6-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja


Global muammolarning mohiyati


Download 150.5 Kb.
bet3/9
Sana13.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1354393
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot

Global muammolarning mohiyati. Odamzod nasli XX asrning ikkinchi yarmida globallashuv natijasida shunday muammolar domiga tortildiki, endilikda ularning iskanjasidan qutulib ketish yoki ketmaslik bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Agar XX asrning birinchi yarmi oxirlarida insoniyat qarshisida asosan bitta umumbashariy muammo — yadro halokatining oldini olish ko‘ndalang bo‘lib turgan bo‘lsa, endi vaziyat o‘zgardi. Aholi tabiiy o‘sishining yuqori darajasi saqlanib qolishi, fan-texnika yutuqlaridan tor manfaatlar yo‘lida foydalanishga ruju qilinishi va bir qator mintaqalarda murakkab ekologik vaziyatning vujudga kelishi masalani chigallashtirib yubordi.
«Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam o‘rin oldi. Etimologik jihatdan «global» atamasi, «globallashuv» atamasi kabi, yerkurrasi bilan bog‘liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishlibo‘lgan, ya’ni umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham «global» debnomlash odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiningmuhim ob’ektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarningrivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularni yechish aksariyatdavlatlar va tashkilotlarning kuch-g‘ayratini xalqaro darajada birlashtirishninazarda tutadi. Ayni vaqtda global muammolarning yechilmay qolishi butuninsoniyat kelajagi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Insoniyat oldida ana shu xildagi muammolarning ko‘ndalang turib qolishining o‘ziyoq kishilik sivilizatsiyasi o‘ta murakkab, o‘ta qaltis bir jarayonni boshidan kechirayotganligidan darak beradi. Umumbashariy muammolarning ba’zi bir guruxlari mavjudki, ularni hal qilishning o‘zidayoq butun planetamizdagi ijtimoiy hayotning keyingi ming yillikdagi aniq manzarasini chizib berish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunday muammolar shartli ravishda uch guruhga ajratiladi:

Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling