6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu lotin1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Диалектиканинг тарихий ривожи
- Ривожланиш принципи
- Объективлик принципи Фаоллик принципи
6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: 1. Falsafada metod va metodologiya,metodika tushunchalari. 2. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi.Rivojlanish konsepsiyalari. 3. Shakllanish,o’zgarish va rivojlanish tushunchalari.Rivojlanishning tiplari. 4. Qonun tushunchasi.Qonunlarning turlari.Falsafaning asosiy qonunlari. 5. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari.Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi. Dialektika so’zi yunon tilida «suhbatlashuv san’ati», «bahslashuv san’ati» degan ma’noni bildiradi. Turli nuqtai-nazarlarni izohlash, o’z fikri to’g’riligini isbotlash mahorati Suqrot va Aflotunda yaqqol namoyon bo’lgan. Ularning ta’kidlashicha, haqiqatning qandaydir yangi narsa, ya’ni bahsning boshlanishida bo’lmagan, lekin muhokama jarayonida paydo bo’lgan narsa sifatida tug’ilishiga muloqot yordam beradi. Shu tariqa tafakkurning ijodiy asosi shakllanadi. Lekin, nima uchun insonning ijodiy tafakkuri dialektikdir? Borliqning ziddiyatliligi borliq haqidagi fikrlarning ziddiyatliligida o’z aksini topadi. Borliqning o’zi doimo o’zgarish va rivojlanishda bo’lganligi uchun odamlar ko’pincha shu haqda bahslashadilar. Uzoq vaqtgacha, dunyo o’zgarmasdir, deb kelingan edi. Keyinchalik uning o’zgaruvchanligi haqidagi g’oya paydo bo’ldi. Geraklitning bir daryoga ikki marta tushib bo’lmaydi, degan so’zlarini eslaylik. Xo’sh, faylasuflardan qaysi birlari haq? Dunyo o’zgarmasdir, deganlarimi yoki, u o’zgaruvchandir, deganlarimi? Sog’lom fikr dunyoda o’zgaruvchanlik ham, barqarorlik ham mavjudligidan dalolat beradi. Lekin ularning ziddiyatli birligini tushunchalar tilida aks ettirish oson emas ekan. Harakatning mohiyatini tushunishga uringan qadimgi yunon faylasufi Zenon (490-430 er. avv.) ana shunday muammoga duch kelgan. O’z mantiqiy muhokamalarining yakunida u to’g’ridan-to’g’ri qarama-qarshi xulosaga – harakat mumkin emas, degan xulosaga keladi. Bu mantiqiy paradokslar aporiyalar deb atala boshladi. Masalan, «Dixotomiya» deb atalgan mashhur aporiyani qarab chiqamiz. Zenon birorta predmet harakatini boshlang’ich nuqtasidan so’nggi nuqtasigacha qarab chiqadi. U quyidagi tarzda fikr yuritadi: harakatlanuvchi predmet dastlab o’z yo’lining yarmidan o’tadi, so’ngra qolgan yarmining yarmidan o’tadi va shu tariqa yo’lda cheksiz davom etaveradi. Shuning uchun hamisha yo’lning predmet o’ta olmaydigan biron bir qismi qolaveradi. Zenon shunga asoslanib, harakatdagi predmet qanday tezlik bilan harakatlanmasin hech qachon so’nggi nuqtaga yeta olmaydi, chunki, yo’lning o’tilgan qismlari uzunligining har qanday yig’indisi hech qachon yo’lning butun uzunligiga teng bo’lolmaydi, deb o’ylagan. Shuning uchun u harakat umuman mumkin emas, degan xulosaga keladi.
Albatta, Zenon harakat mumkin emasligining mantiqiy isboti bilan uning mumkinligini hissiy idrok etish o’rtasidagi tafovutni ko’rgan. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda ham bu ziddiyatni fan to’laligicha bartaraf eta olgan emas. Mazkur muammoning hozirgi zamon tadqiqotlarida (B.Rassel, A.Gryunbaum) bu dixotomiya differensial operasiyalar va integral operasiyalar qarama-qarshiligi asoslari to’g’risidagi muammo sifatida ta’riflanadi. Dialektika elementlari Qadimgi Hindiston va Xitoy falsafasida ham mavjud bo’lgan. Masalan, daosizm falsafasiga ko’ra, dunyoda hech narsa doimiy emas: bir xil narsalar ketadi, boshqalari keladi, birlari ravnaq topadi, boshqalari zavol topadi. Hodisalar muayyan yetuklik darajasiga yetkach, o’z ziddiga aylanadi: noto’la to’laga, egri to’g’riga, bo’sh narsa to’la narsaga aylanadi, eski yangi bilan almashadi. Falsafa tarixida Qadimgi yunon dialektikasini alohida aytib o’tmoq joiz. Geraklitning fikricha, hamma narsa mavjud va ayni vaqtda mavjud emas: hamma narsa o’tkinchi, doimo paydo bo’lish va yo’q bo’lish jarayonida bo’ladi. Masalan, uning fragmentlaridan birida bunday deyiladi: «Bizdagi ayni bir narsa – jonli va jonsiz, uyg’oq va uxloq, yosh va qari. Axir, bu o’zgargan o’shadir va aksincha, o’sha o’zgargan budir» 1 . Dialektik qarashlar Arastuda uning modda bilan shakl o’rtasidagi nisbatni ularning bir-biriga o’tish imkoniyati va sharoiti sifatida qilgan tahlilida mavjuddir. Har bir narsa boshqa narsaga: marmar haykalga, daraxt stolga aylanishi mumkin va hakozo. Dialektik g’oyalar o’rta asrlar falsafasi doirasida ham rivojlanib bordi, ayniqsa, falsafa teologiya xizmatkoriga aylantirilgan G’arbiy Yevropaga qaraganda Yaqin va O’rta Sharqda ko’proq rivojlandi. Yangi zamonda umuman XVII-XVIII asrlar falsafasida tafakkur usulini metafizik usul deb tavsiflash mumkin bo’lsada, Dekart,
Dialektika nemis klassik falsafasi doirasida va eng avvalo Xegel falsafasida kuchli rivojlandi. Agar antik dialektika aqliy farazlarga (masalan, dunyoning o’zgaruvchanligi, ziddiyatliligi to’g’risidagi g’oyalarga) asoslangan bo’lsa, Xegel dialektikasi asosan o’z zamonasining ilmiy yutuqlariga tayandi va nazariy g’oyalarning mukammal tizimi sifatida gavdalandi. Xegel eng avval dialektikaning asosiy tushunchalarini – uning kategorial apparatini ta’riflab berdi, bu apparat bugungi kunda ham muvaffaqiyatli amal qilib turibdi. Xegel dialektikasining asosiy tushunchalari va qonunlari tizimi aloqalar, o’tishlar, o’zgarishlarning turli- tumanligini va umuman rivojlanishni jarayon sifatida aks ettira olar edi. Xegel birinchi bo’lib taraqqiyotning asosiy qonunlarini: sifat va miqdor o’zgarishlarining bir-biriga o’tishi qonunini, qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi qonunini, inkorni-inkor qonunini ta’riflab berdi. Xegel dialektikaning asosiy prinsiplarini:
1 Қаранг: Материалисты Древней Греции. М., 1955, 49-б. Диалектиканинг тарихий ривожи hodisalarning universal aloqasi prinsipini, qarama-qarshiliklar birligi prinsipini, dialektik inkor orqali rivojlanish prinsipini dialektik tafakkur normasi sifatida ta’riflab berdi. K.Marks va F.Engels dialektika bilan materializmni birga qo’shib,
ijtimoiy hayot hodisalariga tatbiq etdilar. Hozirgi zamon falsafasida dialektika falsafiy bilimning muhim elementi sifatida mavjuddir. Falsafada dialektika g’oyalarini ishlab chiqishda ekzistensional dialektika va messianlik dialektikasi kabi bir qator yo’nalish-larni ko’rsatish mumkin. Eksistensial dialektika inson «Men»ining rivojlanish qonuniyatini tushunishga urinadi. Messianlik dialektikasi o’z ta’limotiga praktika tushunchasini asos qilib oladi va butun dunyoga sosiologiya kategoriyalari nuqtai-nazaridan qaraydi. XX asr dialektik falsafasining ma’lum yo’nalishlaridan biri mashhur Frankfurt maktabining namoyondalaridan biri T.Adornoning negativ dialektikasidir. Bu maktabning asosiy g’oyasiga ko’ra, rivojlanish buzishdir, hammani va hamma narsani inkor etishdir. T.Adornoning «negativ dialektikasi»ga ko’ra, qarama-qarshiliklar kurashi, miqdorning sifatga o’tishi, turli tizimlarning o’sishi va murakkablashuviga emas, balki aksincha, uning parchalanishiga, o’lishiga yo’nalgan. Adorno ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga diqqatni jalb qiladi va rivojlanishning asosi regressiv ijtimoiy o’zgarishlardir (refleksiyaning o’lishi, uning stereotip reaksiyalar, fikrlash shablonlari bilan almashinishi va hakozolardir), deb biladi. Jamiyatda bu ommaviy madaniyatning rivojlanishi va yoyilishi, insoniy munosabatlarning standartlashuvi, o’ziga xosliklarning yo’qotilishi orqali ifodalanadi. «Negativ dialektika»da inkor har qanday tushunchalar tizimidan voz kechish, qandaydir pozitiv model bo’lmagan utopiyaning konkret imkoniyatlarini deb har qanday dialektiklikni inkor etish sifatida ko’rinadi. Dialektika sohasida fransuz faylasufi G.Bashlyarning neorasionalizmi vujudga keladi. U bilish jarayonida rasionalizm bilan empirizmning doimiy (dialektik) o’zaro ta’sirini ko’rdi. Bashlyar noklassik fan tushunchasini kiritdi. Unga xos narsa, qandaydir uzil-kesil haqiqatlardan voz kechish, ochiqlik (eksperimental raddiyaga tayyorlik), yangi empirik ma’lumotlarni tushunarli umumlashtirishga sintezlashtiruvchi layoqat, bilimning turli shakllari, tuzilmalari va sohalari o’rtasidagi yangi aloqalarni topishdir. Biologik tadqiqotlar sohasida – bu Aleksanderning emerjent dialektikasi hamda R.J.Kollingvud asarlarida o’z ifodasini topgan tarixiy bilish dialektikasidir. Bilishning metodologik tamoyillari – bu har bir falsafiy nazariyaning eng umumiy, tizimiy elementlaridir. Bir tomondan, bunday tamoyillar tizimining shakllanishi bu falsafiy tafakkurning yuqori darajada rivojlanganligining ko’rsatkichidir. Chunki bunday tizim tarkibida falsafa va fan taraqqiyotida
yaratilgan bilimlar yig’iladi va sintez qilinadi. Ikkinchi tomondan falsafiy nazariyaning kvintessensiyasini, mohiyatini va eng asosiy mazmunini tashkil qiluvchi metodologik tamoyillar tizimi falsafa kelgusi rivojining sermaxsul quroli va vositasi bo’lib hizmat qiladi. Falsafiy ta’limotning metodologik tamoyillar tizimi uning yalpi boyligi va evristik ahamiyatini eng kuchli, sintetik va umumlashgan tarzda ifoda etadi. Turli falsafiy tizimlar turli falsafiy metodologik tamoyillarga asoslanadi. Biz dialektik falsafaning metodologik tamoyillarini bayon qilishga harakat qilamiz. Dialektik falsafada metodologik tamoyillar elementlari o’zaro bog’langan va o’zaro ta’sir qiluvchi birbutun izchil tizimni tashkil qiladi. Bu tamoyillar mazmuni o’zgarmas, qotib qolgan emas va falsafa, fan, amaliyot yutuqlari asosida yangilanib, boyitilib va konkretlashtirib boriladi. Asrlar mobaynida insoniyat ongida rivojlanish g’oyasi shakllanib kelgandir. Dastlab bu g’oya bir hodisaning vujudgakelishi va boshqasiga aylanishi haqidagi tasavvur shaklida uyg’ongan. Bunday aylanishni esa yopiq doira shaklida, ya’ni bir narsaning qayta ana shu narsaning o’ziga aylanishi tarzida tushunishgan. Masalan, qadimgi yunonlar dunyoda hamma narsa takrorlanadi va aylanib-aylanib ma’lum muddat o’tgach «o’zining dastlabki doirasiga» qaytib keladi, deb hisoblashgan. Dunyo mangu va yaratilmagan, u muayyan siklda takrorlanuvchan xilqatdir. Geraklit: «Dunyo yagonadir va u na biror odam, na biror xudo tomonidan yaratilmagan, u bo’lgan, bor, bo’ladi va u mangu alangalanib va so’nib turuvchi olovdan iboratdir»- deb xitob qilgan edi. Davriylik g’oyasiga qarama-qarshi ravishda o’rta asrlarda vaqtning o’z yo’nalishiga egaligi, orqaga qaytmasligi haqidagi g’oya paydo bo’ldi. Xristian falsafasida inson tarixining tug’ilishidan o’limiga tomon yo’nalganligi haqidagi g’oya shakllandi. Avreliy Avgustin odamning tug’ilishini tarixning boshlanishiga, uning o’limini esa - qiyomat kuni bilan taqqoslagan. Islom falsafasida vaqtning manguligi, uning azaliyligi va abadiyligi majmuasidan iboratligi, xudoning manguligi va azaliyligi, odamning yaratilganligi va o’tkinchiligi, ruhning odamga berilganligi va abadiyligi haqidagi g’oyalar vujudga keldi. Bu fikrlar rivojlanishini o’tmishdan kelajakka qarab yo’nalgan jarayon sifatida tushunishga turtki bergan muhim g’oyalardir. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi fikrlarni xayolimizda qayta tiklasak Koinotning rivojlanishiga berilgan birinchi turtki haqidagi R. Dekart g’oyasi, fransuz mutafakkirlari Volter va Russo tarixiy taraqqiyotni jamiyatdagi revolyusion o’zgarishlar orqali izohlashga urinishgan. Xudo amri bilan olamda ro’y beruvchi to’xtovsiz rivojlanishlar mohiyati borasida Sharq falsafasida Mirzo Bedil ta’limotida, rivojlanishning manbai, mexanizmi va yo’nalishi haqidagi nemis
klassik falsafasi namoyondalari I. Kant va G. Xegel dialektikasida qimmatli g’oyalar mavjuddir. Rivojlanishning yaxlit konsepsiyasi, eng avvalo insoniyatning tarixiy rivojlanishi haqidagi mumtoz fikrlar obyektiv idealizm nuqtai nazaridan turib Xegel falsafasida ilgari surilgan edi. Materialistik dialektika nuqtai nazaricha, butun moddiy dunyo, barcha moddiy va ma’naviy obyektlar paydo bo’lish, gullab-yashnash va yo’qolish bosqichlarini boshidan o’tkazadi, ya’ni ular beto’xtov rivojlanish holatidadir. Rivojlanish jarayonining zamirida harakat va o’zgarish yotadi. Harakat – bu ham bir o’zgarishdir. Agar harakatni umuman o’zgarish, ya’ni har qanday o’zgarish ma’nosida tushunsak, rivojlanish alohida shakldagi o’zgarishdir. Rivojlanish jarayonida obyektni tashkil etuvchi barcha elementlar o’zgarishga uchraydi. Lekin, bu elementlar bir-biriga asoslangan va bir-biriga aloqador holda, kompleks va yahlit holda o’zgaradi. Rivojlanayotgan sistema kompleks va yaxlit o’zgarishi natijasida bir miqdoriy va sifatiy holatdan boshqa o’zgargan miqdoriy va sifatiy holatga o’tadi. Shu tariqa o’zgarish sistemaning yaxlit o’zgarib ketishiga (boshqa sistemaga aylanishiga) sababchi bo’ladi, ya’ni rivojlanish – bu holatlarning aylanib turishidir. Agar biz bu jarayonni vaqtning oqishi nuqtai nazaridan izohlasak, quyidagi fikrga kelamiz: hozirgi zamon o’tgan zamonning aylangan holati, va kelgusi zamonning aylanadigan holati, kelajak esa hali aylanishga ulgurmagan hozirgi zamondir. Bundan, siklik aylangan holat rivojlanishning natijasidir, degan xulosa kelib chiqadi. Sistemaning aylanishi o’zining yo’nalishiga egadir. Sistema paydo bo’lishda, yangilanishda, gullab-yashnashda, ravnaq topishda, qarish-chirishda va halokat holatida bo’lishi mumkin. Bularning hammasi aylanish oqibatida sodir bo’ladi. Aylanishlar sistema tashkiliy holatini murakkablashtirishi, yoki aksincha soddalashtirishi mumkin. Shunga qarab sistema ravnaq sari, yoki inqiroz sari yo’naladi. Bu esa, rivojlanish – yo’nalishga ega bo’lgan o’zgarishdir, degan xulosani beradi. Dunyoda absolyut izolyasiyalangan, alohida ajratilgan, absolyut yopiq sistemaning o’zi bo’lishi mumkin emasligidan rivojlanayotgan sistema, u bilan yonma-yon yashayotgan boshqa qo’shni sistemalar bilan o’zaro aloqadorlikka kirishadi, buning oqibatida u ichki va tashqi o’zgarishlarga uchraydi. Bu o’zgarishlar mazkur sistemaning erkinlik darajasining (ichki va tashqi aloqalarning) kuchayishiga (progressiv rivojlanishda) yoki susayishiga (regressiv rivojlanishda) olib boradi. Bunday ichki va tashqi aloqadorliklar oqibatida rivojlanayotgan sistema har tomonlama o’zgarishga uchraydi. Bunday xilma-xil o’zgarishlar esa orqaga qaytmaslik xususiyatiga egadir. Bundan, rivojlanish – orqaga qaytmas jarayonlar, degan xulosa kelib chiqadi. Rivojlanish jarayonida sistemaning yangi holati uning ilgarigi (eski) holatini inkor etish natijasida paydo bo’ladi. Rivojlanayotgan sistemaning hozirgi holati uning o’tmishdagi holatini inkor etish evaziga vujudga keladi. Sistemaning ilgarigi va keyingi holatlarini taqqoslash natijasida biluvchi subyekt rivojlanishning sur’ati (tempi)ni va yo’nalishini aniqlashi mumkin. Agar rivojlanuvchi sistema nisbatan kam tashkillashgan holatdan yuqoriroq darajada tashkillashgan holatga o’tgan bo’lsa, bunday sistemadagi rivojlanish progressiv yo’nalishga ega bo’ladi, agar sistema nisbatan yuqori darajada tashkillashgan holatdan pastroq darajadagi tashkillashgan holatga o’tsa, rivojlanish regressiv yo’nalishda borayotgan bo’ladi. Agar rivojlanish natijasida sistemaning tashkillashgan holati o’zgarishsiz qolsa, bunday rivojlanish bir tekisdagi rivojlanish deyiladi. Bunday holatlarda sistemaning murakkablik va tashkillashish darajasi ilgarigidek qolgani bilan, uning elementlari o’rtasidagi va uning boshqa sistemalar orasidagi o’rni o’zgaradi, bunday o’zgarishlar u bilan yonma-yon yashayotgan yoki unga nisbatan kengroq bo’lgan boshqa sistemalarda progressiv yoki regressiv rivojlanishlar sodir bo’lishga zamin yaratadi. Rivojlanish jarayonida sistemadagi o’zgarishlarning bunday xususiyatlardan kelib chiqib rivojlanishga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Rivojlanish sistemaning shunday yaxlit, kompleks, yo’nalishga ega bo’lgan, orqaga qaytmaydigan fazo-vaqt strukturasi o’zgarishiki, uning natijasida sistema bir miqdoriy va sifatiy holatdan boshqa miqdoriy va sifatiy holatga o’tadi. Bu prinsipga ko’ra, obyektni bilish davomida bizning shu obyekt haqidagi subyektiv fikrlarimizga emas, balki uning o’z tabiatiga asoslanmoq, predmet haqidagi fikrni predmetning o’ziga bo’ysundirmoq, obyektga o’ylab chiqarilgan sxema va tuzilmalarni yopishtirmaslik, balki ularni obyektining xususiyatlari, qirralari va tomonlaridan chiqarmoq kerak. Obyektni tadqiq etish jarayonida bu o’ta muhim metodologik prinsipning buzilishi bizni soxta xulosalarga, haqiqiy ahvolning ixtiyoriy yoki g’ayriixtiyoriy ravishda buzib ko’rsatilishiga olib keladi, bu xol amalda obyektni o’rganayotgan subyektning (odam, kishilar guruhi yoki butun jamiyatning) shu obyektni bilish va ijodiy o’zlashtirishiga to’sqinlik qiladi. Bilish subyekti shu prinsipga asoslanib, obyektning xususiyatlari, o’ziga xos alomatlari va aloqalarini, mavjud bo’lish va o’zgarish qonunlarini hisobga olmog’i kerak. Faqat shundagina subyektga tadqiqot obyektining botiniy tabiati, chin mohiyati namoyon bo’ladi. Obyektni har tomonlama chuqur qarab chiqmoq uchun uni mushohada qilishning o’zi yetarli emas. Obyektning bizga ma’lum bo’lmagan barcha yangidan-yangi xossalarini ochish uchun unga faollik bilan, muayyan maqsadni ko’zlab ta’sir ko’rsatmoq, uni o’z tabiati uchun g’ayritabiiy bo’lgan turli, ko’pincha ekstremal sharoitga qo’ymoq, boshqa omillar bilan o’zaro ta’sir o’tkazishga majbur etmoq zarur.
Bilishning vazifasi – tashqini ichkiga, hodisani mohiyatga keltirishdan, obyektning xossalari va aloqalarini ichki sabablar bilan, shu obyektni tashkil etgan elementlarning o’zaro ta’siri bilan, unga xos qonunlar bilan izohlashdan iborat. Bu prinsip shuningdek o’qishga, ta’lim va tarbiyaga ham bevosita taalluqlidir, u bilimni kishilarning qat’iy e’tiqodiga, hayotiy pozisiyasiga, ularning hayoti va faoliyati prinsiplariga aylantirmog’i lozim. Olim, ijodkor shaxs obyektning xossalari va aloqalarini o’rganishda faol bo’lishi, bir qolipda ish ko’rmasligi, obyektni o’rganish vaqtida olgan bilimi, ishonchli va haqiqiy axborotni amalda faol qo’llay bilishi zarur. Har qanday predmet yoki hodisa mavjudligining zarur sharti – ularning boshqa narsalar, hodisalar, jarayonlar bilan turli-tuman aloqalaridir, ularning bir-biri bilan aloqalari tizimidir. Hartomonlamalik prinsipiga ko’ra, narsa o’zining mavjudligi uchun zarur va yetarli sharoitlardan ayrim holda emas, balki ular bilan o’zaro aloqada tahlil qilinmog’i, o’rganilmog’i kerak, chunki narsada namoyon bo’ladigan xossalar, bu – uning boshqa narsalar bilan o’zaro ta’siri natijasidir, qaror topgan aloqalar oqibatidir. Hartomonlamala yondashuv narsani boshqa narsalar va hodisalar bilan uzviy aloqada qarab chiqishga imkon beradi. Hartomonlama qarab chiqish prinsipi amaliyotda ham, turli rejalar, loyihalar va takliflarni ishlab chiqishda ham muhim rol o’ynaydi. U bu loyihalar va rejalarni chuqurroq, to’laroq o’rganib chiqishga, ularning zaif va kuchli tomonlarini, shuningdek ularning amalga oshirilishidan kelib chiqishi mumkin bo’lgan ijobiy yoki salbiy oqibatlarni ko’rishga imkon beradi. Obyektni hartomonlama qarab chiqish prinsipi bilish jarayoni davomida bizni eklektika va sofistikadan saqlaydi. Eklektika mutlaqo boshqa-boshqa hodisalar va narsalarni mexanik tarzda, tushunmay-netmay bir-biriga qo’shib qorishtirib yuborishdir, sofistika esa, aksincha, real va konkret aloqalarning turli-tumanligini, rivojlanayotgan voqyelikning konkret sharoitlarini, uning mazmunini e’tiborga olmaydi, umumiy aloqadagi u yoki bu juz’iy, alohida narsani subyektiv tarzda yulib olib absolyutlashtiradi va uni asosiy, muhim, zarur narsa deb ko’rsatadi. Hartomonlamalik prinsipi bilish subyektini bunday xato va yanglishuvlardan ehtiyot qiladi. Filosofiyaning bu prinsipi kurshab turgan dunyoning turli-tuman jarayonlari va hodisalari majmuasida sabab va oqibatlarning o’zaro bog’liqligini ochib beradi. Bu prinsip umumiy aloqadagi obyektiv asimmetriyani – ta’sir harakatining uni keltirib chiqaruvchi sababdan uning oqibati tomon yo’nalishini ifodalaydi. Shu nuqtai nazardan barcha kategoriyalar va qonunlarning jami bir bo’lib determinizm prinsipining mazmunini ochib beradi. Determinizm prinsipi – bu falsafiy tadqiqot
Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling