6-mavzu. Madaniyat sohasidagi globallashuvning mohiyati


Madaniyat globallashuvga axborot texnologiyalarining ta’siri


Download 112.5 Kb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1352984
1   2   3   4
Madaniyat globallashuvga axborot texnologiyalarining ta’siri
ozirda ommaviy kommunikatsiya va informatsiya vositalari insonning shaxsiy hayotiga aralashishi, bunda matbuot, radio, televideniyadan foydalanib, inson ongiga ko‘rsatiladigan ta’sir, hokimiyatning insonlar hayoti ustidan har tomonlama nazorati ― odamlar hayotining eng yaxshi ideallarining amalga oshishi haqidagi orzu-umidlarini shubhaga solib qo‘ymoqda. SHu narsa aniqlandiki, uchinchi ming yillik boshlarida jahon hamjamiyatining asosiy zaxiralari sanoat industrial va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning imkoniyatlari bilan emas, balki informatsion-kommunikatsiya texnologiyalar potensialida bo‘lib qoldi. Informatsion texnologiyalar tomonidan ta’minlanadigan portlashning xavfi sayyora axolisining ortib ketishi yoki ifloslanishidan kam emas. Bugungi kunda informatsion zaxiralar ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda etakchi rol o‘ynay boshladi. Informatsiya va bilim iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ma’nolarda umuminsoniy kapitalga aylandi.Globallashuv tushunchasining mohiyatini kommunikatsiya va ayirboshlash tashkil qiladi. Ta’riflardan birida globallashuv Er kurrasi bo‘ylab yoyilayotgan kommunikatsiya va ayirboshlash tarmoqlar orqali va ular tufayli mintaqaviy xo‘jaliklar, jamiyatlar va madaniyatlar bir
-biri bilan yaqinlashib, bir biriga singib ketganligini ifoda etadi, deyiladi.
Fan-texnika taraqqiyoti globallashuvning tarkibiy qismi sanaladi. Internetning yaratilishi esa ilmiy-texnik sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasadi. Internet ingliz tilining globallashuviga kuchli turtki berdi. Axborot sohasidagi ustuvorlikni ta’minlaydigan bu omil inson ongiga kuchli ta’sir o‘tkazish va uni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirdi. Jahon media-xoldinglarining egalari sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni yoritishda urg‘ularni o‘zgartirish yo‘li bilan ham tomoshabinda bu voqelikka nisbatan o‘zlari istagan munosabatni shakllantirish qudratiga ega. Internet esa virtual voqelikni shakllantirib, undan foydalanuvchilarda madaniyatning yangi ko‘rinishi – kibermadaniyatni qaror toptirmoqda. Virtual voqelik va kibermadaniyat, o‘z navbatida, kishilarning fe’l-atvorini osonlikcha programmalashtirish imkoniyatini bermoqda.r
Globallashuv jarayonlarida bizning madaniyatimiz, qadriyatlarimiz va o‘zlarini “Uchinchi dunyo mamlakatlari” deb atovchi G‘arb madaniyati bilan to‘qnashadi. Natijada xoslashish va tanlanish jarayoni boshlanadi. Muammo esa bu tanlanishda milliy xarakterimiz globallashuv jarayonlarining sinovlariga bardosh berish yoki bermasligidadir. Bizning jamiyatda va aholi ruhiyatida sodir bo‘layotgan globallashuv bo‘hronlarining ziddiyatlarini izohlashda Elvin Toffler nazarda tutgan ortodoksal munosabat emas, balki sinergetik tahlil qo‘l keladi. CHunki moddiy taraqqiyot evrilishlari olamiy tamaddunning sinergetik manzarasini yaratdi. Ya’ni, Red’yard Kipling zamonidan buyon SHarq bilan G‘arb boshqa-boshqa olamlar degan aqidalar barham topib “yagona olam” tushunchasi paydo bo‘ladi. Albatta, Sharq va G‘arb madaniyatlari o‘rtasida o‘ziga xos tafovutlar mavjud va biz ular orasiga Kipling singari dialektik “Buyuk Xitoy devori”ni qo‘yishdan yiroqmiz. Qolaversa qadriyatlar va madaniyatlarning globallashuv jarayonlari muammosiga sinergetik nuqtai nazardan yondoshishni taqozo etadi.
Moddiy va ma’naviy hayotdagi sinergetik muvozanatni YAponiya misolida ko‘rsatishimiz mumkin. SHarq tamadduniga mansub bu mamlakatga o‘tgan asrning o‘rtalarida shiddat bilan kirib kelgan G‘arbcha taraqqiyot va madaniyat asrlar davomida shakllangan yapon madaniyati bilan to‘qnashdi. Ammo YAponiya G‘arb taraqqiyotining yutuqlarini o‘zlashtirdi, lekin milliy qadriyatlari va an’analariga sodiq qoldi. Bu esa YAponiyani dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shdi. Albatta keyingi yillarda yapon yoshlarining G‘arb madaniyatiga moyillikni kuchayishi yapon ziyolilarini ham tashvishlantirmoqda. Lekin shunday bo‘lsada, ko‘pgina G‘arb ekspertlari ham yapon jamiyatidagi sinergetik uyg‘unlikni e’tirof etishadi.
Buning aksi sifatida Turkiyani misol qilishimiz mumkin. XX asrning yigirmanchi yillarida g‘arbona taraqqiyot yo‘lini ixtiyor qilgan bu qardoshlarimiz yo‘lboshchisi Otaturk turklarning bosh kiyimi xoji do‘ppi kiyishni ham ta’qiqlab va tariqat xonaqohlarini yopib tashlagandi. Oqibatda esa turklarning arosatda qolishiga zamin yaratdi va jamiyatni ma’naviy hayotini sinergetik xaos holatiga olib keldi.
Bugungi kundagi bizning jamiyatimizdagi madaniyatlar va qadriyatlarning globallashuv jarayonlari ham sinergetik beqaror holat kasb etadi. Bunga misol sifatida bugungi yoshlarimizning G‘arb madaniyatiga moyilligining kuchliligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, keyingi yillarda G‘arbdan kirib kelgan yoshlarimiz uchun urfga aylangan 14 fevralda “Valentin kuni”ning bayram qilinishi sizu bizni ajablantirmasdan iloji yo‘q. Bu hol bizning milliy immunitetimizning ojizligini yaqqol ko‘rsatib turganligining isbotidir. Bugun G‘arb afkor ommasi axloqiy muhit yaratamiz deb o‘z fojealarining oldini ololmay garang, ammo biz ularning ahloqsiz turmushini “zamonaviylik” yohud “madaniyat” tushunchalari himoyasida ko‘r-ko‘rona qabul qilsak, bizning ma’naviyatimizning fojeasini keltirib chiqarmaydimi? Xo‘sh, bu kabi sinergetik xaos holatidan nima xalos qila oladi? Biz milliy o‘ziga xosligimizni va ruhiyatimizni har bir jamiyatning ruhiyatini ifoda etadigan adabiyotimiz va san’atimizdan izlashimiz kerak. Bir paytlar xatto Balzak ham ijodkorlarga qarata “Ehtiyot bo‘ling! Sizlar davrning ruhiyatini yaratasizlar”, degandi.
Tariximizda bizning milliy g‘oyamizning yalovbardorlari bo‘lgan ajdodlarimizning obrazlari yanada ko‘proq yaratilib jahonga tanitilsa, yoshlarimiz ma’naviyati uchun ibrat bo‘lar va ularning milliy immunitetini mustahkamlashga xizmat qilar edi. Ayni shu ma’noda yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Milliy mafkura, avvalambor, o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ezgu-orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi, shuningdek, fikrlar plyuralizmi sharoitida turli guruhlar manfaatlarini yagona milliy g‘oya atrofida birlashtirishi kerak. Bundan tashqari, milliy mafkuramiz millatlararo totuvlikni mustahkamlashga va bu orqali jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib mavqega ega bo‘lishimizda poydevor va rahnamo bo‘lishi, yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda madadkor bo‘lishi zarur. Ayni paytda, milliy g‘oya millatimizning shonli tarixi va buyuk kelajagini uzviy bog‘lab turuvchi, ezgu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak”9.
SHuni ham aytish kerakki, biz globallashuvni mutlaq ravishda milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimizga tahdid deb tushunmasligimiz kerak. Globallashuv evrilishlardan holi bo‘lgan jamiyatning o‘zi yo‘q. Rivojlangan G‘arb mamlakatlarining moddiy taraqqiyot borasida erishgan yutuqlari hayotga tadbiq etilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bundan bir yuz yigirma yil oldin aytilgan ulug‘ ma’rifatparvar jadid ziyolisi Ismoil Gaspiralining; “Ovro‘po bir keksa choldir, tajribasi ko‘pdir. Ulug‘ yoshiga hurmatimiz bor. Tajribasidan o‘rganamiz. Lekin xatolarini takrorlamaymiz.... Ovro‘poda nimani ko‘rsak, yosh boladek olib o‘rganmaymiz. Esli hushli insonlardek “Bu nimadir? Oqibati nima bo‘ladi?”. Vijdon va haqqoniyatga uyg‘unmi? deya aql tarozisiga tortib olamiz”10 kabi so‘zlari bizning bugungi kunimizga taalluqlidir. Buning uchun esa biz jamiyatimizda ro‘y berayotgan globallashuv jarayonlarini ongli ravishda anglab etishimiz va idrok etib to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz lozim bo‘ladi. SHundagina biz bu kabi muammolarni ijobiy hal qila olamiz.



Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling