6-mavzu: globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari. Reja


Download 229.5 Kb.
bet7/12
Sana02.01.2023
Hajmi229.5 Kb.
#1075322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-Mavzu ma\'ruza matni (фрх)

Ta’lim muammosi. Demografik portlash sabablari ta’lim muammosi bilan uzviy bog‘liq. So‘nggi yillarda jahonda savodsizlar soni foiz hisobida kamaygan bo‘lsa, mutlaq hisobda o‘sishda davom etmoqda. Bunda ma’lumotsiz odamlarning hayoti amalda ko‘p bolalikni xurofiy aqidalar bilan oqlaydigan arxaik oilaviy an’analarga bo‘ysunadi. Pirovardda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut bu jihatdan ham ortishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: savodxonlik mutlaq raqamlarda o‘sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni o‘qish, yozish, oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilmaydigan odamlar soni ham o‘sib bormoqda (Hindiston aholisining 70%, Pokiston aholisining 60%, Afrika mamlakatlari aholisining 80% savodsiz).
Shu bilan bir qatorda aksariyat odamlarning ma’lumot darajasi yangi texnologiyalar va kompyuter texnikasidan keng foydalanuvchi hozirgi jamiyatda to‘laqonli yashash va mehnat qilish imkonini bermasligi bilan bog‘liq funksional savodsizlik ham o‘sib bormoqda.
Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda 1997 yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida” aynan shu maqsadlarni o‘zida ifodalaydi. “O‘zbekistonda har yili ta’lim uchun sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi”1. Zero, insonning nafaqat bilim olishi, balki kasbiy malakalarga ega bo‘lishi ijtimoiy savodsizlikni bartaraf qilishning muhim omili hisoblanadi.
Sog‘liqni saqlash.Aholi soni va uning yashash sharoiti, shuningdek atrof muhit holati hozirgi davrning yana bir global muammosi bilan uzviy bog‘liq. Aksariyat kasalliklar va atrof muhitdagi antropogen o‘zgarishlar o‘rtasida bevosita va bilvosita aloqa mavjud. Hozirgi odamlar avlodiga atrof muhit ifloslanishining hali o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan ko‘p sonli fizik (avvalo elektromagnit), kimyoviy va biologik omillari ta’sir ko‘rsatmoqda. Avvalo, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz bergan o‘zgarishlar ayni shu hol bilan izohlanadi.
Bu yerda yuqumli kasalliklar bartaraf etilgan bo‘lib, ular odamlar o‘limining asosiy sabablari hisoblanmaydi. Lekin yurak-qon tomir kasalliklari, ruhiy kasalliklar sezilarli darajada ko‘paydi, «sivilizatsiya kasalliklari» deb nomlangan butunlay yangi kasalliklar: rak, OITS va boshqalar paydo bo‘ldi. Bunday kasalliklar, xususan yurak-qon tomir kasalliklari o‘sishining asosiy sabablari kam harakatchan turmush tarzi, semirish, chekish, ruhiy zo‘riqish, stress holatlari ekanligi aniqlangan. Bu hodisalar insonga tabiatning qudratli kuchlarini jilovlash va o‘zini jismoniy mehnatdan asosan xalos etish, mazkur ishni mashinalar, texnika vositalariga yuklab, o‘ziga asosan aqliy mehnat, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini qoldirish imkonini bergan XX asr sivilizatsiyasining rivojlanish mahsulidir.
Ayni paytda shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, XX-XXI asrda yangi kasalliklar soni ko‘payib borsada, kasalliklarga qarshi kurash vositalari ham takomillashib bormoqda. Jumladan, XXI asr fanining eng katta yutug‘i sifatida 2008 yilda nemis olimi Xareld sur Xauzen (1936) ayollarda bachadon saratoni kasalligini “papiloma” virusi keltirib chiqarishini aniqlagan va unga qarshi emlash vositasini yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Dunyo bo‘yicha umumiy saraton kasalligining 5%ini bachadon raki tashkil qilar, va har yili ikki yuz mingga yaqin ayollar shu kasallikdan bevaqt olamdan ko‘z yumar edi. Ushbu kasallikka qarshi vaksinatsiyaning ommalashuvi yuzlab ayollarning sog‘ligi garoviga aylanmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham 2009 yildan 12-14 yoshdagi qizlarda bachadon saratoni kasalligiga qarshi emlash ishlari keng amalga oshirilmoqda. Xareld sur Xauzenning kashfiyoti asr boshining eng buyuk kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Download 229.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling