О‘g‘il bolalarda aniq fiziologik bog‘liqlik kо‘zga tashlanmaydi, lekin pubertat davr ular uchun ham qiyin kechadi. - Psixolog V.R.Kitlovskaya proyektiv testlar yordamida xavotirlanishning Yosh dinamikasini о‘rganib, bog‘cha Yoshidagi bolalar tarbiyachilar bilan muloqotda eng kо‘p xavotirlanishlarini, ota-onalar bilan kamroq xavotirlanishlarini aniqlagan. Kichik maktab Yoshidagi bolalar tengdoshlari bilan kamroq, begona katta odamlar bilan muloqotda kо‘proq xavotirlanishi ma’lum bо‘lgan
- О‘smirlik davridagi dismorfofobiya – о‘z tanasi va tashqi kо‘rinishidan tashvishlanish ilk о‘spirinlik davrida о‘tib ketadi. Ilk о‘spirinlarda namoyon bо‘ladigan xavotirlanish belgilari bu Yoshdagi maxsus qiyinchiliklarga reaksiya emas, balki ilgari olingan ruhiy jarohatlanishning keyin namoyon bо‘lishidir
- E.A.Silinaning longityud tadqiqotlaridan ma’lum bо‘lishicha, u bolalarni 7 va 9 sinflarda kuzatib, о‘smirlarga nisbatan ilk о‘spirinlarda kamroq impulsivlik va emotsional qо‘zg‘aluvchanlik, kо‘proq ekstravertlik va emotsional barqarorlik kuzatilishini aniqlashgan.A
- A.V.Kuchmenko tadqiqotlarida ham 16-18 Yoshli ilk о‘spirinlar о‘smirlarga qaraganda, о‘zlarining nerv sistemasi tipiga bog‘liq bо‘lmagan holda bosiqlik va barqarorlik kuzatilgan
- Shunday qilib, ilk о‘spirinlik Yoshi emotsional holatlarni ifodalash usullari va emotsional reaksiyalarning differensiallashishini hamda о‘z-о‘zini nazorat qilish va о‘z-о‘zini boshqarishning ortishini kuzatish mumkin.Ilk о‘spirinlarning kayfiyati о‘smirlarga nisbatan barqaror va anglangan hamda ijtimoiy sharoitning keng doirasiga mos bо‘ladi.
- Doimo hissiyot vujudga keltiradigan shaxsiy muhim munosabatlar doirasining kengayishi oliy hislarning rivojlanishida namoyon bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |