6-mavzu: ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari reja: Sohaga oid terminlarning turlari
Topshiriq. Biror fan bo‘yicha darsligingizdan muayyan parchanio‘qing. Bevosita shu fanga oid atamalarni ajratib, ma’nosinilug‘at asosida izohlang. Mashq
Download 51.93 Kb.
|
6-amaliy mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtisoslikka oid so‘zlarni
Topshiriq. Biror fan bo‘yicha darsligingizdan muayyan parchanio‘qing. Bevosita shu fanga oid atamalarni ajratib, ma’nosinilug‘at asosida izohlang.
Mashq. Matnni o‘qing. Sohaga oid atamalar qo‘llangangaplarni ko‘chirib oling, qavs ichida atamaning ma’nosini yozing. Bir xil ma’noli ifodalarni nutqda ortiqcha kiritish mantiqiylikningbuzilishiga sabab bo‘ladi. Bir xil ma’noli birdanortiq ifodalar pleonazm deb yuritiladi: men, o‘zim; shu bugun,bugundan boshlab kabi. Mantiqiy aloqalar va munosabatlarni ifodalashning muhim vositalaridan biri kirish so‘z,kirish birikmalar, yordamchi so‘zlar, bog‘lovchilar, yuklamalarhisoblanadi. Ulardan to‘g‘ri foydalanish yaxshi nutq yaratishning garovi sanaladi. Gaplar orasida mantiqiylikningbuzilishiga sabab sifatida quyidagilarni ko‘rsatsabo‘ladi: 1. Gaplarni bir-biriga bog‘lashda yuz beradigan xatolar. 2. Bir fikrdan boshqasiga o‘tishda yuz beradigan xatolar. 3. Matnni xatboshilarga ajratishda xatolarga yo‘l qo‘yish. 4. Matnni mantiqiy shakllantirish, sintaktik qurilmalarnitanlashda yuz beradigan xatolar. Har bir gapda nisbatan tugallangan qandaydir fikr ifodalanganbo‘ladi. Avvalgi gaplarda ifodalangan fikrni keyingi gapda ifodalangan fikr, odatda, yo rivojlantiradi, yoki ulardankelib chiqadigan fikrlarni xulosalaydi. Shunday ekan, keyingi gapni oldingi gap bilan to‘g‘ri bog‘lash muhimdir.Gaplar bir-biri bilan xilma-xil sintaktik vositalar orqalibog‘lanadi. Ixtisoslikka oid so‘zlarni nutqda to‘g‘ri tanlash va qo‘llash ham nutq madaniyatining, ham kasbiy bilimdonlikningmuhim sharti hisoblanadi. So‘z tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi: — so‘zning lug‘aviy ma’nosini bilgan holda tanlash; — tanlangan so‘zni aniq talaffuz eta olishni nazardatutish; — so‘zning suhbatdoshlarga tushunarli bo‘lishinihisobga olish; — so‘zning ma’no xususiyatlariga asoslanib, uni nutqmaqsadiga muvofiq tarzda tanlash; — so‘zni matn mazmuniga mos tarzda tanlash; — baynalmilal atamani adabiy tilning leksik me’yorigamuvofiq holda tanlash; — so‘z, atamani matnning uslubiy xususiyatiga mosravishda tanlash. Ixtisoslikka oid matn tuzishda quyidagilarga e’tiborniqaratish lozim: — matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakliginioldindan bilish; — ixtisoslikka oid so‘z va shartli belgilarni to‘g‘ri tanlayolish va o‘rinli joylashtirish; — so‘z va atamalarni imlo me’yorlariga rioya qilganholda yozish; – kasbdoshlarga unchalik tanish bo‘lmagan yoki faolqo‘llanmaydigan atama, shartli belgi yoki qisqartmalargaqavs ichida izoh berish; — ixtisoslikka oid atamalarni boshqa tillardan o‘zlashtirishva so‘z yasashda milliy tilning tabiatini nazardatutish; — kasb-hunar so‘zlari va atamalarining o‘rinsiz takrorlanishigayo‘l qo‘ymaslik, ularning ta’sirchanliginioshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiyaimkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va boshqalar. Mashq. Berilgan gap qurilishlarini leksik, morfologik, sintaktiksinonimiya imkoniyatlaridan foydalanib o‘zgartiringva ko‘chiring. 1. Qish taraddudini ko‘rishga to‘g‘ri keladi. 2. O‘zboshimchalikkayo‘l qo‘yilmasin. 3. Xalq shevalarini jiddiyo‘rganish va tavsiflash lozim. 4. Ishda yo‘l qo‘yilgan xatolaruchun xayfsan bilan ogohlantirishni taklif qilaman. 5. Saylov. Hamma o‘z nomzodlarini tanishtirish bilan mashg‘ul. 6. Qabulvaqti tugadi. Ertaga kelasiz. 7. Ma’lum bo‘lishicha, litseyo‘qituvchisi tumanimizda ekologik muhitni yaxshilash ustidaizlanishlar olib bormoqda ekan. Download 51.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling