6-mavzu Islomdan oldin Arabistonda qanday ijtimoiy-siyosiy holat yuzaga kelgan?


Islom dini ta'limoti nimalardan iborat?


Download 35.67 Kb.
bet3/16
Sana13.12.2021
Hajmi35.67 Kb.
#180974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (2)

Islom dini ta'limoti nimalardan iborat?

 Islomning asosiy manbasi bo‘lmish Qur’oni karim VII asrda nozil bo‘lgan. Muhammad (a.s.) avvalgi payg‘ambarlar ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar – Nabiy va Rasul deb tan olinadi.

Nabiy – arab tilidan tarjimasi “xabarchi”, “xabar etkazuvchi” ma’nolarini beradi. Payg‘ambarlar orasida ularga Alloh tomonidan alohida kitob va shariat nozil qilinmagan va avvalgi payg‘ambarning kitob va shariatini insonlarga o‘rgatib, targ‘ib qilganlari nabiylar deb ataladi (Ismoil, Ishoq, YA’qub, Zakariyo kabi).

Rasul – arab tilida elchi ma’nosini anglatadi. Alloh tomonidan alohida kitob va shariat berilgan payg‘ambarlar rasullar darajasiga erishgan hisoblanadi. Masalan, Ibrohim, Muso, Iso kabilar. Ibrohimga yuzta sahifa, Musoga Tavrot va Isoga Injil nomli kitoblar nozil qilingan bo‘lib, shu bilan birga o‘zlariga xos shariat ham berilgan. Muhammad (a.s.) ham kitob va shariat berilgan payg‘ambarlardan bo‘lib, unga Qur’oni karim nozil qilingan va unda maxsus shariat berilgan.

Musulmon bo‘lishning asosiy sharti imon keltirish hisoblanadi. “Imon” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “ishonmoq”, “tasdiqlamoq bo‘lib”, istilohda esa “La ilaha illallohu Muhammadun rasululloh” (“Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad uning payg‘ambari”) kalimasini til bilan aytib, dil bilan tasdiqlash demakdir.




  1. Download 35.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling