6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu lotin1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imkoniyatlarning turlari
- Xulosalar.
- Takrorlash uchun savollar
Imkoniyat va voqyelik. Imkoniyat va voqyelik kategoriyalarida borliqning o’zgaruvchanligi, dinamikasi, uning o’zgarish tendensiyalari o’z aksini topadi. Imkoniyat rivojlanishning obyektiv tendensiyalarini aks ettiradi, u qonuniyat, zaruriyatga, o’zgarayotgan narsaning muhim tomonlariga muvofiq yuzaga keladi. Imkoniyat-narsaning tugallanmagan, potensial rivojlanishidagi obyektiv mavjud bo’lgan va ichdan belgilangan holatini aks ettiruvchi falsafiy tushuncha. Har bir vaziyatda imkoniyatlarning muayyan to’plami mavjud bo’lib, ulardan biri amalga oshgani boshqalari chetda qolganini anglatadi. Imkoniyatlarning «kurashi» va amalga oshish xususiyatiga ichdan zarur tendensiyalarga nisbatan tasodifiy hisoblangan sharoitlar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shu sababli voqyelik doim ichki va tashqi, mohiyat va hodisa, zaruriyat va tasodifning dialektik birligidan iborat bo’ladi. Ijtimoiy rivojlanish va tabiatning o’zgarishi sohasida imkoniyatning voqyelikka aylanishi kishilarning ongli yo’l tanlashi va faoliyati bilan tartibga solinadi. Ammo imkoniyat qanday obyektiv asoslarga ega bo’lsa, imkonsizlik ham shunday obyektiv asoslarga egadir. Imkonsizlik – ikoniyatga zid tushuncha. Imkonsizlik tushunchasi ikki xil ma’no kasb etadi. Birinchisi – predmetning tabiatiga mos kelmaydigan narsa bo’lishi mumkin emas. Masalan, arpa urug’idan bodring yetishtirish mumkin emas. Imkonsizlik tushunchasining boshqa bir ma’nosi imkoniyat va zaruriyat kategoriyalarining munosabatlari bilan bog’liq. Zaruriyat va imkoniyat – bir zanjir bo’g’inlari: rivojlanayotgan predmet zaruriyati uning boshqa bir holati bo’lishi mumkinligini belgilaydi. Ammo predmetning rivojlanishida, odatda, ko’p sonli muqobil imkoniyatlar mavjud bo’lgani bois, ulardan birini tanlash zaruriy hisoblanmaydi. Bir imkoniyatning ro’yobga chiqishi qolgan imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish imkonini bermaydi. Tuzatib bo’lmaydigan oqibatlarga olib kelgan qabul qilgan qarori, o’ylamasdan sodir etgan qilmishidan afsus chekmagan odam topilmasa kerak. Ba’zan imkonsizlik boy
11 Гольбах. Здравқй смқсл // Избр. антирелигиознқе произведения: в 2 т. Т. 1. -М.: –С. 35. berilgan imkoniyat tarzida mavjud bo’ladi. Bu holda imkoniyat imkonsiz bo’lmagan narsa sifatida va ayni vaqtda zarur bo’lmagan narsa sifatida namoyon bo’ladi.
Voqyelik tushunchasi ikki ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, voqyelik – bu mavjud borliq, biz yashayotgan dunyo, uning ongimizdagi in’ikosidir. Voqyelik tushunchasi ayrim predmetning borlig’iga ham tegishlidir. Bu ma’noda u obyektning holatini tavsiflovchi mazkur lahzadir. Ikkinchidan, voqyelik ro’yobga chiqqan imkoniyat sifatida tavsiflanadi. Bu ma’noda voqyelik tushunchasi imkoniyat kategoriyasining nisbatdoshi hisoblanadi. Ular bir-biriga o’tuvchi qarama-qarshiliklardir. Imkoniyat potensial, voqyelik esa aktualdir. Imkoniyat – mavxum va mazmun jihatidan qashshoq tushuncha. Voqyelik – muayyan va mazmunan boy tushuncha, chunki u ko’p sonli xossalar, individual betakror jihatlarni o’z ichiga oladi. Har bir predmet ko’p sonli aloqalar yuzaga kelishiga zamin yaratuvchi muayyan muhitda mavjud bo’ladi. Shu sababli muhim yoki ikkinchi darajali, tasodifiy yoki zaruriy bo’lishi mumkin bo’lgan ko’p sonli imkoniyatlar mavjuddir. Imkoniyatning ro’yobga chiqishida ichki va zaruriy aloqalar muhim rol o’ynaydi, ammo uning ro’yobga chiqish shartlari, garchi ular tasodifiy xususiyatga ega bo’lsa-da, rivojlanish jarayoniga sezilarli darajada, ba’zan hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Ayni shu sababli voqyelik ham zaruriy va tasodifiyning birligi hisoblanadi.
mavxum va muayyan imkoniyatlar farqlanadi. Real imkoniyat imkoniyatni voqyelikka aylantirishi mumkin bo’lgan shart-sharoitlar mavjudligini anglatadi. Rivojlanishning tasodifiy omillari mahsuli yoki amalga oshish ehtimoli past, aniqroq aytganda nolga yaqin bo’lgan imkoniyat formal hisoblanadi. Bunday imkoniyatga tabiiy va ijtimoiy rivojlanish qonunlari yo’l qo’yadi. Shu ma’noda u tabiiy va ijtimoiy borliq qonunlariga mutlaqo zid bo’lgan imkonsizlikdan butunlay farq qiladi; obyektiv dunyo qonunlariga zid bo’lgan narsa imkonsizlik hisoblanadi. Masalan, rasman har bir fuqaro deputat, millioner yoki ko’p bolali bo’lishi mumkin. O’z-o’zidan ravshanki, aksariyat fuqarolar uchun bu imkoniyat voqyelikka aylanmasligi ham mumkin. Masalan, boqiy dvigatel yasash mumkin emas; insonning umrboqiyligi mumkin emas va sh.k. Amalga oshishi uchun barcha zarur sharoitlar vujudga kelgan real imkoniyat amalga oshirishning oliy darajasiga ega bo’ladi. Masalan, insonning kosmosga uchish imkoniyati bir paytlar formal bo’lgan, endilikda u real tus oldi. Imkoniyatning miqdoriy tavsifi aniqroq bo’ladi.
Agar imkonsizlikni «0» bilan, voqyelikni esa «1» bilan ifodalasak, «0» dan «1» gacha bo’lgan oraliq qiymatlarning barchasi imkoniyat darajasini tavsiflaydi. Ehtimollikning shartli o’qi atrofida imkoniyatning butun doirasini ko’rsatish mumkin. Mavxum va muayyan imkoniyat o’rtasidagi farq – bu mohiyat va mavjudlik o’rtasidagi, shuningdek predmetning ideal obrazi va uning inson ongiga bog’liq bo’lmagan obyektiv xususiyatlari o’rtasidagi farqdir. Masalan, nikohga kirayotgan yoshlar bir-biri haqida, oila va umuman nikoh haqida ancha yuzaki tasavvurga ega bo’lishi mumkin. Ular oila-nikoh munosabatlarining ideallashtirilgan manzarasini o’z bo’lg’usi nikohiga ko’p jihatdan tatbiq etadi. Vaholanki, bu manzara mazkur munosabatlar mohiyatiga umuman olganda mos kelsa-da, lekin ularning butun boyligi va murakkabligi haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. Nikohga kirgach, yoshlar imkoniyatini o’zlari oldindan ko’ra bilmagan muayyan voqyelik bilan to’qnash keladi. Yosh oiladagi kelishmovchiliklar sababi – nikohning mohiyati va uning mavjudligi o’rtasidagi, mavxum imkoniyat («ular qo’sha qaridilar va uvali-juvali bo’ldilar») va aksariyat jihatlarini yoshlar hatto xayollariga ham keltirmagan muayyan imkoniyat o’rtasidagi ziddiyatdir. Ayrim falsafiy adabiyotlarda muayyan va real imkoniyat bilan formal va mavxum imkoniyat tenglashtiriladi. Bu holda real imkoniyat uni ro’yobga chiqarish uchun shart-sharoit mavjudligi bilan, formal yoki mavxum imkoniyat esa – ayni paytda imkoniyatni voqyelikka aylantirish uchun shart-sharoit mavjud emasligi bilan belgilanadi. Murakkab tizimlar uchun, odatda, rivojlanishning bir necha muqobil yo’llari mavjud bo’ladi. Ayni bir muhitda har xil strukturalar vujudga kelishi, rivojlanish jarayoni ko’p variantli tarzda amalga oshishi, buning natijasida rivojlanishda kutilmagan burilishlar yuz berishi mumkin. Shu bois prognoz va taxminlar ishonchsiz yoki yanglish bo’lishi mumkin. Shunga qaramay, mazkur muhitda evolyusiyaning har qanday turi emas, balki yo’llarning muayyan doirasigina mavjud bo’lishi mumkin. Muqobil imkoniyatlar o’rtasidagi miqdoriy nisbat matematik jihatdan ehtimol tutilgan ayrim voqyea yuz berishining ehtimollik darajasi sifatida ifodalanishi mumkin. Inson o’z faoliyatida real imkoniyatlarni hisobga oladi va ularni voqyelikka aylantirish uchun zamin hozirlaydi. Bu kategoriyalar borliqning shakllanish jarayoniga urg’u beradi. Ma’lumki, yo’q narsadan biron-bir yangilik vujudga kelmaydi, u faqat eski narsaning muayyan xossalari, jihatlari negizida vujudga kelishi mumkin. Yangi narsaning borlig’i uning potensial holatida imkoniyat hisoblanadi. Imkoniyatning yetuklik darajasi imkonsizlikdan voqyelikkacha bo’lgan doirada o’zgarishi mumkin. Bu jihatdan imkoniyatni tavsiflashni uning sifat va miqdor me’yorlarini hisobga olib amalga oshirish mumkin.
Xulosalar. Kategoriyalar fikrlashning universal shakllari bo’lib, ularda obyektiv voqyelikda mavjud bo’lgan umumiy aloqalar, xossalar va munosabatlar aks etadi. Kategoriyalarda kishilik jamiyatining tajribasi va faoliyati mujassamlashadi. Bilish natijalari o’z aksini topuvchi tushunchalar va kategoriyalar bo’lmasa, bugungi kunda bilishning o’zi ham bo’lmas edi. Kategoriyalar obyektivlik, muayyanlik, amaliyot bilan bog’liqlik va tarixiylik, o’zgaruvchanlik va sh.k. xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Tayanch tushunchalar: Kategoriya, fan kategoriyalari, falsafiy kategoriyalar, dunyoning manzarasi, aprior, miqdor, sifat, mohiyat, ayniyat, tafovut, tushuncha, sinergetika, narsa, aloqa, qarama-qarshilik, ziddiyat, ziddiyatlarning turlari, inkorni-inkor qonuni, harakat, rivojlanish, yakkalik, xususiylik, umumiylik, ayrimlik, butun, qism, yaxlitlik, mexanik yaxlitlik. Takrorlash uchun savollar: 1.O’zaro aloqadorlik va rivojlanish tushunchasi . 2.Kategoriya nima. 3.Sinergetika va dialektikaning farqi. 4.kategoriyalar va ularning tasnifi. 5.Inkorni-inkor qonuni nima. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling