6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari
Download 153.5 Kb.
|
6. мавзу (2)
Me’yor – predmet borlig‘ining chegarasi. U miqdor va sifatning shunday bir birligiki, bunda muayyan sifat faqat muayyan miqdor bilan bog‘liq. Me’yor –bu miqdor ko‘rsatkichlari yoki o‘zgarishlarining tegishli sifat mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muayyan oralig‘i hamdir. Me’yor – bu shunday bir chegaraki, unda miqdor o‘zgarishlari narsaning sifatiga putur etkazmaydi. Gegel fikricha, «Hamma narsa o‘z me’yoriga ega, ya’ni miqdor jihatidan aniqdir4» Masalan, vodorod peroksidi va suv bir-biridan molekulalardagi kislorod atomlarining miqdoriga ko‘ra farq qiladi. Huquqiy, axloqiy va estetik hodisalar tavsifida me’yor tushunchasi normativlik xususiyatini kasb etadi. «Aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali engiltaklik me’yori buziladi va butunlay boshqa narsa – jinoyat namoyon bo‘ladi, aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali adolat haqsizlikka, fazilat nuqsonga o‘tadi5». Masalan, huquqda qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi va jazo chorasi o‘rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me’yor tushunchasida miqdor va sifat xossalarining o‘zaro aloqasi aks etadi. Tabiatda kuzatiladigan narsalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi dunyo evolyusiyasining muhim va keng tarqalgan mexanizmlaridan birini aks ettiradi. Me’yor tushunchasi evolyusiya tendensiyalarini aniqlash, turli tizimlarning o‘tmishi va kelajagi xususida gipotezalar tuzish imkonini beradi. Miqdor sifat jihatidan bir jinsli hodisalarning muayyan ob’ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib, u mazkur hodisalarning kattaligini, mavjudlik muddatini va umuman hodisa yoki uning ayrim tomonlari rivojlanishining faollik darajasini tavsiflaydi.SHunday qilib, narsa va hodisalar sifat va miqdor xususiyatlariga ega bo‘ladi. Ammo narsalar va hodisalarning bu tomonlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud emasdek, ularning biri ikkinchisiga bog‘liq emasdek bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin amalda bunday emas. Miqdor va sifat o‘rtasida dialektik aloqa mavjud: muayyan sifatni aks ettirmaydigan miqdor mavjud emas va shu bilan bir vaqtda miqdorsiz sifat ham yo‘q. Mazkur sifatga qo‘shimcha tarzda doim qandaydir emas, balki muayyan miqdor javob beradi. Biz, masalan, uzunligi Amudaryo ustida qurilgan ko‘prikning uzunligiga teng bo‘lgan stolni ko‘rmaganmiz.
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qoida umumiy ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga nisbatan o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi: miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni narsaning miqdor va sifat tomonlarining shunday bir o‘zaro aloqasini aks ettiradiki, uning ta’sirida miqdor o‘zgarishlari me’yor chegarasidan chetga chiqib, albatta tub sifat o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi, bu sifat o‘zgarishlari esa, o‘z navbatida, yangi miqdor ko‘rsatkichlariga olib keladi. Bu qonunga muvofiq rivojlanish bir-biridan farq qiladigan, lekin o‘zaro bog‘langan ikki bosqich – uzluksizlik va uzluklilikning birligi sifatida yuz beradi. Rivojlanishda uzluksizlik – bu juda sust, ko‘zga ko‘rinmas miqdor o‘zgarishlari bosqichi. Rivojlanishda uzluklilik sakrash deb ataladi. Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling