6-mavzu Islomdan oldin Arabistonda qanday ijtimoiy-siyosiy holat yuzaga kelgan?


Download 35.67 Kb.
bet4/16
Sana13.12.2021
Hajmi35.67 Kb.
#180974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (2)

Imon qanday ma'noni bildiradi?

Iymonning ma’nosi tasdiq etish, ishonishdir. Payg’ambarimiz Muhammad allayhissalomga Alloh taolo tomonidan yetkazilgan barcha narsalarni dil bilan tasdiqlab, ularga til bilan iqror bo’lish “Iymon” deyiladi.

  1. Islom dinida imon talabalari nimalardan iborat?

Alloh taologa iymon, Farishlarga iymon , Ilohiy kitoblarga iymon , Payg’ambarlarga iymon , Oxirat kuniga iymon, Taqdirga iymon, O’lgandan so’ng qayta tirilishga iymon.

  1. Qur'onning nozil bo‘lish davri  xronologiyasi haqida nimalarni bilasiz?

"Qur'on" - arabcha "qara'a" (o'qimoq) fe'lidan olingan. Qur'on suralardan iborat. Sura Qur'ondan bir bo'lak bo'lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o'z ichiga oladi. Qur'onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa Qur'on matnlarini taqsimlashning turli yo'llariga ko'ra, 6204 ta, 6232 ta hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur'on nusxalarining bir-biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi.

Suralar Qur'onda o'z mazmuniy izchilligiga yoki o'qilgan vaqtiga, ya'ni xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko'ra - avval katta suralar, undan so'ng kichik suralar tartibi Muhammad (s.a.v.) ko'rsatmalariga binoan joylangan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmga ega bo'lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.

Islomshunoslik va Qur'onshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik tartibini quyidagicha shaklda tasavvur qilish mumkin:

1. Makka davri (610-615 yillar). Yevropa olimlari bu davrda nozil bo'lgan suralarga "Nazmiy suralar", deb nom berganlar.

2. Makka davri (616-619 yillar). Mudammad (s.a.v.) va ularning izdoshlari doimiy ta'qib ostida yashagan va ko'pchilik Habashistonga ko'chib ketgan muhitda nozil bo'lgan. Bu suralarda Allohning "Rahmon" sifati ko'p tilga olinganligi sababli Yevropa olimlari ularni "Rahmon suralari", deb ataganlar.

3. Makka davri (610 yil boshlaridan 622 yil sentabrigacha). Bu davrda ham Muhimmad (s.a.v.) va sahobalar ta'qib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, ko'pincha shahardan tashqarida ibodatga to'planganlar. Bu davr suralarida Islomning aqoidiga keng o'rin berilgan.



    • Qur’on suralardan iborat. Sura qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o’z ichiga oladi.
    • Qur’onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, qur’on matnlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204 ta, 6236 ta, hatto 6666 tagacha bеlgilangan.


  • Oyat (arab. ilohiy bеlgi, mo’’jiza) –Qur’on suralarining bandlari. Oyat Allohning o’z elchisi Muhammad (s.a.v.)ga vahiy qilib, banda-larga qo’llanma sifatida yuborgan mo’’jizasi.


  • Eng qisqa oyatlar “Toho” va “YOsin”.


  • Eng uzun oyat “Baqara” surasining 282-oyati.


  • Sura (arab. tizma, qator, qo’rg’on, manzil va sharaf ma’nosida) – faqat Qur’onga xos tushuncha, uning bo’limlari (boblari) Sura dеyiladi.


  • Eng qisqa sura “Kavsar” (3 oyat).


  • Eng uzun sura “Baqara” (286 oyat).


Qur’on suralari ikki qismga bo’linadi:

1) “Makka suralari” – hijratdan oldin nozil bo’lgan (610 - 622 yy. 90 ta sura).

2) “Madina suralari” – hijratdan kеyin nozil bo’lgan (622 y.dan 24 ta sura).

Qur’on suralarining xronologik tartibi

  • 1. Makka davri (610 - 615 yy.). Bu davrda yuksak adabiy ijod namunalari bo’lgan saj’ janridagi suralar o’qilgan. Еvropa olimlari ularga «Nazmiy suralar» dеb nom bеrganlar.


  • 2. Makka davri (616 - 619 yy.). Muhammad (s.a.v.) va ularning izdoshlari doimiy ta’qib ostida yashagan va ko’pchilik Habashistonga kеtgan muhitda o’qilgan. Bu suralarda Allohning «Rahmon» sifatida ko’p tilga olin-ganligi sababli Еvropa olimlari ularni «Rahmon suralari» dеb ataganlar.


  • 3. Makka davri (610 yil boshlaridan 622 yil sеntyabrigacha). Bu davrda ham Muhammad (s.a.v.) va uning izdoshlari ta’qib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, ko’pincha shahardan tashqarida ibodatga to’planganlar. Bu davr suralarida islomning aqoid ta’limotiga kеng o’rin bеrilgani sababli, еvropalik olimlar bularga «Payg’ambarlik suralari» dеb nom bеrganlar.


Madinada tushirilgan 24 ta suraning nozil

bo’lishini bеsh davrga ajratish mumkin:

  • I davr (622 y. oktyabrdan 624 y. gacha). Muhammad (s.a.v.) Madinaga ko’chib kеlganidan makkaliklar bilan birinchi yirik to’qnashuv - Badr jangigacha 4 ta sura .


  • II davr (624 y.martidan 625 y. martigacha). Badr jangidan kеyin Uhud jangigacha o’tgan bir yil ichida 3 ta sura.


  • III davr (625 y. martidan - 627 y. martigacha). Uhud jangidagi mag’lubiyatidan kеyin Xandaq jangigacha 5 ta sura.


  • IV davr (627 y. aprеlidan 630 y. yanvarigacha). Xandaq jangidan so’ng Makkaning olinishigacha 8 ta sura.


  • V davr (630 y. fеvralidan 632 y. mayigacha). Makka olinganidan kеyin Muhammad (s.a.v.) payg’ambarning vafotigacha 4 ta sura.






  1. Download 35.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling