6-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va boshqarishdagi o’rni


Download 298.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana08.01.2022
Hajmi298.79 Kb.
#253236
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-мавзу

Samimiy  xushmuomalalik - bunday rahbar sofdil, ochiq ko’ngil bo’ladi, chin yurakdan 

gapiradi. Qo’l ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qo’yib xizmat qiladi. Ular samimiylikning og’ir 

va juda nozik masala, u aql va chuqur ma'naviy odobni talab etishini, shuningdek, kimki o’zgalar 

bilan  nosamimiy  munosabatda  bo’lishga  odatlangan  ekan,  u  pirovard  natijada  o’z-o’ziga  ham 

samimiy bo’laolmay qolishini yaxshi tushunishadi. 

Rahmdillik  -  bunday  rahbar  barchaga  rahm-shafqatli  bo’ladi.  Ular  boshqalarni  ko’p 

narsada  kechirishadi,  ammo  o’zlarini  esa  hech  narsada  kechirishmaydi.  Ular  rahm-shavqat 

insonlarning  eng  oliy  fazilatlaridan  biri  ekanligini,  rahm-shavqatli  kishi  doimo  odamlarga 

yordam  qo’lini  cho’zishini,  ojiz  va  notavon  kishilardan  xabar  olib  turish  lozimligini  yaxshi 

tushunadilar. 

Xushxulqlilik  -  bunday  rahbar  inson  go’zalligining  asosi  uning  chiroyli  xulqida 

ekanligini,  aynan  xushxulqlik  insonni  ulug’likka  olib  borishini,  yoqimli  xulq  egasidan  barcha 

katta-kichik xursand bo’lishini, bunday xulq egasiga boshqalarni xursand qilishdan tashqari, o’zi 

ham  doimo  xursand  yurishini,  boshqalardan  esa  o’ziga  muhabbat  va  muloyimlik  qaytishini 

yaxshi tushunadi. 

Qanoatlilik - bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya'ni nafs balosi, hasad, 

xudbinlik,  baxillik,  tamagirlik  kabilarni  yaxshi  anglaydi.  Ular  nafs  balosi  odamni  har  kuyga 

solishini,  nafsini  tiygan  hurmat-izzat  topishini  va  bexavotir  yashashini,  qanoatni  esa  izzatning 

asosi,  o’lmaydigan  boqiy  xazina,  qurimaydigan  daraxt,  zavol  topmaydigan  mulk  ekanligini 

yaxshi tushunishadi. 

Obro’  -  bu  hamma  tomonidan  tan  olingan  hamda  mehnat  evaziga  orttirilgan,  rahbar 

uchun zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda har bir rahbar o’zidan yuqori turuvchi rahbarlar 

oldida ham, o’ziga bo’ysinuvchi  xodimlar oldida ham, o’zi bilan  huquqi teng  boshqa rahbarlar 

oldida ham obro’ga ega bo’lishi lozim. 




Rahbar  yuqorida  keltirilgan  talablarga  rioya  qilmas  ekan  u  o’z  rahbarlik  usulida  salbiy 

hodisalarga  yo’l  qo’yishi,  pirovardida  esa  o’z  obro’yini  ketkazishi  va  el  nazaridan  qolishiga 

sabab bo’lishi mumkin.  

 


Download 298.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling