6-Mavzu: Gormonlar,ularnig organizimdagi vazifasi. Organizimning gumoral boshqaruvida garmonlarning tutgan o`rni. Reja
Download 63 Kb.
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gormonlarning ta’sir mexanizmi.
Gormonlarning ahamiyati. Gormonlar moddalar almashinuviga ta’sir qiladi, hujayralar faoliyatini boshqaradi, hujayralar membranasi orqali moddalar almashinuvi mahsulotlarini o’tishini ta’minlaydi. Gormonlar nafas olishga, qon aylanishiga, ovqat hazmiga, ta’sir ko’rsatadi, ko’payish funksiyasi ham gormonlar ajralishi bilan bog’langan.
Organizmning o’sishi va rivojlanishi, turli yosh davrlarining almashinishi, ichki sekretsiya bezlari faoliyati bilan bog’liq. Gormonlar to’qimalarning o’sishi va tabaqalanishiga ta’sir ko’rsatadi. Gipofizning oldingi qismini funksiyasini pasayishi natijasida organizmdagi oqsillar sintezi keskin pasayadi va buning natijasida organizm o’sishdan to’xtaydi.Qolqonsimon bez gormonlarining yetishmasligi natijasida to’qimalarning tabaqalanishi buziladi. Bunga juda yengil ishonch hosil qilish mumkin, agar it baliqning qalqonsimon bezi olib tashlanganda, itbaliq o’sadi. Lekin uning metamorfozi yetilgan baqaga aylanishi yuz bermaydi. Jinsiy bezlarning rivojlanishi to’xtatilganda ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi kechikadi yoki zaif rivojlanadi, gipofizning gonadotrop gormonlarining yetarlicha ishlab chiqilmasligi jinsiy bezlarning yetilishini va spesifik jinsiy hujayralarning hosil bo’lishini buzadi. Qolqonsimon bezning yod saqlovchi gormonlari regeneratsiya jarayoniga stimullovchi ta’sir ko’rsatadi. Ularning ta’siri ostida teri va muskullarning jarohatlari va singan suyaklarning bitishi tezlashadi. Gormonlarning ta’sir mexanizmi. Gormonlarning ta’sir mexanizmi haligacha to’liq aniqlanmagan. Gormonlar o’z ta’sirini organizmga hujayra membranalaridan o’tishini o’zgartirish yo’li bilan va hujayra yadrolaridagi genetik jarayonlarni stimullash yo’li bilan ferment tizimlarini faollashtirish yoki to’xtatish yo’li bilan ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaydilar. Gormonlar fermentlarga qo’shilib ularningg buzilishini o’zgartiradi va bu bilan fermentativ reaksiyalarning kechishiga ta’sir qiladi degan taxminlar ham bor. Lekin gormonlarning bunday mexanizmlar ta’siri ularning ayrimlari uchungina ko’rsatilgan. Me’daosti bezining gormoni insulinning hujayra membranalaridan glyukozaning o’tish xususiyatiga ta’siri juda yaxshi o’rganilgan, ya’ni insulin membranalarni o’tkazuvchanlik xususiyatini yaxshilaydi. Xuddi shunday xususiyatga jinsiy gormonlar va o’sish gormoni ham egadirlar. Lekin buyrakusti bezining po’stloq qismining gormonlari; gidrokortizon va kortikosteronlar hujayra membranalarining o’tkazish xususiyatini pasaytiradi. Deyarlik barcha gormonlar, hujayralarning genetik apparati orqali ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega (me’da osti bezi, qalqonsimon bez, buyrakusti, jinsiy bezlar, gipofizning gormonlari) va nuklein kislotalar oqsillarni sintezlanishida ishtirok etadi. Masalan insulin glyukozaning parchalanishini bajaruvchi fermentlarni sintezlanishida faol ishtirok etadi. Bu gormonning taqchilligi paytida glyukozaning parchalanish jadalligi juda pasayib ketadi, bu esa o’z navbatida qon tarkibida glyukozani miqdorini ortishiga olib keladi. Ko’pchilik steriodli gormonlar axborotchi RNKning sintezlanishini tezlashtiradi va shu yo’l bilan oqsillar va ayrim oqsil-fermentlarni sintezlanishini faollashtiradi. Ayrim gormonlar hujayra yadrosiga kirib xromatin (oqsil va DNK kompleksi) bilan bog’ hosil qiladi, ya’ni genetik material bilan birikadi va irsiy axborotlarning navbatma navbat va to’liq namoyon bo’lishini boshqaradi. Download 63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling