Umumiy ota-onalar majlisida bolalar muassasasining butun ishi muhokama qilinadi, tegishli chora-tadbirlar ko’riladi. Ota-onalar majlisiga rais qilib ota-onalar qo’mitasining raisi belgilanadi.
Bolalar muassasalarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g’oyat ahamiyatlidir. Bunda bog’chaning butun faoliyati ota-onalar tomonidan kuzatiladi, yo’I qo’yilayotgan kamchiliklar joyida hal etiladi. Bolalar muassasasining barcha xodimlari bunga tayyorgarlik ko’radilar.
Maktabgacha ta'Iim muassasalarida ota-onalarga yaqindan yordam berishda — kutubxona tashkil etish ahamiyatlidir. Bola tar-biyasiga oid kitoblar ota-onalarga katta yordam beradi, kitoblar bog’cha mudirasi, metodist va tarbiyachilar tomonidan tanlanadi. Adabiyotlar ro’yxati hisobot tarzida olib boriladi.
Pedagogik tashviqot ishlaridan eng qulayi ota-onalar burchagidir. Bu ota-onalarga bola tarbiyasiga hamda muassasa ishiga ijodiy yon-doshishga yordam beradi.
Nazorat savollar:
Maktabgacha ta'Iim muassasalarida ota-onalarga yaqindan yordam berishda
— kutubxona tashkil etish ahamiyatli tomoni nimalardan iborat?
Bola tarbiyasida qiynalgan ota-onalar uchun yakkama-yakka suhbatlar tashkil qilinadi. Nima uchun?
Mudira kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tarbiyachilar bilano’z ustilarida ishlashni qanday tashkil etadi?
166
Do'stlaringiz bilan baham: |