6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja


qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal


Download 353.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana26.01.2023
Hajmi353.09 Kb.
#1125328
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-ma\'ruza

qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal 
toshi bo‘lib xizmat qiladi... Xuddi shu masalani hal qilish bilan yangi jamiyat, 
yangi iqtisodiy munosabatlar poydevoriga birinchi g‘isht qo‘yildi. Ushbu 
masalaning 
davr 
talablariga 
muvofiq 
muvaffaqiyatli 
hal 
etilishi 
respublikamiz iqtisodiyotini jahondagi rivojlangan mamlakatlar bilan bir 
qatorga qo‘yadigan asosiy omildir». 
Tub islohotlar O‘zbekistonda tabiatiga ko‘ra sof siyosiy, huquqiy yoki iqtisodiy 
mohiyatini yo‘qotmagan holda ma’naviy, ruhiy-axloqiy qadriyat darajasiga 
ko‘tarilganligi sababli mamlakatning ham, barcha fuqarolarning ham hayotida 
mukammal, yetuk hodisa sifatida iz qoldirmoqda. Iqtisodiy islohotlarning 
ma’naviy mazmuni tobora chuqurlashmoqda. 
CHunonchi: Bozor munosabatlariga o‘tish - hayotiy yetuklik va sabr-
matonatni sinovdan o‘tkazuvshi o‘ziga xos imtihondir. 
Jumladan, fermer xo‘jaliklari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum 
yetishtirishga hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan qariyb 200 ta agrofirma 
tashkil etildi, qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, 
transport xizmati, mahsulotlarni qadoqlash, joylash va eksport qilish hamda shu 
kabi boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi 
shakllanmoqda. 
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati tubdan o‘zgarib bordi. 1998-yilda go‘shtning 90 
foizi, sutning 92 foizi, sabzavot va kartoshkaning 70 foizdan ortig‘i, poliz ekinlari 


va uzumning yarmidan ko‘pi, respublikada yetishtirilayotgan mevalarning 61 foizi 
shaxsiy yordamshi xo‘jalik deb atalmish xo‘jaliklarda tayyorlandi. 
Mulkdorlar 
sinfini 
shakllantirish 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish bilan bevo-sita bog‘liq. 
Xususiylashtirish va Kichik biznesni rivojlantirish ja-rayoni natijasida hozirgi 
paytda xususiy korxonalar respublikadagi korxonalarning umumiy sonidan 46 
foizni, aksionerlik jamiyatlari va mas’uliyati sheklangan jamiyatlar - 12 foizni, 
jamoa mulki kor-xonalari - 6 foizni, fermer xo‘jaliklari - 14 foizni tashkil qiladi. 
Ak-siyalash respublikada o‘rta va yirik korxonalarni xususiylashtirishning asosiy 
shaklidir. 1999-yil 1-yanvarga kelib O‘zbekistonda 9400 aksionerlik jamiyatlari 
ro‘yxatga olindi, bunda barcha aksiyalarning ushdan bir qismidan ortig‘i aholiga 
tegishli, bu esa yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish jarayonida aholi keng 
qatlamlari ishtirokining muhim shaklidir. 
Xususiy sektorni kengaytirish, Kichik biznes, fermer xo‘jaliklari va 
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida tub burilishga erishildi. 
2005-yilda davlat korxonalarini butunlay, shuningdek davlat aksiya paketlarini 
asosan xususiy mulkdorlarga sotish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Natijada 
980 ta obektdan 902 tasi xususiy mulkka aylantirildi. 2000-2005-yillar davomida 
jami 4 ming 660 ta korxona va obekt xususiy mulkdorlarga sotildi. 
Masalan, Samarqand shoy qadoqlash fabrikasi, «Ohangaron-sement», «Buxoro-
gips», «Parkent-suv-qurilish» aksiyadorlik jamiyatlari kabi yirik korxonalar 
to‘lig‘icha xususiy mulkdorlarga sotildi. 
Xususiylashtirish jarayonining so‘nggi yillardagi o‘ziga xos ji-hati davlat 
aktivlari va aksiya paketlarining nolga teng xarid qiymati bo‘yicha to‘liq hajmda 
sotilayotganida namoyon bo‘lmoqda. 
2003-2006-yillar mobaynida 396 ta korxona va obekt 43,2 milliard so‘mlik 
investitsiya kiritish majburiyati bilan nolga teng xarid qiymatida sotildi. Nizom 
jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik subektlari soni 2001-yildagiga 
nisbatan ush barobar qis-qardi. 
2007-yilga kelib mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki 
mahsulotning qariyb 76 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig‘i, qishloq 
xo‘jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat 
sektor ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Nodavlat sektorda 77 foiz yoki iqtisodiyotda 
band bo‘lgan kishilar-ning to‘rtdan ush qismi mehnat qilmoqda. 
Yagona soliq to‘lovlarining joriy etilishi munosabati bilan soliq idoralariga 
taqdim etiladigan soliq hisob-kitoblari bo‘yicha hujjatlar soni 10 barobar qisqardi. 
Nazorat idoralarining xo‘jalik subektlari va tadbirkorlik obektlarini tekshirish 
natijalari bo‘yicha qabul qilgan barcha qaror-larini sud idoralari orqali amalga 
oshirish tartibi o‘rnatildi. 


Bunday tartib o‘z-o‘zicha mazkur subektlarga nisbatan turli sanksiyalarni 
qo‘llashni ham tubdan o‘zgartirish, ya’ni uni sud qaro-ri bilan o‘rnatishni belgilab 
beradi. 
SHunday qilib, xo‘jalik subektlari faoliyatidagi o‘zaro masala va talablarni turli 
darajadagi davlat boshqaruvi idoralarida ko‘rish va hal qilish kabi o‘z umrini o‘tab 
bo‘lgan amaliyotga butunlay barham berish borasida qat’iy qadamlar qo‘yildi. 
Bugun bunday masalalar, huquqiy demokratik davlatlarda bo‘lganidek istisnosiz 
ravishda sud orqali hal etiladi. 
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish masalalari 
eski zamon illati bo‘lgan byurokratik boshqa-ruv tizimini bartaraf etish bilan 
bevosita bog‘liq ekanini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q. Tan olish kerakki, 
respublikada amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar markaz va joylardagi 
boshqaruv organlari tuzilmalarini takomillashtirishga sezilarli ta’sir qildi, bosh-
qaruv xodimlari va ularning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni ancha qisqartirish 
imkonini berdi. 
2001-2008-yillar mobaynida boshqaruv xodimlarining umumiy soni 75 ming 
kishiga yoki 35,5 foizga, jumladan, respublika organlari bo‘yicha 21 foiz, mahalliy 
boshqaruv organlari bo‘yicha 63,5 foiz, xo‘jalik boshqaruv organlari bo‘yicha 30,5 
foizga qisqartirildi. 
Xususiylashtirish, xususiy mulkni mustahkamlash, Kichik korxonalar, 
mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari tashkil etish va tadbirkorlikni rag‘batlantirish 
hisobidan mamlakatimizda demokratik jamiyatning asosi va tayanshi sifatida o‘rta 
sinf amalda shakllanmoqda. 
Birinchi navbatda bu o‘z kuchi va imkoniyatiga tayanib yashaydigan, o‘zini, 
oilasini boqayotgan va davlatga ham katta naf keltirayotgan, o‘zining mustaqil 
tijorat ishiga ega bo‘lgan mulkdor tadbirkorlardir. 

Download 353.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling