6-mavzu: globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari. Reja
Globallashuv va arxitekturaning o‘zaro bog‘liqligi
Download 61.7 Kb.
|
6-mavzu globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- B.Aliyev. Koronavirus – jilovlanmagan ofat. // Xalq so’zi gazetasi. 2020 yil, 28 may.
Globallashuv va arxitekturaning o‘zaro bog‘liqligi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek Globallashuv bugungi kunda butun dunyoni o‘z qobig‘iga o‘rab olagan. Har qanday jarayonning ikkki tolmoni bo‘lgani kabi biz ko‘rib chiqayotgan globallashuv masalasining ham ijobiy ham salbiy tomonlari mavjud.
XX asr insoniyat taraqqiyotida ko‘plab yirik o‘zgarishlar, tarkibiy siljishlar, buhronlar (krizislar) asri sifatida o‘rin oldi. Insoniyat o‘z taraqqiyot yo‘lida hamkorlikda va hamjihatlikda hal etishi lozim bo‘lgan muammolar ko‘lami, sohalari tobora orta bormoqda. Yangi ming yillikda bu o‘zgarishlar yanada chuqurlashuvi va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib borishi tabiiydir. Globallashuv o‘z mohiyati jihatidan koinotimizdagi har bir inson, har bir davlat, qolaversa jahon hamjamiyatini befarq qoldirmaydigan va uni faqatgina xamkorlikdagina hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni o‘z tarkibiga oladi. Hozirgi paydta jamiyatning turli sohalarida tub islohotlar, fan va bilish sohasida esa paradigmal yangilanishlar sodir bo‘layotgan tarixiy davrning guvohi bo‘lib turibmiz. Bunday yangilanishlar iqtisodiy, siyosiy, texnologik madaniy o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu o‘zgarishlar ko‘p qirrali bo‘lib, ular natijasida ijtimoiy makonning mikro, mezo, makro darajalarida ekologik, iqtisodiy. ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-psixologik va boshqa o‘zgarishlar turli tezlik, miqyos, murakkablik yo‘nalishlarida sodir bo‘ladi. Respublikamizda olib borilayotgan yangilanish va modernizatsiya jarayonlari milliy istiqlol g‘oyasi va boy madaniyatimizga, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi. Globallashuv alomatlari qadim zamonlardan beri kuzatiladi. Qadimgi va o‘rta asrlar imperiyalari tarix qatlarida qolib qetgan bo‘lsa-da, o‘sha davrlardagi globallashuv tamoniga bo‘lgan siljishlar saqlanib qoldi. Bunga bir misol Ipak yo‘li bo‘lsa, boshqa misol sifatida Chingizxon imperiyasida barpo etgan pochta xizmatini ko‘rsatish mumkin. Ammo xususiy, tor ma’noda globallashuv, deb eng oxirgi davr yuritiladi. Globalizatsiya 19-asrining 60-yilaridan boshlab yonqin namoyon bo‘ldi. Boshqa fikrlarga ko‘ra globalizatsiya 19-asrning oxirida boshlanib, o‘tgan asrning oxirgi choragida jadallashdi.4 Globallashuv transmamlakat korporatsiyalarining tez sur’atlar bilan kengayishi ortidan xo‘jaliklarning “o‘sish-yo-o‘lish” dinamikasini ifoda etuvchi sistemik tendensiyaning natijasidir, degan fikr bildirilgan.5 O‘z navbatida bu tendensiya trasmamlakat korporatsiyalarning jadal o‘sib borishi bilan bog‘liqdir. Iqtisodiy kontekstda globallashuv tovarlar, sarmoya, xizmatlar va ishchi kuchi oqimini osonlashritish maqsadida davlatlar chegaralaridagi to‘siqlarni bartaraf qilish yoki sezilarli darajada pasaytirishni anglatadi. Tor ma’nodagi globallashuv savdo-sodiq, bevosita chet el investitsiyalari, kapital oqimi, migratsiya orqali mamlakatlar xo‘jaligining bir internatsional xo‘jalikka intregrallashuvni anglatadi. Keng ma’nodagi globallashuvga g‘oyalar, tillar va ommabop madaniyatning mamlakatlararo almashinuvi hamroh bo‘ladi. Endi bevosita globalllashuvning arxitektura va qurilish soxalari bilan o‘zaro bog‘liqligi masalasiga to‘xtalsak. Avvalombor insoniyat o‘z ehtiyojlarini qondira boshlagan davrdan boshlab unda qurilish va arxitektura sohasidagi bilimlar shakillanishni boshlagan. Birgina misr premidalari qurilishini aladigan bo‘lsak undagi arxitektura loyxalarining aniqligi bugungi kunda ham soxa mutaxassislarini lol qoldiradi. Arxitekrura sohasidagi amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyixalar turli ko‘rinishlarida milliy, mintaqaviy hamda global tarzda amalga oshirilmoqda. Milliy global arxitektura namunalarini mamlakatimiz o‘tmishini o‘zida aks ettirgan ko‘kaldosh, registon, ichan qala, moximuborak kabi ko‘plab milliy arxitektura namunalirida ko‘rsak mintaqaviy arxitektura namunalarini Markaziy Osiyo mintaqasining o‘ziga xos iqlim va ananalarida ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Global arxitektura namunalarini bugungi kunda mamlkatimizda amalga oshirilayotgan qurilish bunyodkorlik ishlarida nafaqat milliy annanalriamizga hos bo‘lgan balki jaxon tajribasi bilan uyg‘unlashgan imoratla qurilishida ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bunga birgina misol Poytaxtimiz markazida bunyod etilayotgan Toshkent Siti qurilish majmuasida barpo etilayotgan imoratlarni o‘zi ko‘rsatib turibdi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak globallashuv jarayonida har tomonlama yetuk salohiyatli mutaxassislarga ega bo‘lgan mamlakatning kelajagi buyuk bo‘ladi. 1 Харенберг Б. Хроника человечества. – М.: Слово, 2000. – С.387. 1 Печчеи А. Человеческие качества. – М.: 1980. – С.7 1Karimov I.A. BMT Sammiti mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutq. –T.:. O‘zbekiston, 2010 2 П. Тейяр де Шарден. Феномен человека. – М.: 1987. – С.216. 3 B.Aliyev. Koronavirus – jilovlanmagan ofat. // Xalq so’zi gazetasi. 2020 yil, 28 may. 4 Summary of the Annual Review of Developments in Globalization and Regional Integration in the Countries of the ESCWA Region by the United Nations Economic and Social Commission for Western Asia 5 “Globalisation, the reformist Left and the Anti-Globalisation ‘Movement’”, Takis Fotopoulos, DEMOCRACY & NATURE: The International Journal of INCLUSIVE DEMOCRACY, Vol.7, No.2, (July 2001) http://fayllar.org Download 61.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling