10. Vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari soliqqa tortiladimi?
soliqqa tortiladi
ozod etiladi
soliq davri uchun eng kam ish haqining o’n ikki baravarigacha miqdorda ozod etiladi
soliq davri uchun eng kam ish haqining to’rt baravarigacha miqdorda ozod etiladi
11. Jismoniy shaxslarning quyidagi qaysi daromadiga belgilangan eng kam stavka bo’yicha soliq solinadi?
grant beruvchidan olingan grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari bo’yicha olingan summalar
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik qishloq xo’jaligi ishlariga yuborilgan jismoniy shaxslarning shu ishlarni bajarishdan olingan daromadlariga
musobaqalarda, ko’riklarda, tanlovlarda sovrinli o’rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari
yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar
NAZORAT SAVOLLARI
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining mohiyatini tushuntirib bering?
Qanday shaxslarni jismoniy shaxslar deb atashadi?
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i budjet daromadlari tarkibida qanday ahamiyatga ega?
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining to‘lovchilari kimlar?
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlariga qaysi daromad turlari kiradi?
MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. Jismoniy shaxsga 2022 yilning yanvar va fevral oylarida 3900000 so‘m (1950000 + 1950000) ish haqi hisoblangan. Eng kam ish haqi miqdori 370000 so’m.
Do'stlaringiz bilan baham: |