6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja
Element –(lot. elementum – birlamchi modda) –
Download 1,19 Mb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu lotin1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabab va oqibat.
- Sabab va oqibat dialektikasi
- Bahona va shart.
- Sinergetika sababiyat haqida.
- Sabab va oqibat o’rtasida murakkab dialektik o’zaro aloqasi quyidagilarda namoyon bo’ladi
- Zaruriyat va tasodif
- Zaruriyat va tasodif dialektik aloqadorligi quyidagilarda namoyon bo’ladi
Element –(lot. elementum – birlamchi modda) – butunning nisbatan bo’linmas qismi. Qism tushunchasi o’z hajmiga ko’ra «element» tushunchasidan kengroq, chunki bu har qanday qism emas, balki nisbatan bo’linmas qism. Bunda «qism» butun tushunchasi bilan, «element» esa – struktura tushunchasi bilan munosabatga kirishadi.
Xususan, modda atomlardan tashkil topadi va atomlar moddaning elementlari hisoblanadi. Ammo bizga ma’lumki, atom parchalanadi. Nima uchun biz elementar zarralarni moddaning elementlari deb hisoblamaymiz? Shuning uchunki, elementar zarralar moddaning emas, balki turli-tuman maydonlarning elementlari hisoblanadi. Struktura (lot. struktura – tuzilish, joylashuv, tartib) tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizim elementlari o’rtasidagi barqaror o’zaro aloqalarning birligi. Struktura narsalar va hodisalarning tarkibiy qismlari o’rtasidagi qonuniy aloqa usuli. Sabab va oqibat. Qanday voqyea yuz bermasin, barchasining o’z sababi bor. To’g’ri olingan yo’l yo’lovchini tekisliklar orqali mo’ljallangan manzilga olib keladi, xato va beparvolik uni sahroga olib boradi va halokatga giriftor etadi. Hodisalarning umumiy o’zaro bog’liqligi va bir-birini taqozo etishi g’oyasi determinizm tamoyilida o’z aksini topadi. Bu tamoyilga binoan tabiatda hamma narsa sababning hukmiga bo’ysunadi. Sabab tushunchasi insonga uning rivojlanishi dastlabki bosqichlaridayoq ma’lum bo’lgan. Tabiiy hodisalarning kelib chiqishini tushuntiruvchi sabablarni aniqlashga bo’lgan ilk urinishlarga mifologiyada, so’ngra dinda duch kelish mumkin. Keyinchalik sabablarning falsafiy va ilmiy izohi yuzaga keladi. Sabab (lot. causa – sabab) shunday bir hodisaki, u boshqa bir hodisaning oqibatini bevosita belgilaydi, yuzaga keltiradi. Sababiyat mohiyatini bir hodisaning boshqa hodisani yuzaga keltirishi, sababning oqibatni yaratishi tashkil etadi. Oddiy ong sababiyat jarayonini soddalashtiradi: sabab faol tomon, oqibat – passiv tomon sifatida tasavvur qilinadi, sabab oqibatdan oldin keladi. D.Yum bunday tasavvurlarni tanqid qilar ekan, - u sabablar mavjudligiga shubha qiladi, aniqrog’i buni inkor etadi: «Bir hodisa ayrim holda boshqa hodisadan oldin kelishidan ularning biri – sabab, ikkinchisi – harakat degan xulosa chiqarish aqlga muvofiq emas. Ularning birikuvi tasodifiy bo’lishi mumkin, balki bir hodisa yuz berganida boshqa bir hodisaning mavjudligi haqida xulosa chiqarish uchun hech qanday asos yo’qdir. Shunga qaramay... insonni bunday xulosa chiqarishga majbur qiluvchi qandaydir tamoyil mavjud. Bu tamoyil odatdir...” 7 , deb qayd etadi. Sabablar mavjudligining inkorini Yum shu bilan tushuntiradiki, sababning oqibatni yuzaga keltirish jarayonini biz bevosita kuzata olmaymiz. Sabab haqida biz yuz bergan oqibatga qarab xulosa chiqaramiz, ammo bu voqyea chindan ham ayrim sababning
7 Қаранг: Юм Д. Соч.: в 2 т. Т. 2– М.: 1965-1966.. –С. 44-46. oqibatimi, degan savolga biz aniq javob bera olmaymiz, chunki sabab-oqibat aloqasi mavjudligini biz sinov yo’li bilan hech qachon tasdiqlay olmaymiz 8 .
Hozirgi zamon fani sabab obyektlar o’rtasidagi o’zaro aloqa bo’lib, uning oqibatida o’zaro aloqaga kirishgan obyektlarning ikkalasi ham o’zgarishini aniqlash imkonini beradi. Masalan, Yerga yirik meteoritlar tushishiga ulkan ekologik falokatlar sabab bo’lgan. Bir qarashda Yer jabrlangan passiv tomon, meteorit esa – faol tomon bo’lgan. Amalda klassik mexanika qonunlariga muvofiq Yer va meteoritning to’qnashuvi yuz bergan. Buning oqibatida ikkala jismda tegishli deformasiyalar yuzaga kelgan. Amaliyot har qanday hodisaning vujudga kelishi biron-bir omil yoki omillar bilan belgilanishini ko’rsatadi. Yuz berishi yangi hodisa vujudga kelishiga olib keluvchi hodisa sabab deb ataladi. Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi. Dunyoda barcha hodisalar, o’zgarishlar, jarayonlar muqarrar tarzda muayyan sabablar tufayli yuz beradi. Dunyoda sababsiz hodisalar yo’q va bo’lishi mumkin ham emas.
odamlar o’z kasalligi yoki qariligini qayg’u-hasrat, muvaffaqiyatsizliklar, og’ir ish va hokazolar bilan tushuntirishga moyildirlar. Amalda qarilik yoki o’limni yengishga hali hech kim muvaffaq bo’lmagan, chunki qarilik ham, o’lim ham ichki sabablar bilan izohlanadi. Shu sababli ba’zilar og’ir ish bilan shug’ullanib ham uzoq vaqt yosh va sog’lom bo’lib qoladi, ayrim takasaltanglar esa juda tez qariydi. Tashqi sabablar turli obyektlar o’zaro aloqasining mahsulidir. Sabab va oqibat munosabatlarini orqaga qaytarib bo’lmaydi. Sabab va oqibatning sof chiziqli jarayon sifatidagi mexanistik talqini muqarrar tarzda sabab va oqibatni orqaga qaytarish mumkin, degan xulosaga olib keladi. Masalan, Oy qarama-qarshi yo’nalishda aylana boshlasa, u dastlabki holatga kelgan bo’lar edi. Ammo bu faraz zamirida soxta asoslar yotadi: u sabab-oqibat munosabatlariga tasodifiy omillar to’plami kuchli ta’sir ko’rsatishini hisobga olmaydi. Dastlabki holatga qaytish – bu mazkur omillar to’plamini amalda mujassamlashtirish demakdir. Vaholanki, ularning hammasini amalda mujassamlashtirish mumkin emas, demak, dastlabki holatga qaytish mumkin emas.
8 Юм Д. Соч.: в 2 т. . Т. 2. – М.: 1965-1966–С. 46. Sabablar va oqibatlarning munosabatlari murakkab va rang-barangdir. Bir sabab ko’plab oqibatlarga sabab bo’lishi va, aksincha, bir oqibat zamirida ko’p sonli sabablar yotishi mumkin. Ayrim sabablar cheksiz oqibatlar zanjirining ilk
ya’ni ikki yoki undan ortiq oqibatni yuzaga keltirishi, ular esa, o’z navbatida, ikki yoki undan ortiq oqibatga sabab bo’lishi mumkin. Bahona va shart. Sabab, bahona va shartni farqlash lozim. Bahonani subyektiv sabablar qatoriga kiritish mumkin. Bunda voqyea yoki sherikning harakati o’zining, odatda, noto’g’ri javob harakatlarini oqlash maqsadida talqin qilinadi va baholanadi. Shartlar-amaldagi yoki ehtimol tutilgan sababning mavjudlik muhitini tashkil etadigan ichki omillar va tashqi munosabatlar majmuidir. Sinergetika muhitga yagona negiz, bo’lg’usi tuzilmaning rang-barang shakllari manbai, rivojlanishning turli yo’llari uchun maydon sifatida qaraydi. Sabab-oqibat munosabatlari tizimida shartlarning amaldagi ahamiyatini tushunish uchun quyidagi misolni ko’rib chiqamiz. Fuqaro A. xotini suzishni bilmasligidan xabardor bo’lgani holda, undan qutulish uchun uni dengiz bo’ylab sayohatga yuboradi. Oqibatda xotini suvga cho’kib o’ladi. Erning harakatlari xotin o’limining sababi hisoblanadimi? Bu misol shartlar o’z holicha oqibat sababi bo’la olmasligini, lekin sababning amalga oshishiga ko’maklashadigan yoki monelik qiladigan omil hisoblanishini ko’rsatadi.
evolyusiya jarayonini boshdan kechirdi. Mexanistik yondashuv sababni sirtdan ko’rsatilgan ta’sir sifatida talqin qiladi. Dunyo jismlarning tartibga solingan, oldindan aytish mumkin bo’lgan aniq o’zaro aloqasi sifatida tasavvur qilinadi. Tasodifning mavjudligi rad etiladi. Sababiyat zanjirlari chiziqli xususiyat kasb etadi, oqibat sabab ta’siriga proporsional bo’ladi. Binobarin, sababiyat zanjirlariga qarab rivojlanish jarayonining o’tmishini ham, kelajagini ham aniqlash mumkin. Ammo ilmiy bilimning rivojlanishi mexanistik determinizmning asossizligini namoyish etadi. Sinergetika yo’nalishi asoschilaridan biri I.R.Prigojin mexanistik determinizmga shunday baho beradi: «Dinamika rasionalistik modelining mahsuli sifatida tushunilgan determinizm endilikda ayrim hollardagina namoyon bo’luvchi xossa bilan bog’lanadi» 9 , deb baho beradi. Fan rivojlanishi bilan sabab-oqibat aloqalarining statistik qonuniyatlari va ehtimoliy tabiati haqidagi tasavvur yuzaga keladi. Murakkab tizimlarning o’z- o’zini tashkil etishi haqidagi fan – sinergetika determinizm talqiniga ma’lum aniqliklar kiritdi. Bir qator ilmiy dalillar olimlar har qanday tabiiy hodisalar stoxastik xususiyatga ega va muayyan noaniqlik sharoitida yuz beradi, degan xulosa chiqarishiga olib keldi. Murakkab tizimlar uchun, odatda, rivojlanishning
9 Пригожин И. Некоторқе проблемқ саморазвивающих систем // Вопросқ философии. 1989. №8. – С4 bir necha muqobil yo’llari mavjud bo’ladi. Sinergetika sabab-oqibat aloqalari nomutanosib tizimlarda namoyon bo’lishining o’ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Bu tizimlarning rivojlanishi ko’p variantlidir. Bunda evolyusiyaning har qanday turi emas, balki yo’llarning muayyan doirasi mavjud bo’lishi mumkin. Rivojlanishda kutilmagan burilishlar yuz berish ehtimoli mavjud, chunki u tasodifiy aloqalar orqali sodir bo’ladi. Nomutanosib tizimlar tashqi omillarga o’ta ta’sirchandir. Shu bois intensivlik darajasiga ko’ra ahamiyatsiz bo’lgan ta’sirlar ham kutilmagan natijalarga olib keladigan shikastli oqibatlar sababi bo’lishi mumkin.
1) sabab vaqtda oqibatdan oldin keladi. Oqibat sababdan oldinroq yuz bermaydi. Ammo bu biri ikkinchisidan oldin keladigan har qanday hodisa u bilan sababiy bog’lanishda bo’ladi, degani emas. Masalan, tun tongdan oldin keladi, lekin u tongning sababi hisoblanmaydi; 2) sabab muayyan sharoitda albatta oqibatni vujudga keltiradi. Sabab va oqibat shu darajada bog’liqki, agar sabab yuz bersa va yetarli sharoit mavjud bo’lsa, muqarrar tarzda oqibat ham yuz beradi; 3) sabab va oqibat bir-biri bilan o’zaro ta’sirga kirishadi. Bu o’zaro ta’sirlanish jarayonida sababgina emas, balki oqibat ham faol bo’ladi. U sababga aks ta’sir ko’rsatadi. Misol uchun, g’oyalar borliqni aks ettiradi, lekin, vujudga kelgach, ijtimoiy borliqning o’zgarishiga kishilarning amaliy faoliyati orqali faol ta’sir ko’rsatadi; 4) ayni bir hodisa bir munosabatda sabab sifatida, boshqa bir munosabatda – oqibat sifatida amal qiladi. Aytaylik, yomg’ir – muayyan ob-havo sharoitlarining oqibati, lekin uning o’zi yaxshi hosildorlik sababiga aylanadi; hosildorlik esa davlatning iqtisodiy qudratini mustahkamlash omili bo’lib xizmat qiladi. Shu tariqa hodisalar o’rtasida sababiy bog’lanish vujudga keladi. Ammo biz faqat ikkita alohida-alohida hodisani ko’rib chiqqanimizda, ular o’rin almashishi mumkin emas;
5) sabab va oqibatning o’zaro ta’siriga tegishli sharoitlar ta’sir ko’rsatadi. Sharoitlar – bu shunday bir hodisalarki, ular mazkur voqyea yuz berishi uchun zarur, lekin o’z holicha ular bu voqyeani oldindan belgilamaydi. Oqibat yuz berishiga qulaylik yaratuvchi sharoitlar ham, sababning ta’sirini qaytaruvchi sharoitlar ham bo’lishi mumkin. Ayni bir sabab muayyan sharoitlarda turli shakldagi oqibatlar yuz berishiga olib keladi; 6) sababni bahona bilan ayniylashtirmaslik kerak. Bahona – bu boshqa
lekin uni vujudga keltirmaydigan va oldindan belgilamaydigan voqyea. Bahona harakatni yaratmaydi, balki unga turtki beradi. Sababiy bog’lanish tushunchasi muhim metodologik funksiyani bajaradi. Muayyan oqibatning yuz berish sabablari va sharoitlarini bilgan holda, inson nafaqat uning yuz berishini bashorat qiladi, balki zarur oqibatni yaratadi. Bu insonga o’tmishni bilish va kelajakka nazar tashlash imkonini beradi.
bilan har xil tipdagi aloqalarini aks ettiradi. Zaruriyat va tasodif tushunchalari qadim zamonlardan beri faylasuflar e’tiborini o’ziga tortib keladi. Vaqt o’tishi bilan ularning talqini o’zgargan, ayrim faylasuflar tabiatda tasodifning mavjudligini istisno etgan bo’lsa, ayrimlar uni mutlaqlashtirgan. Masalan, sinergetikada tasodif tushunchasi va uning o’ta murakkab tizimlar o’z-o’zini tashkil etishidagi roli alohida, hatto ancha muhim ahamiyat kasb etadi. Zaruriyat va tasodif kategoriyalari bir qator ilmiy yo’nalishlar: biologiya, tibbiyot, huquqshunoslik, tarix va hokazolarda muhim metodologik ahamiyatga egadir. Odamlar amaliy faoliyatida tasodif omili zaruriyatdan kamroq ahamiyat kasb etmaydi. Ammo ularning dialektikasini, qarama-qarshilikka asoslangan birligini tushunish ayniqsa muhimdir. Zaruriyat- bu hodisalar o’rtasidagi ularning qonuniy o’zgarishi va rivojlanishini belgilovchi barqaror, muhim ichki aloqalar. Zaruriyat qonun tushunchasiga yaqin turadi, muqarrar tarzda namoyon bo’ladi. Masalan, nosoz tormoz muqarrar tarzda avtomobil halokatiga, uning yo yaqinroqdagi narsalar, yo harakatlanayotgan boshqa avtomobillar bilan to’qnashuviga olib keladi yoki u piyodani urib ketishiga sabab bo’ladi. Halokat aynan qanday yuz berishi, undan
jismlarning bir-biriga ularning massasiga to’g’ri proporsional va ular o’rtasidagi masofaga teskari proporsional bo’lgan kuch bilan tortishishi zaruriyat hisoblanadi. Bu tashqi zaruriyatdir. Tasodif ham ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Masalan, tirik organizmlarning mutasiyalari tasodifiy xususiyat kasb etadi, ammo ular ichki hodisa hisoblanadi, chunki butun organizmni qayta qurish bilan bog’liq. Xo’sh, bu holda zaruriyat va tasodifni bir-biridan qanday farqlash mumkin? Zaruriyat hodisaning, jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi va mazkur sharoitda muqarrar tarzda yuz beradi. Masalan, har qanday tirik organizmning
o’limi muqarrardir, chunki u mazkur organizmning tabiati hamda unda yuz beruvchi ichki jarayonlar bilan belgilanadi. Ammo dunyoda hamma narsa zaruriyat sifatida paydo bo’ladimi? Yo’q, dunyoda tasodifiy voqyealar, hodisalar ham bor. Tasodif – obyektlarning vujudga kelishi yoki mavjudligining muammoliligini yoki muqarrar emasligini belgilovchi kategoriya; soddaroq qilib aytganda muayyan sharoitda bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin bo’lgan narsa tasodifiy hisoblanadi. Tasodif voqyelikning asosan tashqi sharoitlar, yuzaki, beqaror aloqalar va mazkur hodisa uchun ikkinchi darajali omillar ta’sirida paydo bo’luvchi holatlarini aks ettiradi. Tasodif zamirida narsaning mohiyati emas, balki unga boshqa narsalar va hodisalarning ta’siri yotadi. Tasodif yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo’lgan narsa sifatida ta’riflanadi. Narsalar mavjudligining zaruriyligi yoki tasodifiyligi muammosi xususida ikki nuqtai nazar mavjud. Ularning biri zaruriyatni mutlaqlashtiradi: dunyoda hech qanday tasodif yo’q, hamma narsa muqarrar tarzda yuz beradi. Bu nuqtai nazar tasodifni rad etib, fatalizmga yo’l ochadi. Fatalizm – taqdirga, hamma narsa
ahamiyatini oshirib ko’rsatadi. Bu yerda, aksincha, voqyelikdan har qanday ichki bog’lanishlar, narsalarning obyektiv belgilanganligi chiqarib tashlanadi: dunyoda faqat tasodif hukm suradi. Ilmiy dunyoqarash birinchi nuqtai nazarni ham, ikkinchi nuqtai nazarni ham tan olmaydi. Zaruriyat va tasodif alohida-alohida mavjud bo’lmaydi. Ularning o’zaro aloqasi shundan iboratki, tasodif zaruriyatning namoyon bo’lish shakli sifatida va uning to’ldiruvchisi sifatida amal qiladi. Masalan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar zaruriy xususiyat kasb etadi. Ularda bu islohotlarni yo’lga soluvchi muayyan siyosiy arboblar tasodifiy element hisoblanadi. Zaruriyat va tasodif dialektikasi ikki muhim jihatni nazarda tutadi. Birinchidan, tasodif rivojlanish jarayonida zaruriyatga aylanishi mumkin (u yoki bu biologik turning qonuniy belgilari avval tasodifiy og’ishlar sifatida paydo bo’ladi va to’planib boradi, so’ngra ularning asosida tirik organizmning zaruriy sifatlari shakllanadi). Ikkinchidan, zaruriyat son-sanoqsiz tasodiflar orqali o’ziga yo’l ochadi. Masalan, jamiyatning rivojlanishi turli maqsadlarni ko’zlovchi, fe’l-atvori har xil bo’lgan kishilar faoliyati bilan belgilanadi. Bu maqsadlar va intilishlarning bog’lanishi, chatishuvi va to’qnashuvi pirovard natijada rivojlanishning zaruriy, muqarrar xususiyatga ega bo’lgan muayyan yo’nalishiga olib keladi. Dialektikaning barcha qonunlari va kategoriyalari kabi, zaruriyat va tasodif obyektiv voqyelikni bilishning tayanch nuqtalari hisoblanadi. Bu kategoriyalarning funksiyalari teng qimmatga ega emas. Bilishda tasodif doim boshlang’ich instansiya sifatida, zaruriyat – maqsad sifatida amal qiladi. Bilish faoliyati
tasodifdan zaruriyat sari yuksalish tarzida yuz beradi. Zaruriyat va tasodif tushunchalariga ta’rif berishda odatda imkoniyat kategoriyalariga tayanadilar. Shu sababli u yuz berishi yoki yuz bermasligi mumkin. Zaruriyat va tasodifning qarama-qarshiligi – ichki va tashqi narsalar qarama-qarshiligidir. Tasodif – tashqi omillar bilan belgilanadigan aloqa tipidir.
Ichki va tashqi narsalar tushunchalari nisbatdosh ekanligini e’tiborga olish muhimdir. Bir jihatdan ichki bo’lgan narsa boshqa bir jihatdan tashqi xususiyat kasb etadi. Masalan, sayyoralarning Quyosh tizimsi orbitalari bo’ylab harakati bu sayyoralarni o’zaro bog’lovchi va ular aylanayotgan orbitalar shaklini belgilovchi ichki munosabatlar bilan belgilanadi. Quyosh tizimsiga nisbatan boshqa kosmik obyektlar tashqi muhitni tashkil etadi. Ammo Quyosh tizimsi galaktika elementi bo’lib, yulduzlararo makonda muayyan o’rin egallaydi. Shu sababli ayni shu obyektlar Quyosh tizimsi sayyoralari evolyusiyasining ham, ularga yaqin kosmik jismlar evolyusiyasining ham ichki manbai hisoblanadi. Shu boisdan zaruriyat va tasodif tushunchalari ham nisbatdoshdir: bir jihatdan tasodifiy bo’lgan narsa boshqa bir jihatdan zaruriy hisoblanadi. Zaruriyat va tasodif qarama-qarshiliklar bo’lsa-da, lekin ular birdir. Har qanday hodisa ichki zaruriyat tufayli yuz beradi, ammo uning yuz berishi ko’p sonli tashqi omillar bilan bog’liq bo’lgani bois, zaruriyatni tasodif muqarrar tarzda to’ldiradi. Bu zaruriyat ham, tasodif ham sof holda mavjud bo’lmasligini anglatadi. Tasodif – zaruriyatning namoyon bo’lish shaklidir. Zaruriyat, sabab, qonunni kashf etish – ahamiyatsiz, tasodifiy narsalarni mavhumlashtirish demakdir. Bir qarashda zaruriyat sababiyatga zid bo’lib tuyuladi. Bu ziddiyat yo tasodifiy hodisa sababga ega emasligi bilan, yo tasodifiy hodisalar umuman bo’lmasligi bilan izohlanishi mumkin. Amalda har qanday, shu jumladan tasodifiy hodisa ham muayyan sababga ega bo’ladi. XVII-XVIII asrlarda zaruriyat va tasodif talqinida tabiatda tasodif mavjud emas, degan tasavvur hukm surgan. Ingliz faylasufi T.Gobbs: «Ertaga yog’adigan yomg’ir zarur, ya’ni zaruriy sabablar bilan belgilangan; lekin biz unga tasodifiy deb qaraymiz va uni shunday ataymiz, zero amalda mavjud sabablarni hali bilmaymiz. Umuman olganda, zaruriy sababini biz ko’ra olmaydigan narsa tasodifiy deb ataladi» 10 , deb qayd etgan. Shunga o’xshash fikrni Golbax ham ilgari suradi: «Tabiatda biron-bir hodisa tasodifan yuz berishi mumkin emas; hamma narsa muayyan qonunlarga bo’ysunadi; bu qonunlar faqat muayyan oqibatlarning sabablar bilan zaruriy aloqasi hisoblanadi. Atomlarning tasodifiy birikishi haqida gapirish yoki ayrim oqibatlarni tasodif bilan bog’lash jismlarning harakatlanishi, uchrashishi, birikishi yoki ajralishi qonunlarini
10 Гоббс Т. О теле // Избр. произв.: в 2 т. Т. 1. -М.: – С.158 - 159. bilmaslikni tan olish demakdir» 11 . Ko’rib turganimizdek, tasodif sababi noma’lum bo’lgan zaruriyat sifatida talqin qilingan. Sababi aniqlangani zahoti tasodif zaruriyat sifatida namoyon bo’ladi. Bu – mexanistik materializm talqini. Tasodif ilmiy nazariyalardan quvg’in qilingan, u ikkinchi darajali, yordamchi, ahamiyatsiz omil deb hisoblangan. Tasodifning inkor etilishidan dunyoda hamma narsa zarur, degan xulosa kelib chiqadi. Mazkur yondashuvning tadrijiy oqibati o’laroq fatalizm yuzaga keladi: ya’ni ilgari ta’kidlanganideknimaiki yuz bermasin, hatto ahamiyatsiz voqyealar ham zarur, muqarrar bo’lib, sabab-oqibat aloqalarining cheksiz zanjiridagi ajralmas bo’g’in hisoblanadi. Fatalistik tasavvur har qanday voqyeani muqarrar deb biladi. XIX asr boshidagina zaruriyat va tasodifning aloqasi Gegel dialektikasida ko’rsatib berildi.
Download 1,19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling