6-mavzu: hozirgi davrda jahon mamlakatlarida


Download 362.31 Kb.
bet2/2
Sana30.05.2020
Hajmi362.31 Kb.
#112257
1   2
Bog'liq
6 - Маъруза (1)


Fransiyada ta’lim tizimi

Fransiya ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta’lim haqida»gi Qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga qator o’zgartirishlar kiritilgan.

Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta’lim haqida»gi Qonuni 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo’lib, uning o’zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro’y bergan o’zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi islohatlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg’or tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o’quv predmetlarining integratsiyalari va boshqalar sabab bo’ldi.

Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o’quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o’rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu yerda:



  1. Davlat maktablari;

  2. Xususiy maktablar;

  3. Oraliq maktablari mavjud.

O’qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o’qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo’lib hisoblanadi. Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. O’rtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsning davomiyligi esa 60 minut. O’quv yili 5 chorakka bo’linadi. Fransuz maktablari boshlang’ich sinflarida o’qish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga bo’linadi. Ertalab o’quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Matematika, ona tili va adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.

Fransiya ta’limida bolalarning go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o’rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo’lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.

Fransiyada boshlang’ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. O’quv mashg’ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang’ich sinflarda o’qish uch bosqichda amalga oshiriladi:


  1. Tayyorlov bosqichi;

  2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);

  3. CHuqurlashtirilgan bosqich.

Dasturlarda o’quv predmetlarning barchasiga uch bosqich bo’yicha aniq, alohida-alohida talablar qo’yiladi.

1990 yildagi hukumat qarorida bolalarni bilimiga, qobiliyatiga qarab dars jadvalini tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi berildi.

O’quvchilar 11 yoshda boshlang’ich maktabni tugallab o’rta maktabga o’tadilar. O’rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O’rta ta’lim ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo’lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5-4 o’rta sinf, 3-sinf esa katta sinf hisoblanadi. Demak sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 6-5 sinflar umumiy o’rta ta’lim, 4-3 sinflar esa o’quvchilarning moyilligiga qarab beriladi. Bu birinchi bosqichni tugatgach, o’quvchilar kasbiy yo’nalishlari bo’yicha guvohnoma oladilar. So’ngra ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqichda 15-18 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar. Ular uch yil o’qib bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunda diplom olgan o’quvchilargina oliy o’quv yurtlarga qabul qilinish huquqiga ega bo’ladilar. Fransiyada talabalar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko’riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo’lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi.

Oliy ta’lim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi.

Birinchi turkum: umumiy bo’lib, o’qish muddati ikki yil davom etadi.

Ikkinchi turkum: o’qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi bilan yakunlaydi.

Uchinchi turkum: o’qish 1—2 yil davom etadi. Bu siklda:


  • biron bir predmetni chuqurlashtirib o’rganilganligi haqida diplom 1 yil;

  • ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to’g’risida diplom 1-yil;

  • uchinchi turkum doktorlik dissertatsiyasi 1—2 yil;

  • davlat doktorlik dissertatsiyasi biron-bir sohani mukammal o’rganib dissertatsiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.

Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko’rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O’qish muddati 2 yil bo’lib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko’zda tutadi.

Sirtqi ta’lim shoxobchalari juda keng bo’lib, u 500 turdagi o’rta, oliy professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi.

Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o’qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o’rganadi. O’qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o’tadilar. Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. SHu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, yetuk rahbar sifatida faoliyat ko’rsata olmasa, u bu lavozimidan olib tashlanadi. Maktab o’quvchilariga qo’yilgan talab Fransiyada o’ta yuqori. Ayniqsa, boshlang’ich maktablarda o’qituvchi o’z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo’lmog’i lozim.

O’qituvchilar o’z nazariy — uslubiy malakalarini oshirishga ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o’tish uchun aniq muddat belgilab qo’yilmagan. O’qituvchilar o’z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtihon topshiradilar.

Shu imtihonlar davrida o’qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o’z vaqti va mablag’lari hisobiga malaka oshiriladi.

2000 yilda Fransiya maktablaridagi ahvol sinchiklab o’rganilib, o’quvchilarning ko’pchilik darslarga kirmay boshqa ishlar bilan mashg’ul bo’lib yurishi aniqlangach, bu kamchilikni tuzatish uchun jiddiy choralar ko’rilmoqda. Politsiyani bu ishga jalb etib, dars vaqtida boshqa joylarda yurgan bolalarni tutish, ularga jarima solish va maktabga eltib qo’yish yuklatiladi. O’z farzandlarini maktabga yubormogan ota-onalarni esa sud hukmi bilan jazolanadi. Unda hatto qamoq jazosi ham belgilab qo’yilgan. CHunki aynan darsga qatnashmay yurgan bolalar o’rtasida narkomaniya va huquqbuzarlik kabi holatlar ko’p uchraydi. Umuman Fransiyada ta’lim tizimini rivojlantirish uchun bu yil juda katta mablag’ ajratilgan.



Germaniyada ta’lim tizimi

Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog’chalarni mablag’ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog’chalariga o’z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul to’laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog’chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog’chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo’ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog’chalar ham



Germaniya ta’lim tizimi:
1.Maktabgacha tarbiya tizimi 2-6 yosh
2.Boshlang’ich maktab 6-10 yosh
3.O’rta ta’lim
A)Gimnaziya 10-18 yosh
B)Real bilim yurtlari 10-16 yosh
C)Maxsus maktab.
4.Kasb hunar ta’limi.

5.Oliy ta’lim.



1.10-chizma

Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda to’la haftalik o’qishda o’qiydi. O’qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar ozroq. O’qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang’ich maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish bosqichidagi maktabga o’tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqichidagi yo’nalish maktablarda maxsus dastur asosida o’qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko’chadilar: bular — asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o’tadi. 9 yoki 10 yillik o’qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o’tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo’lgan bolalar o’qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o’rtasida turadi. Qoidaga ko’ra bu yerda o’qish 6 yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va to’la o’rta ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o’rta maxsus o’quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o’qish huquqiga ega bo’ladi. Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o’z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy o’quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi yetuklik attestati oliy o’quv yurtida o’qish imkonini beradi. Germaniya ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo’lgan talab kuchlidir. To’liqsiz o’rta maktabni bitiruvchilarning esa 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o’qish muddati 3—3,5 yilni tashkil etadi. O’qish uch bosqichdan iborat bo’lib, birinchi yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o’qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O’quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o’tishi sinov imtihonlari o’tkazilib o’qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi.. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi mutaxassislari, federal yerlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o’quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. O’qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to’g’risidagi hujjatga asosan oshiriladi.



1.11-chizma

Oliy maktab o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o’quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O’z-o’zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o’qituvchilar, o’quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o’qishi erkin tashkil etilgan. Ko’p sonli o’quv bosqichlari bilan birga o’quv rejalari taklif etiladi. O’qishga haq to’lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat harajatlarini ko’tara olmasa o’qish uchun moliyaviy yordam ko’rsatish to’g’risidagi federal qonunga ko’ra ular moliya yordamida oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo’shib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi.

Mamlakatda ta’limning isloh qilish masalasi ko’pdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda o’quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o’qiydi. Ular o’qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.

Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo’lib, ular partiya va dindan tashqari muassasa. Ularning ko’pchiligi kechki bo’lib, faqat 1989 yilda universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag’batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag’ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o’qish davrida tinglovchilarga mablag’ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o’z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko’proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. YArim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta’minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. yevangel cherkovi o’zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular bo’yicha konferensiyalar tashkil etadi.

Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar.



Oliy o’quv yurtlarida tadqiqot bilan shug’ullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. O’tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, o’shandan beri «Tadqiqot va o’qitish birligi» ularning hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o’quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo’nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bo’lib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo’lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


  1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim yo’nalishlari qanday belgilangan?

  2. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi tahlim — tarbiya, maktab va maorif taraqqiyotining asosiy yo`nalishlarini sharxlab bering ?

  3. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi «ta’limni tabaqalashtirish» usullarini izoxlab bering ?

  4. AQShda ta’lim tizimi qanday tashkil etilgan?

  5. Yaponiya ta’lim tizimi haqida gapirib bering.

  6. Yaponiyada o`qituvchi kadrlar tayyorlash masalasini izoxlang ?

  7. Janubiy Koreyada ta’lim tizimi qanday tashkil etilgan?

  8. Fransiyadagi ta’lim tizimini so’zlab bering.

  9. Germaniya ta’lim tizimi qanday tashkil etilgan?

  10. O’zbekistonda xorijiy mamlakatlar tajribasidan qanday foydalanish mumkin?

Download 362.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling