6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja


Download 353.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana26.01.2023
Hajmi353.09 Kb.
#1125328
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-ma\'ruza



6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. 
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
Reja 
1. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning 
yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
2. Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.
3. Pul islohotining o‘tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq 
xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari. 
4. Soliq tizimidagi islohotlar. 
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, 
uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. 
Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, xususiylashtirish bu - iqtisodiy 
islohotlarning tamal toshidir. Boshqa yosh mustaqil davlatlardan farqli o‘laroq 
O‘zbekistonda o‘tish davrida xususiylashtirishni vau-shersiz amalga oshirishga 
qaror qilindi. Xususiylashtirish jarayonini tashkil etish va unga rahbarlik qilish 
uchun 1992-yil fevralida Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat 
qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda uning vazifalari o‘zgartirilib, u Davlat mulkini 
boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat Qo‘mitasi deb atala 
boshlandi. Ushbu Davlat Qo‘mitasi maqomining o‘zgarishi muhim ahamiyatga ega 
bo‘ldi, zero u xususiylashtirishning ikkita g‘oyat muhim vazifasini bajarar edi. 
O‘zbekiston vaucher tizimidan voz kechgani uchungina emas, balki 
xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag‘lar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 
uchun berilishi jihatidan ham o‘ziga xos, o‘z yo‘liga ega bo‘lgan davlat sifatida 
ko‘zga tashlandi. 
Yana shuni aytish lozimki, tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asosini 
vujudga keltirish, qonunlar majmuini yaratishni tashkil qilishni uyushtirish uchun 
Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish 
qo‘mitasi tuzildi. 
O‘zbekistonda ko‘p ukladli, davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq 
hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi 
bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika 
hissadorlik jamiyatiga aylandi. Sirdaryo shoyi to‘qish fabrikasi va boshqa qator 
korxonalar ijaraga o‘tib ishlay boshladi. Bu yerda to‘plangan dastlabki tajribalar 
keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali 
foydalanildi. 
Davlat mulkini xususiylashtirishning I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan 
tamoyillari eng avvalo mahalliy xususiyatlar va talablarni hisobga olganligi, tag-
zaminli va asosliligi, ayni paytda hozirgi zamon ilg‘or tajribalariga mos kelishi 
bilan alohida ajralib turadi. Buni nimalarda ko‘rish mumkin? 



Download 353.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling