O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish rеjа


Download 255.11 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi255.11 Kb.
#111003
Bog'liq
Oquvchilarning bilim, konikma va malakalarini tashxis etish

O`QUVCHILARNING BILIM, KO`NIKMA VA MALAKALARINI TASHXIS ETISH

RЕJА:

1. Bilim, ko’nikma malakalarni shakllatirish. 2.Ta'lim olganlikni tashhis etishning mohiyati. 3. O'quv jarayonida nazorat va hisobga olish funkciyalari.

1. Bilim, ko’nikma va malakalarni shakllatirish

Bilim – kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan maʼlumotlari, voqelikning inson tafakkurida aks etishi.

Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz Bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:

birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi;

ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi;

uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.

Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni Bilim darajasiga olib chiqadi.

Ko’nikma – mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti – harkatlarning avtomatlashgan usuli. 

Malaka–oldinga qo’yilgan maqsad va xatti–harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usulidir.

Harakat ko’nikmalarga jismoniy mehnat, sport va o’quv ko’nikmalari (xat yozish, tez o’qish va hokozo) kiradi.

Sensor ko’nikma va malakalarga o’lchov, yorug’lik, ovoz va simvolik ma’lumotlarni tez va to’g’ri qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan va boshqarish markazlarida takrorlab borishlar kiradi.

Aqliy ko’nikma va malakalrga–kuzatish usullari, malakalarni rivojlantirish, og’zaki va yozma hisob–kitobni ishlab chiqarish, harkatlarga yo’naltirish, ilmiy tajriba o’tkazish va hokozo, ko’nikmalar mashq natijasida yuzaga keladi.

Inson tomonidan egallangan ko’nikma va malakalr yangi ko’nikmalarni shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan qonuniyatlar:

  • Ko’nikmaning hosil bo’lishining notekis jarayoni. Bu mashqlarning egri grafigida namoyon bo’ladi. Yuqorida keltirilgan rasmda buni ko’rish mumkin.
  • Ko’nikmalarning ko’chishi. Ijobiy ko’nikmalarning yangilarini shakllanishiga ta’sir ko’chish deyiladi. Ko’nikmalarning yangilarini shakllanishiga ta’sir esa interferensiya deb ataladi, bunda eski ko’nikma yangisining shakllanishiga xalaqit beradi.
  • Ko’nikmani progessiv va regrissiv–ko’nikma uzoq va tarbiya miqdorida xizmat qilishi uchun undan foydalanish lozim. Aks holda deavtomatlashtirish yuzaga kelib, zarur harakatlar o’z tezligi, yangilig, aniqligi va avtomatlashtirilgan harakatlarni ta’minlovchi xususiyatlarini yo’qotadi.

O’qitishing ikkita usuli mavjud. Biri an’naviy o’qitish usuli- bunda o’qituvchi muammoni belgilaydi, vazifalarni aniqlanadi va muammoni yechib beradi. O’quvchi esa masalani yechish yo’llarini eslab qoladi va uni yechishni mashq qiladi. Bunda o’quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi.

  • O’qitishing ikkita usuli mavjud. Biri an’naviy o’qitish usuli- bunda o’qituvchi muammoni belgilaydi, vazifalarni aniqlanadi va muammoni yechib beradi. O’quvchi esa masalani yechish yo’llarini eslab qoladi va uni yechishni mashq qiladi. Bunda o’quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi.
  • Rivojlantiruvchi ta’lim o’qitishning muammoli usulida o’qituvi o’quvchilarning bilish jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qiladi. O’quvchi esa muammoni tushunadi.
  • Uni yechish yo’llarini qidiradi va uni yechadi. Bunday hollarda o’quvchi tafakurining maxsuldorligi oshadi va uning mustaqililigi rivojlanadi.

O’quvchining o’qishga bo’lgan qiziqishini rivojlanitirsh uchun o’qituvchi quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:

2.Ta'lim olganlikni tashhis etishning mohiyati

Tashhis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak.

Tashhissiz didaktik jarayonni samarali boshharish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.

Ta’lim tashhisida oqibatlar, erishilgan natijalar va ta’lim olganlik farqlanadi. 

Tashhis natijalarini ularga erishish yo’llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta’lim samarasini ta’minlovchi jarayon va bosqichlarni aniqlaydi:

O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.

pedagoglarning fikrlaricha baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar:

pedagoglarning fikrlaricha baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar:

  • ta’lim oluvchining o’zlashtirish darajasini qat’iy belgilovchi – sifat ko’rsatkichi, yoki;
  • u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini ko’rsatuvchi ko’rsatkich ekanligi aniq belgilanishi zarur.

3. O'quv jarayonida nazorat va hisobga olish funkciyalari

Tekshirishning maqsadi nafaqat o’quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o’quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat. Tekshirish tizimidagi bosqichlar:

  • 1.Ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o’quv yili boshida o’quvchilar tomonidan avvalgi o’quv yilida o’zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
  • 2.Har bir mavzuni o’zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o’zlashtirish darajasini tashhislash imkonini beradi.
  • 3.Sanalib, o’quvchilarning o’quv materialining muayyan bob yoki bo’limlari bo’yicha o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Yangi mavzuni o’rganish bilan birga o’quvchilar avval o’zlashtirilganlarni takrorlaydilar.
  • 4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi bo’yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida o’rganilgan o’quv materialining strukturaviy elementlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’zlashtirish sifatini tashhislash.
  • 5.Ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko’nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir..

O’quvchilarning o’zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni haratish lozim:

O’quvchilarning o’zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni haratish lozim:

  • o’quv dasturi asosida mavzu va bulimni o’rganishda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
  • har bir yakunlangan mavzu bo’yicha o’quvchilarning faoliyati to’g’risida xulosa chiharish;
  • o’rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini baholamaslik;
  • o’quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o’quv yilidagi statistik o’zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish.

NAZORAT SАVОLLАRI:

  • O’quv faoliyati va uning elimentlari nimalardan iborat.
  • Ta’lim jarayonida bilimlarni o’zlashtirish nimaga bog’liq.
  • O’qish motivlari.
  • Ta’lim faoliyatiga ko’ra ta’limning qanday metodlari mavjud.
  • O’quv faoliyatini boshqarish.
  • Ko’nikma va malakalar ta’lim jarayonida qanday shakllantiradi.

Download 255.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling