6-mavzu: Kartoshkaning botanik morfologik tuzilishi biologik xususiyatlari va navlari bilan tanishish. Kartoshkani tarqalish tarixi
Download 41.39 Kb.
|
8 Тарқатма матриал Картошка экинини навлари морфологик тузилишини
6-MAVZU: Kartoshkaning botanik morfologik tuzilishi biologik xususiyatlari va navlari bilan tanishish. Kartoshkani tarqalish tarixi. Kartoshkaning vatani Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlari bo‘lib, u yerlarda xanuzgacha uning yovvoyi va oddiy turlari o‘sadi. Hind qabilalari Janubiy Amerikaning And tog‘larida kartoshkani bundan 8 ming yil muqaddam yetishtirishgan. Amerika qit’asi ochilgunga qadar kartoshka uning markaziy va shimoliy mintaqalarida noma’lum edi. Ispan dengiz sayohatchilari 1536-1537 yillarda hozirgi Peru hududidagi Sorokota hind ovulida va 1538 yilda esa Ekvadorda birinchi marta kartoshkani topganlar. Kartoshka ilk bor Yevropaga 1565 yilda, avval Ispaniyaga va shu yilning o‘zida Italiyaga keltirilgan. Angliyaga esa kartoshka 1586 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Janubiy Amerikadan olib kelingan. Kartoshka 1580 yilda Italiyadan Belgiyaga, undan 1588 yili Avstraliya va Germaniyaga, 1564 yilda Germaniyadan Gollandiyaga keltirilgan. Italiyada kartoshkani tryufel qo‘ziqoringa o‘xshashligi uchun uni “tartuffoli” deb atadilar. Olmonlar bu so‘zni avval “tartofel”, keyin esa “kartofel” deb o‘zgartirganlar. Shunday qilib, kartoshka XVI asrning ikkinchi yarmida Janubiy Amerikadan Ispaniya va Angliyaga, so‘ng shu asrning oxirlarida va XVII asr mobaynida Yevropa qit’asi bo‘yicha tarqala boshlagan. Kartoshka G‘arbiy Yevropaga tarqalganidan 100 yildan so‘ng birinchi marta Rossiyaga keltirilgan. Kartoshkani asosan ko‘p miqdorda Rossiyaga keltirilishi XVIII asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Kartoshka Rossiyaga Polsha va Latviyadan 1676-1678 yillardan boshlab tarqoq holda kirib kelaboshladi. U shu yerdan Sharqiy Ukraina, Belorussiya, Litva va keyinchalik Kiev guberniyasiga tarqalaboshlagan. Petr I bir qop kartoshkani 1694-1698 yillarda feldmarshal Sheremetevga jo‘natgan deb taxmin qiladilar. Kartoshka 1736 yilda aptekarlar bog‘chasida (dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan tomorqada) yetishtirilgan, 1741 yilda saroy dasturxonlariga kartoshka tansiq (ekzotik) taom sifatida tortilgan, 1757 yilda Peterburg tomorqalarida yetishtirilgan. Kartoshka Irlandiya qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida o‘z o‘rnini qisqa muddatda topdi, ammo Yevropaning boshqa mamlakatlari xo‘jaliklarida almashlab ekish tizimiga juda sekin va qiyinchilik bilan kirib bordi. Kartoshka aptekar tomorqasidan dehqon dalasiga yetib borgunicha 150 yilga yaqin muddatni o‘tdi. Shu davr bilan Yevropada kartoshka seleksiyasini birinchi bosqichi nihoyasiga yetib, natijada yangi kenja turi- madaniy kartoshka Solanumtuberosum yaratilishiga sabab bo‘ldi. Markaziy Osiyoga kartoshka XIX asrning 50-chi yillarida Sibirdan keltirilgan. Osiyo va Afrikaning ko‘pchilik mamlakatlariga kartoshka bundan kechroq kirib borgan. Kartoshka tuganaklari ushbu mamlakatlarda XX asr boshlarida u darajada ma’lum bo‘lmasada, hozirgi davrda esa muhim oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Kartoshka O‘zbekistonga birinchi marta 1855-1856 yillarda keltirilgan bo‘lib, uni mulla G‘ubay boshchiligidagi qochoq tatarlar Toshkent viloyati No‘g‘ay qo‘rg‘on va Brichumulla qishloqlariga G‘arbiy Sibirdan keltirganlar. O‘rta Osiyoga ruslarni kirib kelishi bilan tatarlarning bir qismi Samarqandga ko‘chib ketdilar, ular shu davrda XIX asrning 70 yillarida kartoshkani ham o‘zlari bilan olib ketganliklari ehtimoldan holi emas. Shunday qilib Samarqand atroflari O‘zbekistonda kartoshkani ikkinchi tarqalish makoniga aylandi. Download 41.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling