6-Mavzu: Gormonlar,ularnig organizimdagi vazifasi. Organizimning gumoral boshqaruvida garmonlarning tutgan o`rni. Reja


Organizmning o’sish va rivojlanishiga gormonlarning ta’siri


Download 63 Kb.
bet5/7
Sana22.04.2023
Hajmi63 Kb.
#1378399
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-mavzu

Organizmning o’sish va rivojlanishiga gormonlarning ta’siri. Endokrin bezlar tizimi embrional rivojlanishning boshlang’ich davrlaridan boshlaboq o’sayotgan organizmga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Embrional rivojlanish jarayonlaridan boshlaboq ayrim endokrin bezlar faoliyat ko’rsata boshlaydilar. Homilani shakllanishiga ta’sir qiladi (ayrisimon bez, epifiz, me’daosti bezining insulyar apparati, buyrak usti bezining po’stloq qismi).
Postnatal davrida endokrin bezlar organizmning fiziologik funksiyalariga qo’shilish vaqti turlicha: masalan 1 yoshdan 6-7 yoshgacha qolqonsimon bez, epifiz va ayrisimon bez (timus) lar organizmga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bu davrning oxirida gipofizning oldingi qismining faolligi tezlashadi, ularning gormonlari bolalarning jinsiy yetilishi davrigacha to’g’ri chiziqli o’sishning aniqlovchi asosiy omili bo’lib qoladi.
7 yoshdan 15-16 yoshgacha gipofizning funksiyasi keskin tezlashadi, pubertat davrida esa jinsiy bezlarning faoliyati aniq namoyon bo’ladi, murakkab neyrogormonalli o’zgarishlar yuz beradi: epifizning gipotalamusni tormozlovchi ta’siri pasayadi, gipofizdan gonadotrop gormonlarini sekresiyasi tezlashadi, buyrakusti bezi po’stlog’idan ikkilamchi jinsiy belgilarni namoyon bo’lishini ta’minlovchi androgenlarni ishlab chiqilishi tezlashadi.
Gormonlar va jinsiy yetilish

Jinsiy yetilish davri. Jinsiy yetilish davri davomida odam organizmida biologik jihatdan voyaga yetish amalga oshadi. Bolalar rivojlangan jinsiy instinkt bilan dunyoga kelmaydi. Uning uyg’onishi jinsiy yetilish yillarida yuz beradi.
Jinsiy yetilishning boshlanish muddati va uning jadalligi turlicha hamda juda ko’plab omillarga bog’liq: sog’liqni holati, oziqlanish xarakteri, iqlim, maishiy va ijtimoiy –iqtisodiy sharoitlar, irsiy xususiyatlar ham muhim rol o’ynaydi.
Noqulay maishiy sharoitlar, to’la qimmatli bo’lmagan oziqa, unda vitaminlarni yetishmasligi og’ir yoki infeksion kasalliklarni qaytalanishi, jinsiy yetilishni kechikishiga sabab bo’ladi. Katta shaharlarda o’smirlarning jinsiy yetilishi odatda qishloqdagidan ko’ra erta boshlanadi.
O’tish davrida butun organizmni chuqur qayta qurilishi yuz beradi, ya’ni buning bajarilishida bosh rolni asab tizimi o’ynaydi. Bu davrda ichki sekretsiya bezlarining faoliyati jadallashadi. Gipofizning gormonlari ta’sirida tana uzunligiga o’sadi. Bundan tashqari gipofiz qolqonsimon bez faoliyatini stimullaydi, ayniqsa qiz bolalarning jinsiy yetilish davrida qalqonsimon bez sezilarli darajada kattalashadi. Gipofizning faolligini ortishi buyrakusti bezlarining faoliyatini tezlashishiga olib keladi, jinsiy bezlarning jadal faoliyati boshlanadi, jinsiy gormonlar ishlab chiqiladi. Vegetativ asab tizimining qo’zg’aluvchanligi ortadi.
Jinsiy va boshqa endokrin bezlar gormonlari ta’siri ostida jinsiy organlarning va jinsiy bezlarning to’lig’icha shakllanishi yuz beradi, Ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi boshlanadi va shu belgilar bilan bir jins ikkinchisidan farq qiladi (jinsiy bezlar birlamchi jinsiy belgilarga kiradi).
Qiz bolalarda tana konturlari aylana shaklini oladi, teriosti kletchatkasida yog’larning o’tirishi tezlashadi, ko’krak bezlari kattalashadi va rivojlanadi, tana suyaklari eniga kengayadi.
O’g’il bolalarda yuz va tananing boshqa qismlarida junlar o’sa boshlaydi, tovush buziladi, urug’don suyuqligining yig’ilishi va kechalari uning xohishiga bog’liq bo’lmagan holda o’z-o’zidan qo’yilishi (kollyusiya) boshlanadi. Ikkilamchi jinsiy belgilarning to’liq rivojlanishi jinsiy yetilish davrigacha borib qadaladi.
Qiz bolalarda jinsiy yetilish o’g’il bolalardan oldin boshlanadi. 7-8 yoshdan keyin ularda yog’ kletchatkasi ayollar tipiga xos holda rivojlanadi: yog’lar sut bezlarida, sonda, qo’ymichlarda o’tiradi, shundan tana shakli ayniqsa son va gavda so’ngra yelka oblasti va qo’l aylana ko’rinishni oladi.
Qizlarda 13-15 yoshdan boshlab qovuq ustida va qo’ltiqosti chuqurchalarida junlar chiqadi va tana uzunligiga juda tez o’sadi.
Jinsiy organlarda o’ziga xos o’zgarishlar uchraydi: bachadonning o’lchami kattalashadi, tuxumdonlarda follikulalar yetiladi, menstruasiya boshlanadi. 16-17 yoshda ayollar tipidagi skeletning shakllanishi asosan tugaydi. 19-20 yoshli qizlar uchun menstrual funksiyaning tiklanishining oxirgi muddatidir va butun organizmning anatomik va fiziologik yetilishining boshlanishidir.
O’g’il bolalarda jinsiy yetilish 10-11 yoshdan boshlanadi, bu vaqtgacha jinsiy a’zoning va moyaklarning o’sishi tezlashadi. 12-13 yoshlarda halqumni shakli o’zgaradi va tovush dag’allashadi. 13-14 yoshda skelet erkaklar tipiga o’xshab shakllanadi: 15-16 yoshdan boshlab qo’ltiq tagida va qovuq ustida junlar o’sadi, ular yana yuzda ham (soqol, mo’ylov) ko’rinadi, moyaklar kattalashadi, o’z-o’zidan spermaning chiqarilishi boshlanadi. Antropologlarning oxirgi ma’lumotlariga ko’ra erkaklarda to’lik suyaklanish 24 –yoshga kelib tugallanadi – bu esa ularning jismoniy jihatdan yetilganlik tamoyilidir.
Yosh bolalar organizmida kechayotgan o’tish davrining murakkab jarayonlarini faqat jinsiy organlarda yuz beradigan o’zgarishlar bilan tushuntirib bo’lmaydi. Butun organizm qayta tashkil bo’ladi, u juda tez rivojlanadi, ichki organlar kuchli ishlay boshlaydi, o’smirning ruhiy holati o’zgaradi.
Jinsiy yetilish davri bola organizmining sifati jihatdan rivojlanadigan, nisbatan uzoq muddat davom etuvchi davridir. Bu rivojlanish bir tekis kechmaydi. Bu davrda bir jarayon ikkinchisidan oldin-keyin kelishi kuzatilib, bolani tashqi ko’rinishidagi garmoniyalar vaqtincha buziladi, uning kayfiyati, xulqi va ichki organlar faoliyatida ham o’zgarishlar yuz beradi. Qo’l va oyoqlarning o’sishi gavdani o’sishidan yuqori bo’ladi, harakatlar burchaksimon o’quvsiz bo’lib qoladi. Bu ko’rinishlar markaziy asab tizimining harakatlarni koordinasiyalovchi funksiyasida yuz beradigan o’zgarishlar hisobiga kelib chiqadi. O’smir o’zining o’quvsizligini tushunib diqqatini shunga qaratishi tufayli, o’zini yanada noqulay ahvolda sezadi. Shu bilan bir qatorda muskullarning kuchi ortadi, ayniqsa bu holat bolani jinsiy yetilish davrining oxirida yaqqol ko’zga tashlanadi: bola tug’ilganidan 8 yoshgacha muskullarning kuchi bor-yo’g’i 4 % ga ortsa, 15 dan 18 yoshgacha muskullarning massasi 12 % ga ortadi.
O’g’il bolalarda muskullar kuchining ortishi tufayli uni mashqlar bajarishga majbur etadi. Bu energiyani foydali ishga yo’naltirish foydadan xoli bo’lmaydi.
Skelet suyaklari va mushaklar tizimining o’sish jadalligi ortidan o’smirlarning ichki organlari –yurak, o’pka, me’da-ichaklar tizimi doimo ham o’sib ulgura olmaydi.
Tomirlarni o’sishidan yurakni o’sishi ilgarilab ketadi, natijada qon bosim ko’tariladi va eng avvalo yurakni o’zini ishini og’irlashtiradi. Bundan tashqari jinsiy yetilish davridagi butun organizmning jo’shqin qayta qurilishi, yurakni yuqori darajada ishlashga majbur etadi. Yurakni yetarli darajada ishlamasligi (o’smirlar yuragi) ko’pchilik holatlarda bosh aylanishiga, qo’l va oyoqlarning ko’karishi va sovushiga olib keladi. Ana shundan o’g’il va qiz bolalarda bosh og’rig’i, juda tez charchash, va vaqti – vaqti bilan holsizlanish davrlari kuzatiladi, nihoyat miya qon tomirlarini spazmasi tufayli hushdan ketish holatlari ham ko’zga tashlanadi. Jinsiy yetilish davri tugashi bilan bunday buzilishlar odatda izsiz yo’qoladi.
Jadal o’sish, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining keskin tezlashishi organizmdagi strukturaviy va fiziologik o’zgarishlar markaziy asab tizimining qo’zg’aluvchanligi juda kuchli ortadi.
O’smirlarning his-hayajoni, harakatchan, o’zgaruvchan, qarama-qarshidir, yuqori darajadagi sezuvchanlik, qaysarlik, qo’rslik bilan birga kechish hollari ham kuzatiladi, uyaluvchanlik esa o’ta o’zbilarmonchilik bilan gapga quloq solmaslik va ota-ona yordamini inkor etish, bo’ysunmaslik sifatida namoyon bo’ladi.
Bu davrda ayrim hollarda ish qobiliyatini pasayishi, nevrotik reaksiyalar, juda tez achchiqlanish, yig’loqilik (ayniqsa qizlarda mensturatsiya davrida) kabi holatlar kuzatiladi.
Jinslar orasidagi munosabatlarning yangi-yangi mezonlari yuzaga keladi. Qiz bolalarda o’zining tashqi ko’rinishiga qiziqish uyg’onadi. O’g’il bolalar esa o’z kuchlarini qiz bolalar oldida ko’rsatishga harakat qiladi. Dastlabki «muhabbat iztiroblari» ayrim vaqtlarda o’smirlarni tinch hayotini buzib qo’yishi mumkin, ular odamlarga aralashmay, darslarni o’zlashtirmay qo’yadi.
O’tish davrida bolalarga ota-onalar va pedagoglar tomonidan ayniqsa sezilarli e’tibor bo’lishi zarur. O’smirlarni organizmida yuz berayotgan bunday murakkab o’zgarishlarni deb ularni diqqatini atayin tortmaslik kerak, lekin bu o’zgarishlar biologik qonuniyatlar asosida yuz berayotganligini tushuntirish zarur.
Ota-onalar, pedagoglarni o’smirlar o’zlarini-do’stlari holida ko’rishlari va ularga yuz berayotgan o’zgarishlar haqida so’rab surishtirish imkoniga ega bo’lishlari kerak. Bunday holatlarda tarbiyachining san’ati yoki tajribasi bolalarni seksualli iztiroblarga bo’lgan ishtiyoqini so’ndirish uchun turli-tuman shakldagi faoliyat turlarini o’ylab topishga qaratilishi kerak. Bularning hammasi asosan o’qishga, mehnatga va talabaning xulqiga qaratilishi kerak.
Shu bilan birga voyaga yetgan odamlarning fikri o’smirlarning harakatlariga va faoliyatiga nisbatan hurmat va qo’llab-quvvatlash ruhida bo’lib, ularni to’g’ri axloqiy yo’lga solishdan iborat bo’lishi kerak. Chunki o’zining qobiliyatini va o’zbilarmonligini doimiy ravishda yuqori darajada baholash o’smirlarga xos xususiyatdir. Bu ham o’tish davrining asosiy xususiyatlaridan biridir.
Jinsiy yetilish davrida yosh bola organizmining jismoniy jihatdan mo’tadil rivojlangan bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun turli-tuman, katta miqdorda dormon dorilar saqlovchi oziq-ovqatlar zarur, hamda uzoq muddatli sayr, sport bilan shug’ullanish talab etiladi.

Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling