Fyuchers birjasidagi savdoni real tovar birjasidagi savdodan quyidagilar ajratib turadi:
Bitimlarning asosan soxta xarakteri (bitimlarning bir necha foizigina tovarni yetkazib berish bilan yakunlanadi, qolganlari esa narxdagi farq bilan to'lanadi);
real tovar bozori bilan uni xedjlash orqali bilvosita aloqa, narx va yetkazib berish muddatidan tashqari shartnomaning barcha shartlarini to'liq xillashtirish;
bitimlarning shaxsi ko'rsatilmaganligi, ularning alohida sotuvchi va xaridor o'tasida emas, ular bilan hisob-kitob palatasi o'tasida ro'yxatga olinishi. Fyuchers birjasidagi bitimlar tovarga ham, valyutaga ham, aksiyalar indeksiga ham, foiz stavkalari va hokazolarga ham tuziladi. Fyuchers birjasidagi operatsiyalar soni, qoidaga ko'ra, real tovarlar bilan savdodan bir necha marta katta bo'ladi.
3.Fyuchers savdosining maqsadlari
Birja nuqtai nazaridan fyuchers savdosi bu – birja savdosining bozor xo'jaligi sharoitlarida, bozor vositachi strukturalari har xil turlarining doimiy raqobat kurashi jarayonidagi rivojlanish tabiiy evolyutsiyasi natijasidir. Real tovar bilan savdo oldidagi katta ustunlik tufayli fyuchers savdosi birjaga bozor iqtisodiyotining shakllanish sharoitlarida kun ko'rish, pul ishlab topish va kelgusi rivojlanish uchun kapital jamg'arishga imkon berdi. Boshqacha qilib aytganda, fyuchers savdosini rivojlantirgan holda birjalar ko'zlagan maqsad bozor muhitida faoliyat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan miqdorda daromad olish hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotida narxni bashorat qilish imkoniyati ishlab chiqarishning rivojlanish va umumlashtirish darajasi yuqoriligidan, uning xalqaro integratsiyasidan ham kelib chiqadi. Fyuchers birja savdosi, ko'rsatilgan shart-sharoitlarga asoslangan holda, bunday narxni bashorat qilish bozor mexanizmini yaratadi
Bozor xo'jaligi nuqtai nazaridan fyuchers savdosining maqsadi tadbirkorlar keng doirasining real tovar bozorida narx o'zgarishlarini sug'urtalash, yetakchi xomashyo va yoqilg'i tovarlarini bashorat qilish, yakuniy hisobda esa birja savdosidan foyda olishga ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |