6-мавзу: Markaziy Osiyodagi barqarorlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar Reja


Diniy ekstremistik oqimlarning g’arazli maqsadlari


Download 17.24 Kb.
bet2/3
Sana11.11.2023
Hajmi17.24 Kb.
#1767197
1   2   3
Bog'liq
6-mavzu ekstremizm

Diniy ekstremistik oqimlarning g’arazli maqsadlari.

Diniy ekstremistik tashkilotlarning asosiy maqsad va faoliyat uslublari quyidagilardan iborat: - aholiga hanafiylik mazhabiga zid mutaassib va siyosiylashtirilgan diniy g’oyalarni singdirish. Buning uchun aholi ichida aqidaparastlik g’oyalari va “Hizbut tahrir” guruhining ta’limotlari da’vat qilinadi, “jihod”, “shahidlik” g’oyalari targ’ib qilingan adabiyot, video va audio tasmalar tarqatiladi, yashirin “hujralar” tashkil qilinib, o’qiyotganlarga mutaassib tushunchalar singdiriladi; - ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish. Buning uchun aholi ichida va xorijiy axborot vositalarida O’zbekistondagi ijtimoiy- siyosiy holat, jumladan, diniy siyosat, imomlarning faoliyati bo’yicha ig’vo ma’lumotlar tarqatiladi, shuningdek, yashirin guruhlar tuzilib, ular tomonidan aqidaparastlik ruhidagi diniy tashviqot yuritiladi, terrorchilik amaliyotlari amalga oshiriladi; - xorijda faoliyat yuritayotgan diniy-ekstremistik tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o’rnatish, ular yordamida jangarilar tayyorlash. Keyingi yillarda diniy-ekstremistik tashkilotlar faoliyati, terrorchilik amaliyotida o’z-o’zini portlatish usulini qo’llash harakatlariga ayollarning ko’proq jalb qilinishi kuzatilmoqda.
Mintaqamizda bir qator diniy ekstremistik tashkilotlar faoliyat olib borishga intilmoqda. 1996 yilda tashkil topgan “O’zbekiston islom harakati” guruhining maqsadi – qurol kuchi bilan Markaziy Osiyo, Kavkaz va Rossiya Federatsiyasining Volgabo’yi respublikalarini birlashtiruvchi “Buyuk Islom amirligini” tiklash. Tarkibiga 1992–1993 yillarda faoliyati tugatilgan “Adolat” harakati kabi qator diniy-ekstremistik tashkilotlarning sobiq faollari kirgan, O’IH a’zolari Birlashgan tojik muxolafati (BTM) tarafida fuqarolar urushida ishtirok etdi. Nizo hal qilinishi jarayonida O’IH dala qo’mondonlari Tojikiston hukumati va BTM o’rtasida imzolagan bitim shartlarini bajarishdan bosh tortdilar va ular Tojikistonni tark etib, Afg’oniston hududiga o’tib ketdilar. Jahonning qator mamlakatlarida O’IH rasmiy ravishda terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan. Chunonchi, u AQSh Davlat departamenti tomonidan tayyorlangan va Kongress tasdiqlagan xorijiy terrorchilik tashkilotlari ro’yxatiga kiritilgan. Shundan kelib chiqib, tashkilotning aniqlangan barcha moliyaviy hisoblari “muzlatilgan”. Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasi ham o’zining 2003 yil 14 fevraldagi qarori bilan uni terrorchilik tashkiloti sifatida e’tirof etgan. Mazkur guruh “al-Qoida” va «Tolibon» harakati bilan yaqin aloqaga ega. “O’zbekiston islom harakati” guruhi jangarilari 1999 yili Toshkent shahri va viloyatida, 2000 yili Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida, 2004 yili Toshkent va Buxoroda, 2005 yili Andijonda, shuningdek, 1999, 2000 va 2006 yillari qo’shni Qirg’iziston, 2006 yili Tojikiston hududida terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan.

Download 17.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling