6-mavzu: globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari. Reja
Download 229.5 Kb.
|
6-Mavzu ma\'ruza matni (фрх)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi
Oziq-ovqat muammosi. Ommaviy kasalliklar va umrning sezilarli darajada qisqarishi sabablaridan biri oziq-ovqat muammosidir. Xususan, surunkali to‘yib ovqat yemaslik va nomutanosib ovqatlanish kam rivojlangan mamlakatlar aholisida ommaviy tarzda namoyon bo‘layotgan muttasil oqsil ochligi va vitamin taqchilligiga olib kelmoqda. Natijada jahonda har yili ochlikdan bir necha o‘n millionlab odamlar, kattalardan ko‘ra ko‘proq bolalar halok bo‘lmoqda.
Oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan mamlakatlar uni import qilishga majbur, lekin bu, odatda, ocharchilikka qarshi kurashda kam samara beradi va bundan tashqari, mazkur mamlakatlarni eksportchilarga qaram qilib qo‘yadi. Shu tariqa g‘alla ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tazyiq o‘tkazishning samarali vositasiga va mohiyat e’tibori bilan, avvalo eng qashshoq mamlakatlarga qarshi «oziq-ovqat quroli»ga aylanadi. Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish va yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish hozirgi davrning global muammolari orasida alohida o‘rin egallaydi, chunki bu yerda vujudga kelgan xalqaro munosabatlar tizimi beqarorlashuvining kuchli omillari yashirinib yotadi. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida yalpi mahsulot ishlab chiqarish o‘sgani holda, boylar va kambag‘allar, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi ulkan tafovut yanada oshdi. Bu muammo ba’zan «boy Shimol» va «qashshoq Janub» o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida ham tavsiflanadi. 1960-yillarda aksariyat mamlakatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustamlaka qaramligidan xalos bo‘lish jarayoni yangi, lekin o‘zgacha tusdagi qaramlik o‘rnatilishiga olib keldi. Urushdan keyingi davrda jahon savdosining o‘sishi va davlatlararo aloqalarning kuchayishi yuz berdi. Ayni vaqtda G‘arb davlatlari iqtisodiyotida monopoliyalashuv jarayoni kuchaydi va transmilliy korporatsiyalar paydo bo‘la boshladi. Ular arzonroq ishchi kuchi topish va atrof muhitni muhofaza qilishga qo‘shimcha xarajatlardan qutulish maqsadida mehnat sarfi katta bo‘lgan va ekologik jihatdan iflos ishlab chiqarishlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport qila boshladilar. Bu hol, bir tomondan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda atrof muhitni himoya qilish uchun ommaviy harakatning faollashuvi va ekologik qonunchilikning yanada keskinlashuvi bilan, boshqa tomondan esa, rivojlanayotgan mamlakatlar o‘zining qashshoqligi tufayli, qat’iy ekologik me’yorlar va bu bilan bog‘liq cheklov choralari joriy etishni o‘ziga doim ham ep ko‘ra olmasligi bilan izohlanar edi. Download 229.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling