6-mavzu: ilk о‘spirinlik va yoshlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari reja


Xorijiy psixologiyada ilk о‘spirinlik haqida nazariyalar


Download 17.46 Kb.
bet3/5
Sana20.11.2023
Hajmi17.46 Kb.
#1789955
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu ilk о‘spirinlik va yoshlik davrida psixik rivojlanish x

Xorijiy psixologiyada ilk о‘spirinlik haqida nazariyalar
  • Rus psixologi L.S.Vigotskiy 1920 yillardayoq ilk о‘spirinlar haqida nazariyalar kо‘pligi ta’kidlagan edi. Ilk о‘spirinlar haqida 3ta yirik yо‘nalishlarni ajratib kо‘rsatish mumkin.
  • Birinchi yо‘nalish biogenetik yо‘nalish deb ataladi, uning asosida etilishning biologik jarayonlari yotadi.
  • S.Xoll, E.Krechmer, E.Yensh, K.Konrad, V.Seller, A.Gezell.
  • Ikkinchi yо‘nalish sotsiogenetik yо‘nalish deb ataladi, unda asosiy e’tibor ijtimoiylashuvga qaratiladi. K.Levin,
  • Uchinchi yо‘nalish psixogenetik deb atalib, uning asosida psixik jarayonlar va funksiyalarning rivojlanishi yotadi, E.Erikson, Z.Freyd, E.Shpranger, J.Piaje, Dj. Kelli, L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm
  • Ilk о‘spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish
  • Ilk о‘spirinlarning bilish jarayonlari shunday darajaga etadiki, kattalar bajaradigan barcha aqliy ishlarni bajarishga amaliy jihatdan tayyor bо‘ladilar. Ularning bilish jarayonlari murakkab va egiluvchan bо‘lib boradi.Ular bu Yoshga kelib jiddiy ishlarga kо‘p vaqtlarini ajrata boshlaydilar, dam olish va о‘yin-kulguga juda kam vaqt ajratadilar. Ularning barcha bilish jarayonlari , jumladan, xayol, xotira, nutq, tafakkur rivojlanadi. Ilk о‘spirinlik Yoshidagi о‘quvchilarining bilish jarayonlari turli nuqtai nazarlarni tahlil etishga va bu masala bо‘yicha har tomonlama fikr yuritishga yordam bera oladi.Bilishga qiziqishning rivojlanishi, о‘qishga ongli munosabatda bо‘lishning о‘sishi bilish jarayonlarining ixtiyoriyligini, ularni boshqara olish mahoratini yanada rivojlantirishga undaydi.
  • Shaxsning bilish jarayonlari uning emotsiyalari bilan bog‘liq. О‘smirlik davridagi kuchli emotsional reaksiyalar garmonal va fiziologik jarayonlarga bog‘liq. Bolgariyalik psixologlar G.D.Pirov va boshqalar 5 Yoshdan 17 Yoshgacha bо‘lgan bolalarni kо‘ndalang kesim metodi orqali о‘rganib, nerv faoliyatining eng qо‘zg‘aluvchan tipi 5 Yoshlilar orasida uchrashini aniqlashgan. Bola katta bо‘lgan sayin qо‘zg‘aluvchanlik kamayib, muvozanatlilarning soni ortgan. Pubertat Yoshda ( 11-13 Yosh qizlarda va 13 -15 Yosh о‘g‘il bolalarda) qо‘zg‘aluvchanlarning miqdori ortadi, bu davrning oxiriga borib qо‘zg‘aluvchanlik yana kamayadi.
  • Emotsional zо‘riqishning fiziologik manbaalari qizlarda aniq payqaladi, ularda depressiya, jizzakilik, xavotirlanish va о‘z-о‘zini hurmat qilishning pasayishi hayz kо‘rishning ma’lum davrlariga bog‘liq. Bunga о‘z vaqtida SH.Byuller ham e’tibor bergan edi.
    Download 17.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling