6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari
Download 153.5 Kb.
|
6. мавзу (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zaro ta’sir
Munosabat. Aloqa tushunchasi o‘zaro aloqa, harakat, munosabat tushunchalari orqali yoritiladi. «Hozirgi zamon falsafa lug‘ati»da1 munosabat tushunchasi «narsalarning o‘zaro mavjudlik usuli, ularda yashirin xossalarning namoyon bo‘lish omili» sifatida ta’riflangan. Bu ta’rifda munosabatni tavsiflovchi quyidagi jihatlar farqlanadi: birinchidan, narsalarning o‘zaro mavjudligi, yaqinlashuvi, birlashuvi. Ikkinchidan, munosabat narsaning xossalarini namoyon etish, ya’ni harakatga keltirish usuli sifatida amal qiladi. Uchinchidan, narsalarning birlashuvi sifatidagi munosabat ta’sirida kooperativ effekt, ya’ni narsalar holatlarining bir-birini o‘zgartirishi yuz beradi. Bunda munosabat yuzaga kelgunga qadar yashirin holda mavjud bo‘lgan narsalarning xossalari bir- biriga o‘tadi va namoyon bo‘ladi. Xullas, munosabat, bir tomondan, narsalarning o‘zaro aloqasini, boshqa tomondan esa – ularning alohida-alohida mavjudligini nazarda tutadi.
O‘zaro ta’sir narsalarning o‘zaro aloqadorligini, ular bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi va bir-birini o‘zgartirishini anglatadi. Ammo o‘zgarish – harakat falsafiy tushunchasining sinonimidir. Binobarin, umumiy aloqaning tan olinishi bizni muqarrar tarzda borliqning o‘zgaruvchanligi umumiy xususiyatini tan olishga olib keladi. Umuman o‘zgarish sifatida tushuniladigan harakat butun olamni qamrab oladi, dunyoda hamma narsa muayyan paytda vujudga keladi, tadrijiy rivojlanadi, o‘zgaradi va g‘oyib bo‘ladi (o‘ladi, halok bo‘ladi, barham topadi). Demak, har qanday hodisa o‘z tarixiga ega. Ayni shu sababli tabiat va jamiyat hodisalarini o‘rganishga nisbatan tarixiy yondashuv zarur. O‘zgarishlar o‘z xususiyati va yo‘nalishiga ko‘ra tartibsiz o‘zgarishlar, aylanma harakatlar, jismlarning makonda bir joydan boshqa joyga mexanik ko‘chishida namoyon bo‘lishi mumkin. Rivojlanish o‘zgarishning alohida tipi hisoblanadi. Dialektika kategoriyalari umumiy aloqalarning o‘zgarish va rivojlanish manbai sifatidagi tavsifini to‘ldiradi, harakatlanayotgan, tadrijiy rivojlanayotgan dunyoning keng manzarasini yaratish imkonini beradi. Biron-bir aloqalar va o‘zaro ta’sirlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar amalda mavjud emas. Dialektikaning muhim belgilaridan biri va umumiy aloqa tamoyilining mazmuni aynan ob’ektlarning har tomonlama o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta’sirlarini hisobga olishdan iborat. Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling