6-mavzu: ijtimoiy pedagogika asoslari asosiy savollar
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
Download 56.4 Kb.
|
6-mavzu Ijtimoiy pedagogika asoslari
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
Mustaqillik yillarida barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'lim-tarbiya va oila tarbiyasini tashkil etishda ham muhim o'zgarishlar yuz berdi. Mavjud sharoitda oilada bolalar tarbiyasini tashkil etishda muayyan qiyinchiliklar ko'zga tashlanmoqda. Bular quyidagilardan iborat: ota-onalarning pedagogik bilimlardan etarli darajada xabardor emasliklari; o'tish davri sharoitida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar natijasida maktab yoshi bolalarning muayyan qismining bozor bilan bog'lanib qolib, o'qishga bo'lgan qiziqishlarining susayganligi; zamonaviy axborot vositalari, shu jumladan, kopyuterning ijtimoiy hayotga tobora chuqur kirib borayotganligi, natijada uning ijobiy ta'siri bilan birga bolalarda badiiy adabiyotlarni o'qishga bo'lgan qiziqishlarining sezilarli pasayishi; axborot vositalari sahifalarida jangari kayfiyatdagi tomoshalar sonining ortib borayotganligi va buning oqibatida bolalarda berahmlilik kayfiyatining paydo bo'layotganligi; 5.o'quvchilarning o'quv adabiyotlari bilan to'la qurollantirilmaganligi; noto'liq oilalarning mavjudligi hamda ular sonining ortib borayotganligi va hokazolar. Oilaning farzandlar o'quv faoliyatiga g'amxo'rlik qilishi tarbiyadagi bosh masalalardan biridir. Ota-onalar farzandlarining ta'lim jarayonida bilimlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishlari yo'lida mas'uliyatni chuqur his etishlari zarur. Ota-onalarning bu borada quyidagilarga rioya etishlari maqsadga muvofiqdir: bolalarning mashg'ulotlarga kechikishlari va uyga o'z vaqtida qaytmasliklariga yo'l qo'ymasliklari; ularning dars tayyorlashlari uchun uyda qulay sharoitni yaratib berishlari; bolalarda uy vazifalarini bajarishga nisbatan mas'uliyatli yondashuvni qaror toptirishlari; bolalarga o'quv topshiriqlarini bajarish hayotiy zaruriyat ekanligini uqtirishlari, vazifalarni mustaqil, vijdonan bajarish ko'nikmalariga ega bo'lishlariga ko'maklashishlari; bolalarning kun tartibiga amal qilish ko'nikmalariga ega bo'lishlariga e'tibor qaratishlari; bo'sh vaqtdan unumli foydalanishlarini nazorat qilib borishlari. Oilada bola tarbiyasiga ijodiy yondashish, bolalarda ijobiy sifatlarni shakllantirishga erishish ularning shaxs sifatida to'laqonli shakllanishlarida muhim ahamiyatga ega. Download 56.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling