6-mavzu: ma’rifat davrining tarix falsafasi. XVII-XVIII asrlar reja XVI-XVII asrlar ilmiy inqilobi


Download 23 Kb.
bet1/2
Sana17.09.2023
Hajmi23 Kb.
#1680232
  1   2
Bog'liq
Xvii-xviii asrlar reja XVI-XVII asrlar ilmiy inqilobi-fayllar.org


Xvii-xviii asrlar reja XVI-XVII asrlar ilmiy inqilobi

6-MAVZU:MA’RIFAT DAVRINING TARIX FALSAFASI. XVII-XVIII ASRLAR
REJA


  1. XVI-XVII asrlar ilmiy inqilobi.


  2. XVIII asr “tarixshunoslik inqilobining” uslubiy shart-sharoitlari: XVII-XVIII asrlar ratsionalizmi.


  3. Tarixshunoslikdagi vaziyat. Gnoseologik skeptitsizm.


  4. Gobbs- “tabiiy huquq” nazariyasi. R. Dekart.


  5. Antikartezionlik (kartezionlikka qarama-qarshilik): 1) Dj. Viko – tarixning tsiklli rivojlanish nazariyasi. 2) D. Lokk. Dj. Berkli. D. Yum.


  6. Ma’rifat davri tarixi falsafasining asosiy xususiyatlari. Volter. Sh.Monteske. E. Gibbon. J.Kondorse va uning ijtimoiy taraqqiyot nazariyasi.


  7. Didro va d’Alaber entsiklopediyasida (qomusida) tarixiy fikr.

Ma’rifatparvarlik - yoki ma’rifatchilik harakati jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy soxalarida o’rnatilgan ijtimoiy-siyosiy zulmkorlik siyosatiga qarama-qarshi o’larok. shakllangan ijgimoiy-falsafiy va ommaviy - demokratik xarakatlar sifatida amal kiladi. Uning makradi muayyan jamiyat xdyotini falsafiy-goyaviy va ma’naviy-ma’rifiy zo’ravonlikdan, jaholatparastlikdan ozod etib, erkin tafakkur, ilyur ma’naviy-ma’­rifiy tizim orkali taraqqiyotning barcha zarur moddiy va ma’naviy jabhalariga tadbiq etishdir. Ma’rifatparvarlik xarakatining Frantsiyada boshlanishi ja­miyatning tub o’zgarishlar uchun etilganligidan dalolat berar edi.



«Ma’rifatparvarlik» atamasi birinchi bor buyuk ingliz shoiri J.Miltonning «Yo’qotilgan jannat» dostonida qo’llangan bo’lsa ham, uni feodal – mutlaq podsholik tartibotlari be’manilik cho’qqisiga ko’tarilgan Frantsiya zaminida amaliyotga kiritdi. Shuning uchun ham ma’rifatparvarlik xarakatining tarixiy chegaralari «Quyosh kiroli» nomini olgan va «Davlat bu - men» deyishgacha borib etgan Lyudovik XIVning (1775) vafotidan boshlab Buyuk frantsuz burjua inkilobigacha (1789) bulgan tarixiy davrni kamrab oladi. Ma’rifatparvarlik atamasi xuddi shu davrga nisbat berildi.
Ma’rifatparvarlik g’oyasining falsafiy asosi his-tuyg’u (sensua­lizm) va ikkiasllik (dualizm) qarashlaridan iborat bo’lib, birinchisi M. harakatining boshlanish davrida, ikkinchisi keyingi yillardagi rivojlanish jarayonlarida ko’proq axamiyat kasb etgan ma’rifatparvarlik xarakatiga De Sent-Evremon, A.Bulenvile, Beil, Mele kabi tanikdi ma’naviyat arboblari asos solgan bo’lib, keyingi yillarda Vol­ter, Monteske, Kondilyak, Lametri, Golbax Didro, Gelvetsiy, Russo, Byuffon kabi zabardast tafakkur egalari keng ko’lamda davom etgirdilar va ma’rifatparvarlik tamoyillarini butun Ovrupo bo’ylab keng tarkalishiga va ommalashuviga muvaffaq bo’ldilar ma’rifatparvarlik g’oyalari «ma’rifat asri»dan keyin ham keng tarqalib, ijtimoiy-siyosiy, milliy-ozodlik harakatlarining muhim omili bo’lib xizmat qildi Markaziy Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik harakatlarini g’oyaviy-ma’rifiy tayyorlab bergan va ularni milliy mustakillikka ruhlantirib turgan ma’rifatparvarlar orasida Muqimiy, Furqat Avaz O’tar, Axmad Donish, M.Bexbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Cho’lpon, Hamza, Abdulla Avloniy kabi siimolarni e’tirof etish lozim. O’zbekistonda M.ning g’oyaviy asoslarini yaratgan, millat ozodligi va yurt farovonligi yulida mardona kurashgan, bu yo’lda ko’p qurbonlar bergan jadidlar harakati ozod va obod Vatan kurish, erkin va farovon xaet barpo etish orzu-umidlarini ruyobga chiqarish yo’lidagi milliy-ozodlik kurashining yorqin ifodasi edi.
MA’RIFATChILIK - madaniyat va ma’naviyat sohasidagi oqim. Uning negizini fan, bilim imkoniyatlariga katta ishonch tashkil qiladi. Ma’rifatchilar bilimlar yordamida ijtimoiy hayotdagi nomutanosibliklar va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkinligiga ishonganlar. Shu nuqtai nazardan ma’rifatparvarlikni mafkuraviy, ijtimoiy-falsafiy oqim deyish mumkin. Ilm-fanni egallash va targ’ib qilish qad. zamonlarda boshlangan bo’lsa-da, ma’rifatparvarlik oqim sifatida G’arbda 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida, Sharqda esa 19-a.ning oxiri — 20-a. boshlarida maydonga keldi.
Yunonistonda Demokrit, Sokrat, Platon, Aristotel singari faylasuf-lar, Qad. Xitoyda Konfutsiy, O’rta Osiyoda Kaykovus, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy kabi allomalar fanning ulkan ahamiyatini e’tirof etib, keng targ’ib qilganlar. Ularning g’oyalari tom ma’nodagi ma’rifatparvarlik g’oyalari edi. Ma’rifatparvarlik G’arbda ham, Sharqda ham bir necha umumiy xususiyatga ega bo’lib, diniy aqidaparastlikka qarshi qaratilgan va turlicha davom etgan. G’arb ma’rifatchiligining Volter, Monteske, Kondilyak, Lametri, Golbax, Didro, Gelvetsii, Mabli, Morelli, Kondorse va b. va-killari diniy aqidaparastlikni tanqid qilish b-n cheklanmay, umuman dinga qarshi kurash olib bordilar. G’arb ma’rifatchiligi dahriylik xususiyatini kasb etdi, bu uning asosiy belgilaridan biriga aylandi.
Sharq ma’rifatchiligi umuman dinga qarshi emas, balki diniy aqidaparastlikka qarshi bo’ldi. Sharqdagi M.ning yirik namoyandalari Ismoilbek Gasprinskiy, Zakiy Validiy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori, Abdulla Avloniy kabilar diniy aqidaparastlikka qarshi keskin kurash olib bordilar, lekin bu kurash dahriylik mavqeidan emas, mo’’tadil dindorlik mavqeidan olib borildi. Ularning kupi dindor, ba’zilari esa (M. Behbudiy) diniy ulamo bo’lgan. G’arb ma’rifatchiligi zamindorlar va monarxiyaga qarshi kurash bayrog’i os-tida o’tdi. 1789 y. Buyuk frantsuz inqilobini keltirib chiqargan sabablar orasida M. muhim o’rin tutadi. Sharq, xususan, O’rta Osiyo ma’rifatchilari keskin siyosiy talablarni olg’a surishmadi. Ular jamiyatni savodli qilish orqa-li adolatli va farovon turmushga erishmoqchi bo’ldilar. G’arbda ma’rifat-chilar ko’proq tabiiy fanlarga murojaat qilishdi. Chunki yuqorida nomla-ri zikr etilgan g’arblik ma’rifatchi-larning deyarli barchasi ayni paytda tabiatshunos olim bo’lib, ularning ko’pchiligi tabiatshunoslik rivojiga o’z hissasini qo’shgan. Sharkda faqat tabiiy fanlarga emas, umuman ilm-fanga, sog’lom fikrga, mantiqqa mu-rojaat qilishdi. Ular xalqni ro’shnolikka chiqarishning asosiy yo’li - uni savodli qilish, ortiqcha sarf-xa-rajatlar talab qiladigan marosim-larga qarshi kurashda deb bilishdi. TTTu b-n birga, ular diniy aqidaparastlikka qarshi kurashda faqat dunyoviy fanlardan emas, Qur’on oyatlari va payg’ambar hadislaridan ham foydalanishdi, zero ularning ko’pchiligi muayyan diniy bilimlarni ham egalla-gan edi.
G’arb ma’rifatchilari cherkov tomonidan ta’qib va tazyiq ostiga olindi. Lekin 17-a. oxiri - 18-a. boshlarida Yevropada demokratik muassasalar tarkib topa boshlagani, so’z erkinligi va vijdon erkinligi tamoyillari amal qila boshlagani uchun cherkov ularga sezilarli zarba bera olmadi. O’rta Osiyoda esa 19-a. so’nggi choragida rivojlana boshlagan M. harakati vakillari ko’plab qurbon berdilar. 20-a. boshida jadidlar harakati (Jadidchilik) ikkiga bo’linib, aqidaparastlar kuchayib keta boshlagach, ma’rifatchi-lar ko’p talofat kura boshladilar. Ularning ko’p qismi ta’qib va sazoyi qilindi.
«Entsiklopediya yoki fanlar, san’at va hunarmandchilik izohli lug’ati»ni yaratishga D.Didro boshchiligida 20 yildan ko’proq vaqt sarflanadi.
1751—1780 yillarda «Entsiklopediya» XVIII asrdagi madaniyat sohasida amalga oshirilgan yirik ishlardan biri bo’ldi va ma’rifatchilik dunyoqarashini ishlab chiqishga va shakllantirishga buyuk hissa qo’hdi. Didro ushbu nashrning tashabbuskori va rahbari bo’lib, unda bu g’oya 40-yillarning o’rtalarida yuzaga keldi. Didro tomonidan 1750 yilda chop etilgan «Prospekt»da nashr etiladigan ishning asosiy yo’nalishlari bayon etilib, «Har qanday masala buyicha maslahat berish va kimki ma’rifatli bo’lish bilan mustaqil shug’ullanayotgan bo’lsa, qo’llanma bo’lib xizmat qilishdir», deb ko’rsatildi. «Prospekt» 35 tomlik nashrning obunachilari sonini mingtagacha etishiga ta’sir kursatdi.
Ikki o’n yillikdan ortiq davr davomida «Entsiklopediya» ma’rifatparvarlarning muhim umumiy ishiga aylandi va u chop etila boshlangandan so’ng ma’rifatparvarlarni entsiklopediyachilar deb atash an’ana tusini oldi. Entsiklopediyani chop etilish tarixi dramatizmga to’la bulib, bu esa unga dushman kuchlarning kayfiyatini ko’rsatar edi.
Volter uz kdrashlarini tizimga solar ekan, u xamisha tarixni jiddiy taxlil kdatr edi. Utmishni urgangan xolda xulosalar chikdrar-di. Ayniksa, jamiyat tarvdiyotini baxolashda turli davrlarni uz davri bilan solishtirgan xolda yondashar edi. Xalkdar axloki va ruxi bilan tanishardi. Shu ma’noda u XVIII asrning yirik tarixchisi sifatida xam e’tirof etildi. Istoriografiya ma’rifatparvarlari maktabini xam yaratdiki, bu maktab nafakdt Frantsiyada, balki chet ellarda xam xurmat k;ozondi. «Entsiklopediya»da va «Buyuk Pyotr davridagi Rossiya tarixi»da ilmiy manbalarga asoslanib, tarixiy xulosalar chikdradiki, bu xulosalar xozirgi davrimizda xam uz mavkeini yuk,otgan emas.
Yukorida ta’kidlaganimizdek, Volterning ijtimoiy-siyosiy karashlari feodal krepostnoylik tuzumiga kdrshi kdratilgan bulib, kuprok, Frantsiya xayotini aks ettirgan edi. U uz goyalarida Frantsiya ijtimoiy-siyosiy xamda davlat tuzumini isloxotlar bilan uzgartirish masalasini kuydi. K,onunlar ishlab chshdshshi talab kildi. Barcha fuk;arolar tengli-gini ta’minlash yulida tinmay xizmat *daldi. Suz erkinligi, solik;-larning barchaga barobar bulishini istadi. Lekin bu soxalarda yutukdar-ga erishish amri maxolligini xam bilardi. Shunday bulsa-da, u mamla-katni boshkdrish konstitutsiyali monarxiya tomonidan amalga oshirili-shini orzu kdadi. Uning fikricha, konstitutsion boshkarish eng adolat-li, oqilona bopharish bulishi mumkin edi.
Volter uz faoliyatini fakdt Yevropa tarixini urganish bilan 6of-lab kuymadi. Keyinchalik dunyo mamlakatlari tarixini xam urganishga kirishdi. Jumladan, Xindiston tarixi tugrisida xam asar ezdi. «Tarix falsafasi»da tarixni urganish metodologiyasini ishlab chikdi. Pushkin iborasi bilan aytganda: «Volter tarixni urganishning «yangi yulini topib, uni yoritgichini anshugab berdi». Tarix fanini ilmiy predmet darajasiga kutardi. Tarixni afsonaviy obrazlardan tozalashga, badiiy tasvirlashlarga chek kuyishga intildi. Utmishdagi vovdalarni tankidiy urganishni tavsiya etdi va kelajak uchun turtki berdi. Volter fikricha, tarixni yozishda milliy boyliklar, savdo-sotik,, moliya ishlari xisobga olinmoga darkor. U butun dunyo tarixini yozishda kddimiy mamlakatlar faoliyatiga e’tiborni kdratdi. Jumladan, Yevropa faylasuflari urta-sida birinchi bulib Xindiston, Xitoy, arab xalkdari, aborigenlar faoliyatini tula yoritishga darakat kdadi. Jamiyatni xarakatga keltirishda inson tafakkuri muximdir. Tarix falsafasini yaratish bilan birga Volter ijtimoiy falsafani asoslashda dam birinchilardan bulib maydonga chiqdi.
DEKART (Descartes) Rene (lot. nomi — Karteziy; 1596.31.3, Lae, Turen — 1650.11.2, Stokgolm) — frantsuz fay-lasufi, matematigi, fizigi, fiziologi. La-Flesh iezuit kollejida ta’lim oldi, yunon va lotin tillarini, mat. va falsafani o’rgandi. 1629 y.da Niderlandiyaga ko’chib bordi, fan b-n shug’ullanadi. Qirolicha Xristina taklifi b-n 1649 y.da Shvetsiya-ga boradi va o’sha joyda vafot etadi. D. falsafasi uning mat.si, kosmogo-niyasi, fizikasi b-n bog’liq. Mat.da analitik geometriya asoschilaridan biri (to’g’ri burchakli koordinatalar tizimi uning nomi b-n ataladi), o’zga-ruvchi miqdor va funktsiya tushunchasi-ni bergan («Geometriya», 1637), bir qan-cha algebra belgilarini joriy qilgan. «Dioptrika» (1637) asarida yorug’lik nu-rining ikki muhit chegarasida sinishi haqidagi qonunni bayon qilgan. Harakat miqtsorining saqlanish qonunini ta’-riflagan. Osmon jismlarining yuzaga kelishi va harakati materiya zarrala-rining uyurma harakatidan deb tushuntiruvchi nazariya (D. uyurmalari) muallifi. U fiziologiyaga oid bir qancha tajribalar o’tkazdi va birinchi bo’lib shartsiz refleks haqidagi tasavvurni yaratdi. D. fazo materiya b-n to’la, materiyasiz fazo yo’q, deb tushundi. D. falsafasi asosida jon va tana, «fikrlovchi» va «ko’lamli» substantsiya dualizmi yotadi. Materiyani ko’lam (yoki fazo)ga tenglashtirgan, harakatni jismlarning o’z joyini o’zgartirishidan iborat deb bilgan. D. fikricha, harakatning umumiy sababchisi xudo bo’lib, u materiya, harakat va osoyishtalikni yaratgan. Inson jonsiz a’zoi badanni tafakkurga va irodaga ega bo’lgan jon b-n bog’lab turadi. D. falsafasi xudo, jism va jondan iborat uchta tug’ma g’oya bor degan qoidaga asoslanadi. U xudoning mavjudligini, tashqi olamning realligini isbotlashga harakat qilgan. D. g’oyasiga ko’ra, insonning mohiyati uning fikrlashidadir. «Fikrlayapman, demak mavjudman» degan fikri shun-dan kelib chiqqan. Uning fikricha, ilmda ishonchli, isbotlangan, tajri-bada tekshirilgan dastlabki asos ikki yo’l b-n — birinchisi induktsiya va analiz orqali, ikkinchisi — deduktsiya va sintez orqali izlab topiladi. D. ikkinchi yo’lni ma’qul yo’l deb hisoblaydi. U inson akl-idrokining bilish jarayonidagi o’rniga yuksak baho beradi. «Har bir xulosaga shubha b-n qarash kerak», deydi u. Har jihatdan ratsional faylasuf bo’lgan D. 17-18-a. falsafasi va fani taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shdi. Uning falsafa va tabiatshunoslikka oid ta’limotlari ta’sirida vujudga kelgan ilmiy maktablar majmuasi karteziychilik falsafasi nomi b-n mashhur bo’ldi. Asosiy asarlari: «Geometriya» (1637), «Metod haqida mulohazalar» (1637), «Falsafa asoslari» (1644) va b.
Volter (Voltaire) 1taxallusi; asl nomi Mari Fransua Arue (Arouet)j (1694. 21.11 - Parij - 1778. 30. 5) -frantsuz' yozuvchisi, faylasuf, tarixchi. Frantsiya FA (1746), Rossiya FA fax-riy (1746) a’zosi. Erkin fikrlilik-da ayblanib qamalgan (1717, 1725). Birinchi fojia asari «Edip» qamoqda yozilgan; sahnalashtirilgan (1718). 1726 yda Angliyaga surgun qilingan. Umrining ko’p qismi muhojirlikda kechgan (1726— 78). Didro boshchiligidagi «Entsiklope-diya»ni nashr etishda faol ishtirok et-gan (1751-78).
Volter o’z estetik qarashlari va dramatik asarlarida klassitsizm an’anasi yo’di-dan borgan, cherkov mutaassibligiga qarshi kurashgan («Zaira», 1732; «Al-zira», 1736). Frantsuz ijtimoiy va davlat tuzumini o’zgartirish g’oyasini ilgari surgan. U hokimiyatni ozodlik, tenglik va birodarlik qonunlariga qat’iy amal qiluvchi odil podshoh boshqarishini orzu qilgan. Uningcha, konstitutsiyali monarxiya eng oqilona davlat tuzumidir.
Volter falsafada deist J. Lokk, I. Nyutonning nazariyalari tarafdori. U moddiy dunyo mavjudligi-ni, jamiyat taraqqiyotini tan olsa-da, «uni harakatga keltiruvchi kuch» — Xudo, deb bilgan («Falsafiy maktublar», 1733; «Metafizika tug’risidagi risola», 1734; «Nyuton falsafasi-ning asoslari», 1738 va b.).
Volter lirikasi Epikur falsafasi ruhida («Lisabon halokati haqida doston», 1756 va b.). Dostonlarida teskarichi gu-ruhlar, absolyutizm tizimi tanqid qilingan («Genriada», 1728; «Orlean qizi», 1735 va b.). Falsafiy qissala-ri («Zadig», 1748; «Kandid», 1759; «Sod-dadil», 1767 v b.)da hamma narsa yaxshi deya da’vo qiluvchi mutlaq ishonchniham, hamma narsa yomon deguvchi mutlaq tushkunlikni ham rad etadi, qirol saroyi, sud ma’muriyati va harbiy amal-dorlarni fosh qiladi. Dostonlarida Sharq mavzuidan keng foydalandi. V. Amir Temur va Ulug’bek davri tarixini yaxshi bilgan. Ulug’bekning «Ziji Ko’ragoniy», D. Erbeloning «Sharq kutubxonasi» qomusi, Klavixoning «1403 — 1406 yillarda Samarqanddagi Temur saroyiga sayohat kundaligi» (1582) kabi asarlar b-n tanishgan. Tarixiy mavzudagi «Millatlarning holatlari va odatlari haqida» (1753—58) kito-bida er yuzidagi qator davlatlar, monarx hukmdorlar haqida ma’lumot beradi. Asarning 3-jiddi Amir Temur va temuriylar xuk-vdorligiga bagish-langan. Bunda Amir Temurning o’z davlatini ken-gaytirish yo’lida olib borgan yurishlari, turk sultoni Boyazid b-n qilgan jangi, O’rta Osiyoda yuritgan siyosati, Samarqandning poytaxt bo’lgani xususida xikoya qiladi. Volter Ulug’bek haqida, uning podsholigi, Samarqandda ilmu ma’ri-fatni taraqqiy ettirib, fan rivojiga katta hissa qo’shganini hurmat b-n ta’kidlab «Ulug’bekning buyukligi, uning qilgan ishlari b-n belgilanadi. U Samarqandda birinchi Fanlar akademiyasini yaratdi, er kurrasini o’rgandi, koinot va yulduzlarni kashf etib mashhur jadval tuzdi...», deb yozadi. V. ijodi frantsuz inqilobini (1783—94) g’oyaviy tayyorlashda, umuman jahon ijtimoiy-falsafiy tafakkurida muhim o’rin tutadi. Asarlari jahon xalqlari tillariga, xususan o’zbek tiliga («Zagid yoki takdir», 1995) tarjima qilingan.
Gobbs (Hobbes) Tomas (1588.5.4, Malmsberi — 1679.4.12, Xarduik) — ingliz faylasufi. Ruhoniy oilasida tug’ilgan. Oksford un-tini bitirgan (1608). Gobbs dunyoqarashi 17-a. ingliz inqilobi ta’sirida shakllandi. Falsafada G. zamonasidagi tabiatshunoslik b-n bog’liq mexanistik materializm tarafdori bo’lgan. U geometriya va mexanikani ilmiy tafakkurning ideal namunasi, deb bilgan. Tabiatni katta-kichikligi, shakli, o’rni va xarakati (joyini o’zgartirishi) b-n farklanuvchi jismlar majmui, deb hisoblagan. Gobbs faqat real jismlar mavjud, qolganlari to’qib chiqarilgan tasavvurlardir, deydi. Uning tafakkurni fikr qiluvchi materiyadan ajratib bo’lmaydi, degan qarashi muqimdir. G. inson aklidagi tushuncha dastlab sezgi a’zolarida qisman yoki to’la vujudga keladi deb, empirik bilish nazariyasi mavqeida turgan.
Gobbs fikricha, davlat paydo bo’lguncha xususiy mulkchilik bo’lmagan. Kishilar bir-birini o’ldirib qo’ymasliklari, talamasliklari uchun kelishilgan holda, ayrimlarning huquqini cheklash maqsadida davlat kelib chikdi. G. mutlaq monarxiyani davlatning eng yaxshi shakli desa-da, inqilobiy tamoyillarga ham o’rin bergan.
Asosiy asarlari: «Falsafa asoslari» (1642—58), «Fuqarolik haqidagi ta’limotning falsafiy elementlari» (1642), «Leviafan» (1651).

Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling