6-mavzu: ilk о‘spirinlik va yoshlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari reja


Download 17.46 Kb.
bet4/5
Sana20.11.2023
Hajmi17.46 Kb.
#1789955
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu ilk о‘spirinlik va yoshlik davrida psixik rivojlanish x

О‘g‘il bolalarda aniq fiziologik bog‘liqlik kо‘zga tashlanmaydi, lekin pubertat davr ular uchun ham qiyin kechadi.
  • Psixolog V.R.Kitlovskaya proyektiv testlar yordamida xavotirlanishning Yosh dinamikasini о‘rganib, bog‘cha Yoshidagi bolalar tarbiyachilar bilan muloqotda eng kо‘p xavotirlanishlarini, ota-onalar bilan kamroq xavotirlanishlarini aniqlagan. Kichik maktab Yoshidagi bolalar tengdoshlari bilan kamroq, begona katta odamlar bilan muloqotda kо‘proq xavotirlanishi ma’lum bо‘lgan
  • О‘smirlik davridagi dismorfofobiya – о‘z tanasi va tashqi kо‘rinishidan tashvishlanish ilk о‘spirinlik davrida о‘tib ketadi. Ilk о‘spirinlarda namoyon bо‘ladigan xavotirlanish belgilari bu Yoshdagi maxsus qiyinchiliklarga reaksiya emas, balki ilgari olingan ruhiy jarohatlanishning keyin namoyon bо‘lishidir
  • E.A.Silinaning longityud tadqiqotlaridan ma’lum bо‘lishicha, u bolalarni 7 va 9 sinflarda kuzatib, о‘smirlarga nisbatan ilk о‘spirinlarda kamroq impulsivlik va emotsional qо‘zg‘aluvchanlik, kо‘proq ekstravertlik va emotsional barqarorlik kuzatilishini aniqlashgan.A
  • A.V.Kuchmenko tadqiqotlarida ham 16-18 Yoshli ilk о‘spirinlar о‘smirlarga qaraganda, о‘zlarining nerv sistemasi tipiga bog‘liq bо‘lmagan holda bosiqlik va barqarorlik kuzatilgan
  • Amerikalik psixolog R.Kettel tadqiqotlarida ham ilk о‘spirinlarda о‘smirlarga nisbatan muloqotchanlik, odamlar bilan kirishimlilik, boshqaruvchanlik kabi hislatlar ortishini, umumiy qо‘zg‘laluvchanlik kamayishini aniqlashgan
  • Shunday qilib, ilk о‘spirinlik Yoshi emotsional holatlarni ifodalash usullari va emotsional reaksiyalarning differensiallashishini hamda о‘z-о‘zini nazorat qilish va о‘z-о‘zini boshqarishning ortishini kuzatish mumkin.Ilk о‘spirinlarning kayfiyati о‘smirlarga nisbatan barqaror va anglangan hamda ijtimoiy sharoitning keng doirasiga mos bо‘ladi.
  • Doimo hissiyot vujudga keltiradigan shaxsiy muhim munosabatlar doirasining kengayishi oliy hislarning rivojlanishida namoyon bо‘ladi.
    Download 17.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling