6 Mavzu. Klassik iqtisodiy maktabning tula shakillanishi. A. Smit va D. Rikardolarning iqtisodiy ta’limotlari (4 soat) Reja


Download 43.63 Kb.
bet4/6
Sana04.02.2023
Hajmi43.63 Kb.
#1162888
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ИТТ. 6 мавзу маъруза.

3. A. SMIT VA HOZIRGI ZAMON

A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni asoslashga katta e’tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik ta’minlashni, davlatning iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab qilardi. Ammo mamlakatning mudofaa manfaatlari iqtisodiyotdan ustun ham bo’lishi mumkin degan fikri ham bor, ya’ni bu ba’zi paytlarda davlatning iqtisodga aralashuvi zarur deganidir. Smit iqtisodiyotda davlat sektorining samarasizligini ko’rsatib, «xukumat har doim va istiznosiz buyuk isrofgarchidir» deydi. Shu sababli davlatning faqat uch funktsiyasi tan olinadi: 1) huquq -tartibot; 2) mamlakat havfsizligini ta’minlash; 3) jamiyatga zarur bo’lgan (ammo xususiy sektor tomonidan to’zilmagan) ijtimoiy korxona va muassasalarni ta’minlash.


Umuman to’g’ri bo’lgan bu fikrlar, ya’ni davlatning iqtisodiyotga aralishish chegaralari keyingi paytda qayta ko’rib chiqilmoqda.
U tsex tartib-qoidalari, eskirgan qonunlar, korporatsiyalar va savdo monopoliyalari imtiyozlariga qarshi chiqdi, ya’ni hamma uchun bir xil imkoniyatni yokladi. Hodisalarning stixiyali borishini va raqobatni har qanday cheklash iqtisodiy rivojlanishni albatta sekinlashtiradi. Ammo Smit davlatning ayrim funktsiyalarini ijobiy baholadi, masalan, mamlakat ichki tartibini saqlash, tashqi harbiy xavf-xatardan asrashni xo’jalik rivojining zaruriy shartlari deb hisobladi.
Davlat moliyaviy faoliyatiga alohida ahamiyat berilgan. Smit o’z asarining beshinchi, oxirgi kitobini davlat byudjeti va davlat qarzlariga bag’ishlagan. U faqat butun jamiyat manfaatlariga mos keladigan davlat harajatlarinigina qo’llab-quvvatladi, «arzon davlat» tezisini ilgari surdi.
Smit zamonaviy davlatning soliq siyosatining nazariy asoslarini yaratdi. Soliqlar fuqarolarning kuchi va imkoniyatiga mos kelishi, ishga yaroqli har bir kishiga alohida belgilanishi kerak, soliq imkoni boricha arzon, uning shakli va olinish vaqti esa to’lovchi manfaatiga mos kelishi zarur (shu g’oyalarga to’la amal qilayotgan davlatlar rivoj topayotir).
Sanoatchilar manfaatlarini himoya qilgan olim lendlordlar, ya’ni yirik er egalariga belgilangan soliq immunitetiga (imtiyozga) qarshi chiqdi. Er rentasi davlat solig’i qo’yiladigan eng qulay ob’ektdir. Smit foydadan olinadigan soliq samarasiz degan xulosa chiqardi. Korxona egasi foydani saqlash uchun o’z mahsulotiga yuqori baho quyish bilan soliq og’irligini iste’molchi ustiga yuklaydi. U ish haqidan olinadigan soliq ham mahsulotga loyiq emas deb hisoblaydi. Bu soliqni ham korxona egasi to’laydi, chunki tirikchilik minimumini ta’minlashi kerak.
Smit merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi protektsionizmga (davlat tomonidan cheklashlar, soliq, bojxona va boshqalar), tashqi savdodagi har qanday cheklashlarga qarshi edi. Olimning siyosati feodalizm qoldiqlariga katta zarba bo’ldi.
Smit nochor ahvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun quyidagi uch omilni ko’rsatib bergan edi: 1) mamlakatda tinchlik, osoyishtalik bo’lishi va saqlanishi; 2) me’yordagi engil soliqlar tizimi; 3) davlat iqtisodiyot ishlariga hadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga oshaveradi.
Bu qoidalar bizning mamlakat xo’jaligiga ham bevosita oid fikrlar hisoblanadi.
A.Smit erkin savdo (ing. «free trade») kontseptsiyasini ilgari surdi (Fritrederlik). Xalqaro tashqi savdoda qaysi mahsulotlarni chiqarish (eksport) va keltirish (import) masalasi qo’yiladi. Agar biror bir davlat bizni biz ishlab chiqara oladiganga qaraganda nisbatan arzonroq tovar bilan ta’minlay olsa, uni sotib olish ancha qulayroqdir, uning o’rniga ba’zi sohalardagi afzallikka ega bo’lgan tovarni chiqarish yaxshi natija beradi. Bu holat A.Smitning mutlaq afzallik printsipi asosida yotadi. Bunda tabiiy sharoit, iqlim, er-suv, qazilma boyliklar ko’zda tutiladi.



Download 43.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling