6-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja


Download 150.5 Kb.
bet4/9
Sana13.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1354393
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot

Birinchidan, hozirgi paytdagi mavjud ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar (ijtimoiy-iqtisodiy sistemalar o‘rtasidagi, mintaqaviy ziddiyatlar, davlatlar, milliy va diniy nizolar va h.k.) bo‘lib, bular shartli ravishda "intersotsial" muammolar deb hisoblanadi. Ular urush va tinchlik, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi, etikologiya muammosi, ya’ni insoniyat ma’naviy-axloqiy sofligini ta’minlash, uni ma’naviy qashshoqlikdan, ma’naviy tanazzuldan asrash muammosi va shu kabilarni ham qamrab oladi.
Ikkinchidan, "inson va jamiyat" o‘rtasidagi munosabat bilan bog‘liq muammolar bo‘lib, bularga ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT); maorif va madaniyat; aholi ko‘payishining tez sur’atlar bilan ildam ketishi — "demografik portlash", kishilar salomatligini saqlash, kishi organizmining nihoyatda tez o‘zgarib borayotgan ijtimoiy muhitga moslashishi, shuningdek, insoniyatning kelajagi kabi masalalarni kiritish mumkin.
Uchinchidan, "inson — tabiat." munosabatlariga esa xom ashyo resurslarini tejash, aholini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish kabi muammolar kiradi. Bu guruh muammolar ijtimoiy omillar ta’sirida vujudga keladi, ularni hal qilishda esa ijtimoiy omillarning o‘rnini va ahamiyatini to‘g‘ri anglagan holdagina masalaning tub mohiyatini tushunish mumkin.
Xuddi shuningdek, sof ijtimoiy umumbashariy muammolarning yechimida tabiiy omillarning bu jarayonga bevosita ulanib ketishini ham nazardan soqit qilmaslik kerak. Ham ijtimoiy, ham tabiiy omillar asosida yuzaga chiqadigan umumbashariy (global) muammolar bir butunlikni tashkil etib, ularga har tomonlama (kompleks) yondashish kerakligini hayotning o‘zi taqozo etmoqsa. Bu esa, o‘z navbatida, falsafa fani zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Madaniyatli, ma’naviy kamol topgan inson uchun Ona vatan tabiatini muxofaza qilish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik uning xayoti va faoliyatining uzviy qismidir. Haqiqiy madaniyatli kishi tabiatning jamiyat taraqqiyotidagi roli va o‘rnini chuqur tushunadi.
Ko‘pincha biz sof havoning qaerdan kelishini qanchalik o‘ylamaylik, baribir sezmaymiz. U har daqiqada karbonad angidrid bilan zaharlanib turadi va har holda tozaligicha qolaveradi. Biz ximiya dasrligidan bilamizki, xlorofill yorug‘likda ortiqcha karbonat angidridni yutadi va kislorod chiqaradi, biroq ko‘pincha yaproqlarni yulib va novdalarni sindirib biz zaharlanishdan asraydigan yashil o‘simliklarni nobud qilamiz. Tabiatimizni tozalaydigan trubaga ega emasmiz, bog‘lar, parklar va o‘rmonlargina zararli gazlar bilan to‘lgan shaharlar havosini tozalashga qodir, xolos. Tirik o‘rmonzorlar o‘ziga xos shaharlarning sanitariya chegarasi, ularning shifoxonasidir. Bir gektar o‘rmon bir yilda 18 million kubometr havoni tozalaydi, 70 tonnagacha changni filtrlashi mumkinligi hisoblab chiqilgan. O‘sha yashil gektar bir soatda 200 kishi qancha nafas olsa, shuncha miqdordagi karbonat angidridni yutadi. Daraxtlar va butazorlar havoni kislorod bilan boyitibgina qolmasdan, balki uni bardamligimiz manbai elektr-ionlar bilan ham to‘ydiradi.
Keyingi ming yillar davomida inson faoliyati natijasida yer shari yuzasi, iqlimi, o‘simlik, hayvonot dunyosining tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketganligi bunga misol bo‘la oladi. E’tirof etish kerakki, insonning istiqbolni o‘ylamay qilgan hatti-harakatlari, ko‘r-ko‘rona qilmishlari tufayli tabiat behad ozor chekdi, ko‘p narsalardan abadiy judo bo‘ldik. Har xil kosmik changlar, issiqlik, elektr stansiyalari, avtomobillar sonining tez o‘sib borishi, radiaktiv moddalar va boshqalar ta’siri ostida barcha jonli mavjudotning hayot manbai bo‘lgan havo toqat qilib bo‘lmaydigan darajada ifloslanmoqda. Bunday dahshatli hodisalar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida tez-tez bo‘lib turadi. Atrof muhitning radoaktiv va kimyoviy chiqindilar bilan bulg‘anishi aholining, chorva mollarining, parrandalarning, daryo va ko‘llardagi, suv omborlari va okeanlardagi baliq va boshqa jonivorlarning ko‘plab zaharlanishiga sabab bo‘lmoqda. Olimlar havo, suv va yer ustining zaharlanishi shu tariqa davom etadigan bo‘lsa sivilizatsiya xalok bo‘lishi mumkin, deyishmoqda. Akademik A.Ye.Fersmanning fikricha, agar atmosfera tarkibidagi korbanat angidrid miqdori ikki barobar ko‘paysa, bu narsa yer yuzidagi xaroratning 4 daraja ko‘tarilishiga olib keladi. Uning hisobicha, bu voqea 500 yildan keyin sodir bo‘lishi mumkin.
Suv ta’minotining an’anvaiy manbalari hisoblangan daryolar, ko‘llar, shimoliy qutb muzliklari, dengizlar, suv omborlari ifloslanmoqda. Insonning eng katta oziq-ovqat manbai bo‘lgan jahon okeanlari ham hozirgi vaqtda inson sivilizatsiyasi qurboni bo‘lmoqda. Har yili jahon okeaniga o‘n million tonnagacha miqdorda neft va neft mahsulotlari kelib tushmoqda.
Inson o‘zining ko‘p asrlik xo‘jalik faoliyatida 72 hayvon turini butunlay yo‘q qilib yubordi, mintaqamizda esa turon yo‘lbarsi, yo‘l-yo‘lli sirtlon kabi hayvonlar yo‘q bo‘lib ketdi. Oqquyruq, qoraquloq, Ustyurt qo‘ylari, Buxora bug‘usi, Oqtirnoqli qo‘ng‘ir ayiq kabilar esa yo‘q bo‘lish arafasida turibdi. Amudaryoning o‘zidagina 140 dan ortiq baliq turi bo‘lganiga endi ishonish qiyin. O‘rmonlarga nisbatan ham ko‘r-ko‘rona munosabatda bo‘lish tufayli Yer sharida 100 yil avvalgi 7200 milllion gektar o‘rmondan hozir 4100 million gektar o‘rmon qoldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, har yili atmosferaga 200 million tonnadan ziyod is gazi, qariyb 150 million tonna oltingugurt oksidi, 53 million tonna azot oksidi, 50 million tonnadan ortiq har xil uglevodlar chiqarilmoqda. Jahon sanoati har yili tabiatga 32 milliard m.k. ifloslangan suv, 70 million tonna zararli gazlar va 250 million changni chiqarib tashlamoqda. Hozirgi paytda dunyo bo‘yicha har yili 500 ming inson rak bilan kasallangan bo‘lsa, uning 60 foizi atrof muhitdagi har xil kanserogen moddalarning ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan.
Mamlakatimizdagi ekologik vaziyat ham muhim muammolardan biri bo‘lib turibdi. Hozirgi vaqtda Osiyo markazidagi eng katta suv havzasi Orol dengizining taqdiri ko‘pchilikni tashvishga solmoqda.
Insoniyat tarixi haligacha chorak asr davomida bir avlod ko‘z o‘ngida xafzasi 6 million gektardan ziyod, chuqurligi 69 metrgacha bo‘lgan dengizning yer yuzasidan g‘oyib bo‘lib ketganligini bilgan emas edi. Bugungi kunda Orol dengizi qariyb yarimigacha qurib bo‘ldi. Suv ketib qolgan joylarda ikki million gektarga yaqin qum va tuzdan iborat sahrolar paydo bo‘ldi. Orol dengizi umumbashariy muammo hamdir.

Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling