6-Mavzu: Iste’mol va jamg’arish funktsiyalari (2 soat) Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funktsiyalari
Download 67.89 Kb.
|
6.Iste’mol va jamg‘arish funktsiyalari — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- I = e - dR + γY
- Qisqacha xulosalar
I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaMM (Y)ning funktsiyasi ekan.
Akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: I = Ireja+ γY bu erda: Δ I It –I t-1 γ = ----------- = ------------------ Δ Y Yt - Yt-1 Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi. Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funktsiyasini quyidagicha yozish mumkin: I = e - dR + γY YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko’payishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo’sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaMMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda bo’lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhitiyaxshilandi. jumladan siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining mustahkamlanishi va bakk foiz stavkalarining pasaytirilishi , investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining yaratilganliga mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining o’sishiga olib keldi . Qisqacha xulosalar Iste’mol xarajatlarini YaIMning eng yirik komponenti bo’lib, uning hajmini avvalo uy xo’jaliklarining tasarrufidagi daromadi belgilaydi. Aholining daromadlari miqdori oshib borishi bilan undagi jamg’armalar ulushi ham oshib boradi. Iste’mol va jamg’arish hajmi, shuningdek iste’molchilar boyliklari darajasiga, narx va soliq o’zgarishlari, iste’molchilarning qarzi darajasiga va boshqa omillarga bog’liq. Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik aholi daromadlarining qancha qismi iste’molga va qancha qismi jamg’armaga sarflanganligini xarakterlovchi ko’rsatkichlardir. Iste’molga chegaraviy moyillik (MRS) iste’moldagi o’zgarishlarni ixtiyordagi daromad darajasidagi o’zgarishga bo’lib topiladi. MRS ning katta yoki kichikligi fiskal siyosat samaradorligini belgilovchi omillardan biridir. Investitsiya yoki kapital qo’yilmalar hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan mablag’ hisoblanadi. Investitsiya xarajatlari dinamikasi, foiz stavkasi, kutilayotgan sof foyda normasi va boshqa bir qancha omillarga bog’liq. Investitsiya hajmining YaMM hajmiga bog’liqligini xarakterlovchi model - akselerator modeli deyiladi. Download 67.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling