6-Mavzu: Gormonlar,ularnig organizimdagi vazifasi. Organizimning gumoral boshqaruvida garmonlarning tutgan o`rni. Reja


Download 63 Kb.
bet1/7
Sana22.04.2023
Hajmi63 Kb.
#1378399
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-mavzu


6-Mavzu: Gormonlar,ularnig organizimdagi vazifasi.Organizimning gumoral boshqaruvida garmonlarning tutgan o`rni.
Reja:
1.Gormonlarning organizimdagi vazifasi.
2.Gormonlarning joylashuvi.
3.Gormonlarning ahamiyati
Tayanch tushunchalar: Epifiz, gipofiz, qalqonsimon bez, me’da osti bezi, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar, gormon, sekretsiya, endokrin bezlar, bazed, miksidema, insulin, tiroksin, glyukogen, kortikosteroid.
Gormonlar haqida tushuncha. Gormonlar – ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqiladigan maxsus fiziologik faol moddalardir. Gormonlar yuqori biologik faollikga ega. Demak 1 g adrenalin (buyrakusti bezi gormoni) 100 mln.izolyatsiya qilingan baqalar yuragini faoliyatini stimullashga qodir bo’lsa, 1 g insulin (me’daosti bezi gormoni) gormoni 125000 quyon qonidagi qand darajasini pasaytirish qobiliyatiga egadir. Gormonlarning molekulasining o’lchami unchalik katta emas, bu esa ularni qon tomirlari devorlaridan to’qimalarga o’tishni ta’minlaydi. Bundan tashqari molekulalarning kichik o’lchamda bo’lishi o’larning to’qimalar membranasidan chiqish imkonini beradi.
Gormonlar to’qimalarda juda tez parchalanadi, shu sababli ularni doimiy ta’sirini ta’minlash uchun doimiy ravishda qonga ajralib turishi kerak. Faqat ana shunday holda qondagi gormonlar konsentrasiyasini doimiy holda saqlab turish mumkin.
Gormonlar nisbatan turga xos spesifiklik xususiyatiga ega, bu esa muhim ahamiyatga ega, chunki odam organizmidagi u yoki bu gormonni yetishmasligini hayvonlarni shunga mos bezlaridan olinadigan gormonal preparatlarni kiritish yo’li bilan kompensatsiya qilish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda ko’plab gormonlarni faqatgina ajratibgina qolmay, balki ulardan ayrimlarini sintetik yo’l bilan olish imkoni ham yaratildi.Ular o’zlarining kimyoviy tuzilishi bo’yicha polipeptidlarga kiradi (insulin va gipofizning ko’pgina gormonlari).
Qalqonsimon bezning gormonlari - tiroksin va triyodtreonin hamda buyrak usti bezining mag’iz qavatidan ishlab chiqiladigan adrenalin va noradrenalin gormonlari aminokislotalarning hosilalari hisoblanadi. Buyrak usti bez po’stloq qismining va jinsiy bezlarning gormonlari tabiati bo’yicha steroidlar hisoblanadi.

Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling