6-mavzu: guruhga psixoanalitik jihatdan yondashuv reja


Kollaj texnikasini qollash bosqichlari


Download 28.46 Kb.
bet3/3
Sana29.03.2023
Hajmi28.46 Kb.
#1307518
1   2   3
Bog'liq
6-mavzu guruhga psixoanalitik jihatdan yondashuv reja

Kollaj texnikasini qollash bosqichlari.
Tayyorlov bosqichi. Bu bosqich o'z ichiga kollaj texnikasi bilan tanishuv, uning yaratilishi uchun materiallarni tayyorlash (vatman, jurnallardan, kesib olingan materiallar, yelim, qaychi, flomaster)ni oladi. Maskur bosqichning asosiy maqsadi - ishni tashkil etish va ijodiy ustanovkani yaratishdir.
Instruktiv bosqich - kollaj yaratishning boshlang'ich qismi bo'lib bir tomondan vazifa mavzusining tushunarli va aniq tushuntirishni taqozo etsa, ikkinchi tomondan, xavfsizlik, ishonch hissini bag'ishIovchi ijodiy muhitni yaratish bilan belgilanadi. Ijobiy munosabatlar ish jarayonidagi tanqidiy tanbehlarning bo'lmasligi, ishning boshlang'ich bosqichida ijobiy baholash, jurnal, rasm, tasvir va yozuvlami tanlashdagi ixtiyoriylik ushbu bosqichidagi muhim qadamlardir.
Psixologning asosiy ustanovkasi: Siz xohlagan ishingizni bajarishingiz “mumkin”, noqulayliklarni yuzaga kelmasligi uchun psixolog guruh aъzolaridan tartiblikni, tozalikka roiya qilish, tinchlikni saqlash kabi buyruqlardan o'zini tiyishi, aksincha, ochiqlik va ijodiy tartibsizlikni qollab turishi lozim. Bu ishtirokchilarga o'zlarini tinch va erkin his etishlariga hamda ishga bajonidil kirishish imkonini beradi.
Vazifani bajarilish bosqichida psixolog guruh ishini kuzatib borishi mumkin. Shu o'rinda u yo passiv kuzatuvchi sifatida namoyon bolib, o'zining jarayonga bolgan taъsirini kamaytirishga harakat qiladi. Kerak bolgandagina, baъzi hisobot yoki bayonnomalarni amalga oshirishi mumkin yoki faol kuzatuvchi bolib, guruhlar bilan o'zaro aloqaga kirishadi, o'z fikriarini bildiradi, o'z g'oyalari bilan qollab quvvatlab turadi. Baъzi hollarda, agar psixolog oldida faqatgina guruh aъzosi bolibgina hal etishi mumkin bolgan vazifa tursa, masalan, psixologik jamoani jipslashtirish, u qo'yilgan vazifani ijodiy jarayonni bevosita ishtirokchisi sifatida hamma bilan birga bajarishi mumkin.
Muzokara va tahlil bosqichi o'z ichiga quyidagilami kiritadi: birinchidan, ishchi guruh bilan birga ifoda etish, bunda ular kollajning asosiy g'oyalarini taъriflab, o'zlarini uning yaratilishdagi fikrlari va kechinmalarini guruh ishining hususiyatlari (guruhli qarorni qabul qilinishi, guruhdagi munosabatlar, munozarali masalalarni hal etilishini) so'zlab beradilar. Ikkinchidan, boshqa guruh ishtirokchilarining qayta aloqasi, ularning kollajni yaxlit holda yoki alohida qismlarini tushunish. Pedagog-psixolog bu bosqichda ishtirokchilarni muzokaraga chorlaydi, ularni o'z fikriarini bayon etishga yo'naltiradi, guruhiy muzokarani tashkil etib, u o'z oldiga qo'ygan vazifalardan kelib chiqqan holda suhbatni kerakli maqsad tomon yo'naltiradi, Masalan, agar asosiy vazifa jamoaning jipslashuvi bilan belgilansa, psixolog savollari ham- koplikdagi faoliyatga ko'maklashuvchi mexanizmlar, strategiya va tantanalar masalasiga qaratiladi.
Kollaj interpritaisiyasi, tahlilning muhim qismi bolib, u psixologik tomondan qayta aloqa sifatida beriladi hamda psixoterapevtik vazifani bajaradi, U bir kishi yoki guruh muammosini hal etishga yo'naltiriladi. U yumshoq tarzda, ijobiy baho, qollab-quvvatlash ruhida bolishi kerak.
Psixolog kollaj texnikasidan psixodiagnostik maqsadlarda yaъni shaxs va guruh haqida axborot olish uchun foydalanishi mumkin.
Art therapy ning yana ko'pgina usullari ham mavjud bo'lib, bularga:
-izotopiya - bo'yash va chizish;
-rang terapiyasi - odamga turli xil rang farqlari orqali ruhiga taъsir qiladi;
-turli xil kompozitsiyalarni tinglashdan iborat musiqa terapiyasi;
-qum terapiyasi - qum bilan chizish;
-video terapiyasi - bu qahramon bir xil muammolarni aks ettirgan videoni ko'rishni anglatadi;
-o'yin terapiyasi - o'yin jarayonida zarur aqliy vazifalar shakllanadi;
-biblioterapiya - bu usul so'zli davolash uchun adabiyotlardan foydalanadi;
-ertakterapiya - ertaklarning tarkibi, mavjud bo'lgan ishlarning tahlili;
-maskoterapiya - bemorning yuzining miqyosi belgisi qo'llaniladi, bu o'z his-tuyg'ularini va tajribalarini zarur yo'lga yo'naltirish imkonini beradi;
-fototerapiya - fotosuratlar, kollajlar yaratish;
-raqs terapiyasi–jismoniy harakatlar orqali vujudga kelgan muammolarni chiqarib yuborish.
Download 28.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling