6-мавзу: Markaziy Osiyodagi barqarorlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar Reja


Hizb at-tahrir al-islomiy” – (“Islom ozodlik partiyasi”)


Download 17.24 Kb.
bet3/3
Sana11.11.2023
Hajmi17.24 Kb.
#1767197
1   2   3
Bog'liq
6-mavzu ekstremizm

Hizb at-tahrir al-islomiy” – (“Islom ozodlik partiyasi”) tashkiloti demokratiya, konstitutsiya, saylovni inkor etadi, siyosiy hokimiyatni qo’lga kiritish hamda xalifalikka asoslangan tuzumni o’rnatishni maqsad qilib belgilagan. “Hizbut-tahrir” tashkiloti asosan yashirin “xalqalar” tuzish, og’zaki va varaqa tarqatish orqali ekstremistik g’oyalarni targ’ib qiladi. Shu bilan birga, guruh terrorchi guruhlar uchun “zombilashtirilgan” jangarilar etkazib berish bilan ham shug’ullanadi. Masalan, 2006 yili Iroqda o’ldirilgan “al-Qoida”ning Iroqdagi bo’limining rahbari Abu Muso Zarqaviy ham avval “Hizbut tahrir” a’zosi bo’lgan. 2004 yili Rossiya, 2006 yili esa Qirg’izistonda qo’lga olingan “hizbchilardan” o’q otar qurol, portlovchi moddalar va o’q-dori topilgan. “Hizbut-tahrir” avvalo, islom niqobi ostida ekstremistik g’oyalar bilan yo’g’rilgan tushuntirish ishlarini olib boradi. Bunda hizbchi har bir shaxsning fikrlash doirasiga qarab o’z ta’limotiga da’vat etadi. Qolaversa, jamiyatda sodir bo’layotgan u yoki bu shakldagi qiyinchiliklar, turli tabiiy ofatlardan o’z maqsadlari yo’lida foydalanib, agar islomning sahih hukmlari bo’lganda edi, bunday hodisalar ro’y bermas edi, qabilidagi fikrlar bilan g’arazli niyatlarini amalga oshirishga intiladilar. Boshqacha aytganda, ularning nazdida hujum fikrga qaratilmoqi lozim. Bu hujum fikriy kurashga, fikriy kurash, o’z navbatida, fikriy inqilobga olib borishi kerak. Fikriy inqilobning orqasidan esa siyosiy inqilob sodir bo’ladi. Mazkur vazifani ado etgan avlodning o’zi hokimiyat tepasiga keladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun tashkilot 1989 yildan boshlab “al-Va’y” (“Ong”) nomli oylik nashrini turli tillardagi tarjimasi bilan davomiy chiqarib kelmoqda.
Ayni paytda, “Hizbut-tahrir” kurashni uch bosqichda olib borishni ko’zlaydi. Ulardan birinchisi “tasqif” – tushuntirish ishlari bosqichidir. Unda hali ongi to’liq shakllanmagan, fikri zaif, ta’sirga beriluvchan yoshlarni tuzoqga ilintirish, huquq-tartibot va hokimiyat idoralaridagi mas’ul shaxslarni o’z tarafiga og’dirishdek maqsadlarga erishish ko’zlanadi. Ikkinchi – “tafoul” – birgalikda harakat qilish bosqichida fikriy kurash orqali “Ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi va kelajak masalalarini idrok qilishga erishishi” yo’lida fikriy inqilobga etishish nazarda tutiladi.
Download 17.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling