6-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja


Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari


Download 150.5 Kb.
bet6/9
Sana13.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1354393
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot

Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi.
Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning uch turini farqlash mumkin: 1) kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat. Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. kundalik bashoratlarga xalqda keng mashhur bo‘lgan ob-havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo‘lsa, demak kunduzi havo ochiq bo‘ladi; Sharqdan shamol essa, tez orada yomg‘irlar tugaydi.
Bashoratning ikkinchi turi – intuitiv bashorat. Ma’lumki, intuitsiya – builmiy tajriba va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bevosita yetish. Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan va ko‘pincha unga yetarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan faktlar ma’lum. Masalan, to‘rt yuz yil oldin yashagan fransuz tabibi Mishel Nostradamus misli ko‘rilmagan bashoratgo‘ylik qobiliyatiga ega bo‘lgan. O‘zining mashhur «Senturiyalari» va boshqa asarlarida u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki fransuz va rus inqiloblarini, shuningdek de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo‘lishini ham bashorat qilgan.
O‘z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoir Aleksandr Pushkinga uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko‘p pul olish, ikki surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark etish ehtimolini bashorat qilgan. Afsuski, bu bashorat to‘la ro‘yobga chiqqan.
Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U o‘z qishlog‘i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal bo‘lmagan. Hammaga o‘zining o‘limi yaqinligini e’lon qilgan, o‘zi o‘ziga qabr qazgan, o‘z «xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o‘z asarlarini qo‘ygan va vafot etgan.
Boshqa ko‘plab g‘ayrioddiy faktlarni keltirish mumkin. Ularning barchasiintuitiv bashoratni e’tibordan soqit etish yaramasligidan dalolat beradi. XX asr oxiri XXI asr boshlarida dunyo tan olgan va e’tirof etgan bashoratchilar Vanga xonim, Juna Davitashvili, er-xotin Pavel va Tamara Globalar bo‘lib, ular 1989 yildayoq 1991 yilda SSSR parchalanishini, o‘sha davrda hukumatni boshqarayotgan V. Gorbachevning taxtdan ag‘darilishini va Mustaqil hamdo‘stlik mamlakatlari tashkil etilib, jamiyat hayotida yangi davr boshlanishini bashorat qilganlar.
Odatdagi va intuitiv bashoratdan farqli o‘laroq, ilmiy bashorat fan doirasida yoki uning yordamida amalga oshiriladi va o‘rganilayotgan jarayonning qonuniyatlarini bilishga asoslanadi. U kelajakni ancha samarali bashorat qilishva oldindan ko‘ra bilish imkonini beradi.
Ilmiy bashoratning ayrim elementlari qadimgi dunyodayoq mavjud bo‘lgan. Masalan, faylasuf Fales (miloddan avvalgi 640-562 yillar) miloddan avvalgi yilda quyosh tutilishini bashorat qilgani ma’lum. Ammo bashorat haqidagi dastlabki bilimlar XV-XVII asrlardagina tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi bilan bir vaqtda ilmiy tizimga solina boshlagan. Bu jarayon XX asrning 60-yillarida ancha yaxlit ilmiy nazariyalarning yaratilishi bilan yakunlangan.
Inson faoliyati sohalari va bilish ob’ektiga qarab ilmiy bashoratning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, harbiy va boshqa turlari farqlangan. Ijtimoiy bashoratning xususiyatini qayd etish uchun «prognoz qilish» tushunchasi muomalaga kiritilgan. Prognoz qilish bashoratning alohida shakli bo‘lib, u ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishda yuqori darajada ilmiy asoslanganlik va ob’ektivlik bilan ajralib turadi. Ilmiy bashoratning boshqa shakllaridan farqli o‘laroq prognoz qilish – bu o‘z metodologiyasi va texnikasiga ega bo‘lgan maxsus tadqiqot.
G‘arb mamlakatlarida ijtimoiy prognoz qilish ilmiy bashoratning turi sifatida «futurologiya» (lot. futurum – kelajak va yunon. logos – ta’limot) degan nom bilan vujudga kelgan. Bu atamani ilk bor G‘arbiy Berlin Erkin universitetihuzuridagi Otto Zur nomidagi institut professori O.Flextgaym ishlatgan. Shuniqayd etish lozimki, «futurologiya» atamasi umumiy e’tirof etilgani yo‘q. Mamlakatimizda ijtimoiy bashorat bilan bog‘liq tadqiqotlar«prognostika» degan nom olgan. Bu yosh fan prognoz qilish qonunlari, tamoyillariva metodlarini o‘rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi prognostiktadqiqotlarning tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davriniboshdan kechirmoqda, lekin hozirning o‘zidayoq kelajakning ilmiy muqobillariniyaratishning muhim vositasi hisoblanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy prognoz qilish muammolari bilan maxsus xalqarotashkilotlar shug‘ullanadi. Ularning orasida quyidagilar bor: Gudzon instituti,REND va Kelajak uchun resurslar korporatsiyalari, Chikago va Kaliforniyauniversitetlari (AQSh); Keyingi 30 yilda Angliya, Fransiya, Germaniya,Gollandiyadagi futurologiya institutlari va b. Yirik xalqaro uyushmalar: Jahonfuturologlar jamiyati, Kelajak dunyosi, Fyutyuribllar xalqaro tashkilotituzilgan. Bu futurologik tashkilotlar orasida Rim klubi alohida o‘rin egallaydi.Mazkur xalqaro nohukumat tashkiloti 1968 yil aprelda italiyalik jamoat arbobi,«Olivetti» kompaniyasining vitse-prezidenti, FIAT kompaniyasi ma’muriykengashining a’zosi Aurelio Pechchei tashabbusi bilan ta’sis etilgan. KlubJenevadagi maxsus reestrda shtat va budjetga ega bo‘lmagan, a’zolari sonicheklangan tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bugungi kunda Rim klubigajahonning 47 mamlakatida yashab ijod qiluvchi, ilmiy-texnika inqilobi davridainsoniyat rivojlanishining istiqbollarini aniqlashni o‘z oldiga maqsad qilibqo‘ygan yuzdan ortiq fan va madaniyat arboblari a’zo. Klub faoliyatining asosiyshakli – hozirgi davrning olamshumul muammolarini o‘rganishni tashkil etishdaniborat.
Prognoz qilish – bu maxsus ilmiy metodlar yordamida kelajak haqidabilimlar olish jarayoni. Bu metodlar prognoz tuzish maqsadida empirik axborotnitanlash va tahlil qilish usullari va amallari yig‘indisidan iborat. Prognozqilishning ilmiy vositalari to‘plami kelajakni bilishning 200 dan ortiqmetodlari, maxsus metodikalari va mantiqiy vositalarini o‘z ichiga oladi. Ammoularni besh asosiy guruhga birlashtirish mumkin (qolganlari ularningvariantlari hisoblanadi):

Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling