6-mavzu: ijtimoiy pedagogika asoslari asosiy savollar


Bolalar ichkilikbozligi - ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida


Download 56.4 Kb.
bet10/13
Sana27.03.2023
Hajmi56.4 Kb.
#1300299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-mavzu Ijtimoiy pedagogika asoslari

Bolalar ichkilikbozligi - ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida
Bugungi kunda bolalar alkogolizmi eng jiddiy ijtimoiy-pedagogik muammolaridan biridir. Bu muammo madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarga ega. Bu muammoga qarshi kurashishda samarali chora-tadbirlar kurishda bu muammoning tarixini bilish muhimdir. Spirtli ichimliklarni iste'mol qilish odati 8 ming yil ilgari vujudga kelgan. Arab kimyogari Albukazis Koza tomonidan ishlab chiqilgan turli o‘simlik moddalarining achishi sababli hosil bo‘ladigan etil spirti keng tarqalib iste'mol etila boshlandi. Aroq VI asrda kashf etilgan. Aroq benedektin-manaxi tomonidan barcha monastirlarda tarqatila boshlandi. Hokimlar hamma vaqt ichkilikbozlikka qarshi kurashib kelganlar. Spirtli ichimliklarni sotishni mann etuvchi qattiq qarorlar chaqarib, nazorat qilganlar. Ivan Grozniy, Boris Godunov, Ekaterina II lar davrida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish va tarqatishga qarshi chiqargan farmonlari bu ichimliklarning to‘la yo‘qotilishiga erishilmadi va aholining ichkilikbozlik muammosi hal etilmadi. Bunga qator sabablar ham mavjud edi. Birinchisi - ichkilikbozlik odamlarni jamiyatda mavjud muammolardan chalg‘ituvchi voqelik sifatida o‘rin tutardi. Ikkinchi sabab - spirtli ichimliklarni sotishdan davlatga katta moddiy manfaat bor edi va mavjud. Sobiq Ittifoq davridagi statistik hisobotlarda, 1980 yil 1950 yilga nisbatan, 10,4 barobar ortiq spirtli ichimliklar ko‘proq iste'mol qilingan. Bu ma'lumotga uyda tayyorlangan aroq, musallas va sharoblar kiritilmagan. Sotsiologlarning fikricha, jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, har yili jon boshiga 8 litr spirtli ichimligi to‘g‘ri keladi. Bu millatlarning genofondi o‘zgarishiga olib keladi. Bu holatda sog‘lom bolalarga nisbatan ruhiy, jismoniy og‘ishgan, nosog‘lom bolalarni spirtli ichimliklarga juda yosh davrlaridan va tez o‘rganib qolishi juda xavotirli omillardandir. Alkogolizmning bir necha belgilari mavjud. Tibbiy nuqtai nazardan alkogolizm surunkali kasallik bo‘lib, davolanishi zarur. Ijtimoiy jihatdan alkogolizm - shaxsni deviant (xulqiy og‘ishganlik) hulq-atvorining shakli bo‘lib, shaxsni ijtimoiy degradatsiyalash, spirtli ichimlikka qarshi davolash patologiyasi bilan xarakterlanadi.
Alkogolizm rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida insonalohida kasalmand ahvolga tushadi. Doimiy ravishda spirtli ichimliklarni iste'mol qilish natijasida kasallik rivojlanib ichkilikbozlik deb nomlanuvchi holatga olib keladi. Bu ikki ichkilikbozlik va alkogolizm holati bir-biri bilan o‘zaro aloqador bo‘lib, quyidagi holatlarga sabab bo‘ladi: jinoyatchilik, huquqbuzarlik, ijtimoiy parazitizm (tanballik), ma'naviy ahloqsizlik, hulq-atvor buzuqligi, o‘z- o‘zini o‘ldirish. Bolalar alkogolizmiga 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlardagi kasallikning birinchi ko‘rinishldari kiritiladi. Kattalarga nisbatan bolalar alkogolizmi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
Spirtli ichimliklarga tez o‘rganib qolish. Agar kattalarda ichkilikbozlikdan alkogolizmgacha bo‘lgan davr5-10 yil bo‘lsa, bolalarda surunkali alkogolizmga o‘tish 3-4 marta tezroq yuz berishi mumkin. Bu bolalar organizmining anotomik-fiziologik tuzilmasiga bog‘liq. Деградация - (французча degradation) - доимий ёмонлашиш, OFирлашиш, тушиш, хдракатнинг орцага кетиши
Bolalar miyasi kattalardan farqli ravishda, suvga boy, oqsilning kamligi, suvda esa alkogol yaxshi erishi va organizmga tez singishi, uning 7 % foizi faqatgina o‘pka va jigarda qolishiga olib keladi. Qolgan 93 % barcha organ va tizimlarni ishdan chiqaruvchi zahar sifatida tarqaladi. Bola bu zaharga tezda o‘rganib qolishiga olib keladi.

Download 56.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling