan tarzda formallashtirish va ularning fan tilida tavsiflanadigan umumiy belgilarini aniqlash; ikkinchisi-muayyan tizimlarning tipologik tahlilidan foydalanish kabilardir. Tizimlarning o’ziga xos xususiyatlari. Tizimlarning muhim umumiy xususiyatlari tizimli yondashuvning bir qancha tamoyillarini ta’riflash imkonini beradi.
Ayni vaqtda o’rganilayotgan tizim murakkabroq tizim tarkibiga uning elementlaridan biri sifatida kiradi.
tizimning yaxlitligini ta’minlovchi elementlardir. Tizimni o’rganish strukturaviy va funksional yondashuvlardan foydalanishni nazarda tutadi. Strukturaviy yondashuv tizimni uning tuzilishi va shakli nuqtai nazaridan o’rganish imkonini beradi. Funksional yondashuv esa, tizimning xulq-atvori va boshqa tizimlar bilan o’zaro aloqalarini tadqiq etish uchun imkoniyat yaratadi. Tizimlarning o’zaro aloqasi kauzal, aniq belgilangan va statistik, ya’ni ehtimol tutilgan bo’lishi mumkin. Tizimning muhitdagi xulq-atvori aktiv va reaktiv bo’lishi mumkin. Tizimning aktiv xulq-atvori maqsadlar nuqtai nazaridan tavsiflanishi mumkin. Tizimlarning tiplari. Tizimlarning umumiy belgilari bilan bir qatorda, muayyan tiplari faqat o’zigagina xos bo’lgan tipologik belgilarga egadir. Masalan, belgilar tizimlarini o’rganish bilan ilmiy bilimning alohida sohasi-semiotika
va farqlari haqidagi tasavvurlarimizni sezilarli darajada boyitadi. Kibernetika boshqaruvchi tizimlar xulq-atvorini o’rganadiki, bu oqilona asoslangan boshqaruv tizimlarini yaratish imkonini beradi. O’yinlar nazariyasi bizning konfliktlashayotgan tizimlar haqidagi tasavvurimizni ancha kengaytiradi,
Shunday qilib, tizim, struktura va element kategoriyalari fan va falsafani yanada boyitib, muhim metodologik vazifani bajaradi. Elementlari va strukturasining xususiyatiga ko’ra tizimlarning har xil turlari farqlanadi. Obyektiv borliqda mavjud bo’lgan moddiy tizimlarni va obyektiv
Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling