Mavzu: Bolalar nutqini o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Download 4.83 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi4.83 Kb.
#1764708
Bog'liq
mavzu taqdimoti 2

Mavzu:Bolalar nutqini o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning eng muhim yutug`i – jaranglayotgan og`zaki nutqqa qiziqishning shiddat bilan rivojlanishi, til faoliyatini eng oddiy anglashining shakllanishidir.
F.R.Qodirova
Maxmutazimova Yulduz Raxmatovna

Nutq о‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining

Nutq о‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining

obyekti – yaxlit maktabgacha ta’lim jarayon.

  • Nutq о‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining predmeti – maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalari.
  • Nutq о‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi – maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari, unga qо‘yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni tо‘g‘ri shkllantirish yо‘llari va ish samaradorligi.

Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni va maqsadi - bolalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti kо‘nikmalarini shakllantirishdir.

Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni va maqsadi - bolalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti kо‘nikmalarini shakllantirishdir.

Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani о‘qitish (bolalarda qanday nutqiy kо‘nikmalarni tarbiyalash), qanday о‘qitish (bolalar nutqini shakl lanti rishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan shunday о‘qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda).

Nutq о‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari:

  • maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini kо‘ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
  • bola nutqiga ta’sir kо‘rsatishning eng samarali yо‘lini tо‘g‘ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda о‘zaro birgalikda xarakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;
  • bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari va usullari xaqidagi bilimlar о‘zlashtirilishini hamda ularning didaktik nutq muloqotlari paytida qо‘llay olinishini ta’minlash;
  • uslubiy adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda maktabgacha yoshda bо‘lgan bola nutqiga ta’sir kо‘rsatishning о‘ziga xos usullari va uslublarini yaratishga intilishni rag‘batlantirish.

Bolalar nutqini o`stirishni ta`minlaydigan omillar
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari
Nutqni rivojlantirishning o`sib boruvchi salohiyati
So`z
zaxirasi
1.Bolalarni atrof-olam orqali nutqini lug`at boyligini rivojlantirish
2.Nutqning grammatik tomonini rivojlantirish
3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash
4. So`zlashuv(dialogik) nutqini rivojlantirish
5.Bolalarni (monologik nutq) hikoya qilishga o`rgatish
6.Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish
7. Bolalarni ilk savodga tayyorlash
Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasining asosiy vazifalari
Mavzu bo`yicha nimalarni bilib oldingiz?
Download 4.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling