O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SOLIQLAR VA SUG’URTA FAKULTETI”
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu:Pul tizimi evolutsiyasi va uning turlari
Bajardi:Abduraximova Dilnoza Ikromjon qizi “Soliqlar va sug’urta”fakulteti “Soliqlar va soliqqa tortish” yo’nalishi 1-kurs ST-71gurux talabasi
Ilmiy rahbar:………………………
MAVZU:PUL TIZIMI EVOLUTSIYASI VA UNING TURLARI
REJA:
Kirish
Asosiy qism
Pul nazariyasi
Pul tizimining mohiyati, turlari va elementlari
Pul muomalasi va pul aylanishining tuzilishi. Pul aylanmasi va uning tuzilishi
Pul aylanmasining tartibga solish usullari va ularni takomillashtirish muammolari
IV
KIRISH
Mustaqillik yillarda O’zbekiston oldingidan tubdan farq qiluvchi yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi bosqichlariga o’tib bormoqda. Bozor iqtisodi asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari – tovar ishlab chiqarish, tovarlarning ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodi erkin tovar-pul munosabatlarga asoslangan iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib boriladigan iqtisoddir. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy kategoriya sifatida pul kategoriyasining mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi. Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o’rni hamda faoliyatini muhimligi pul, kredit va bank tizimining takomillashib borishi, shu sohada malakali kadrlar tayyorlashni va mavjud muammolar yechimini taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |