6-mavzu: maktabgacha ta’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishda sharq mutafakkirlari fikrlaridan foydalanish reja


Download 1.46 Mb.
bet35/51
Sana28.01.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1135898
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (2) (1)

Nazorat savollar



  1. Tarbiyachi bolalarning salomatligi, xulqi o‘z tengdoshlari bilan munosabatini doimo kuzatib boradi va kichik insonlar qalbiga qanday kechinmalar yuz berayotganini izohlang?




  1. A.Navoiy tarbiyada xatolikda yo‘l qo‘yish mumkin emasligini uqtiradi?

35-Mavzu:Maktabgacha ta’lim muassasalarining oila bilan ishlash shakillari Reja:



  1. Ota-onalar burchagi va ko’rgazma tashkil etish

  2. Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi

  3. Maktabgacha ta'lim muassasasi va ota-onalar bilan hamkorlik ishlari



Tayanch so‘zlar:Bolani, ta’lim,tarbiya,shaxs,rivojlanishi,ijtimoiy

Ota-onalar majlisiga bogchadagi hamma guruh bolalarining ota-onalari, parallel guruhlar ota-onalari va bitta guruh bolalarhiing ota-onalari taklif etilishi mumkin.


124
Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, ota-onalar qo‘mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishtiriladi. Majlisda mudira yoki metodist-tarbiyachi ma’ruza qiladi, ota-onalar so‘zga chiqishadi, bolalar gapirishadi. Bular ta’lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mus-tahkamlaydi, ota-onalarningo‘z bolasining tarbiyasi uchun javo-garligini oshiradi, ularda bog‘chaga qiziqish uyg‘onadi.

Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur yoshdagi bolalarning ota-onalari uchun dolzarb bo’lgan masalalar muhokama qilinadi. Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tartyya be-rishda oilaning roli» bo’lsa,o’rta guruhdao’tkaziladigan majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bola.larda mehnatsevarlikni tar-biyalashda bog’cha va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kat-talarga hurmatni tarbiyalash” va hokazo bo’lishi mumkin.


Ota-onalar uchun tayyorlangan ma’ruzani tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘shib olib borish mumkin. Bolalar hayoti, faoliyati to‘g‘risidagi misollardan foydalanganda ijobiy materiallar ko‘proq bo‘lishi kerak, salbiy faktlarni gapirishda ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qilinuv-chilarning nomlari ko‘rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali ota-onalarga yetka-zilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘-yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin.


Yilning oxiridao‘tkaziladigan guruh majlisida ota-onalarga bir yil mobaynida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning rejalari haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisob beradilar va faollaming yangi tarkibi saylanadi.


Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish. Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jur-nallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bo-laning uyidagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi.


Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, konsultatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq ta’limi to‘g‘risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim muassasalari tar-moqlari va undagi tarbiyalanuvchilar soniningo‘sishini ko‘rsa-tuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonlari, bolalar hayotini aks ettiruvchi fotosuratlar, kitob vao‘yinchoqlar, bolalarning ishlario‘rin oladi. Ota-onalar burchagi -oila bilan olib boriladigan ishning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalarni qiziqtiradigan bahslar boshg‘lanishiga sababchi bo‘ladi.


125
Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi ham maktab-gacha ta’lim muassasalari ishida muhimo‘rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning mashg‘ulotlari, mehnat,o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoadao‘zlarini qanday tutishlari va shungao‘xshashlar ko‘satiladi.

Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta’lim muassasasining Nizomi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun tuziladi. U ota- onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu qo‘-mitaga har bir yosh guruh ota-onalaridan 1—2 vakil saylanadi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta’lim muas-sasasining xo‘jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo‘mita a’zolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayyorlash,o‘tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir.


Ota-onalar qo‘mitasi bolalarning ota-onalari bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi. Qo‘mita a’zolari har ikki oyda bir marta yig‘ilisho‘tkazadi. Ota-onalar qo‘mitasi mudiraning ish rejalari va ishning ahvoli to‘g‘risidagi ota-onalarni qiziqtiruvchi ba’zi masalalar haqidagi ma’ruza va hisobotini eshitishga haqlidir.


Ota-onalar qo’mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktab-gachata'lim muassasasida saqlanadi.


Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish natijasida millionlab kishi-lar bolalarini maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalash prin-siplarini ongli ravishda anglab oldilar.


Korxonalarda, xo‘jaliklarda, jamoa joylarida, mahallalarda oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida ma’ruzalar bilan chiqish, televi-deniya va radioeshittirishlar pedagogik targ‘ibot ishining keng vo-sitalaridandir. Shuningdek, bu targ‘ibot vaqtli matbuot: «Sog‘lom avlod», «Maktabgacha ta’lim», «Xalq ta’limi», «Pedagogik ta’lim» jurnallari, ko‘p sonli badiiy pedagogik, ilmiy-ommabop va me-todik adabiyotlarni chiqarish orqali ham amalga oshiriladi.


Ota-onalar uchun maxsus pedagogika va ruhshunoslik, anatomiya va fiziologiya, oila tarbiyasi nazariyasi va amaliyoti to‘g‘risida ma’ruzalaro‘qish, bolalar tarbiyasi to‘g‘risida kinofilm va spek-takllar namoyish qilish ijobiy natija beradi. Bu mashg‘ulotlarni har xil sohalar bo‘yicha yuqori malakalio‘qituvchi, aktyor, ruh-shunos mutaxassislar olib boradilar.




Pedagogik targ‘ibot ishida quyidagilarga amal qilish kerak:

1. Pedagogik targ‘ibot hayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog‘lab olib borilishi lozim. Pedagogik targ‘ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni har tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yo‘llari, ilmiy asoslangan usullari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.





  1. Oila tajribasining ijobiy tomonlari, oiladagi bola tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolar va ularning oldini olish, bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib boriladi.

126

  • 3. Pedagogik targ‘ibotga tayyorlashda ota-onalarning har xil saviyada ekanliklari hisobga olinib, ular uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli, ko‘rgazmali va ularning his-tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lishi kerak.




  • Shunday qilib, maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiyao‘rtasidagi birliko‘rnatilishi mumkin.




  • Jlk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davr). Bola rivoj-lanishining dastlabki yilida unda kattalarga bog‘liqlik (itoat qilish mexanizmi) va ularga qaramlik shakllangan bo‘lsa, bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda esa bolaning xatti-harakatida va fikr yuritishida mustaqillikning dastlabki belgilari rivojlanadi. Bu davr boladagi amaliy bilimlarning keyingi yo‘lini belgilaydi. Bu yoshda bolalar har bir sohadao‘zlarini sinab ko‘rishga intiladilar. Ayni shu paytda unda narsalar dunyosinio‘zlashtirish, amaliy xatti-harakatlarni bajarish,o‘z tanasini boshqarish mexanizmlari shakllanadi.




  • Agar bu davrning imkoniyatlari boy berilsa bolada tegishli qo-biliyatlar rivojlanmay qolishi mumkin. Bu davr bolaning biror-bir ishni bajara olish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay davrligini ota-onalar doimo yodda tutishlari lozim.




  • Aziz ota-onalar Bolalar bilan so‘zlashganda gap va so‘zlarni to‘liq talaffuz eting. Agar bola biror so‘zni noto‘g‘ri talaffuz etsa, unga «bu noto‘g‘ri» demang, uning o‘rniga so‘zning to‘g‘ri talaffuzini takrorlang.




  • Ilk bolalik yoshida bolalar barcha narsaga qiziquvchan bo‘ladilar. Ularni qiziqtirgan savollarga imkon qadar batafsil javob berishga harakat qiling.




  • Yodingizda bo‘lsinki, agar kichkintoyingizni qiziqtirgan savolga javob berishdan qochsangiz, unirig bilishga bo‘lgan qiziqishlarini so‘ndirib qo‘yishingiz mumkin.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling